HIKOYAT
Shayxning muridi bu hikoyani eshitib, dedi:
- Shayxning so‘zlarida nozik ma’nolar (nuqtalar) bor, bu haqqa uzoq gapirish
mumkin. Agar sizlar bu zamonda yuzingizni yuvsangiz (pokiza bo‘lsangiz), shu orada
men bir kecha nozik ma’nolarni aytaman.
MUNOJOT
Ey, Allohyi zul-jalol, bizga yaxshi ne’matlaringdan ato qil, karaming dengizi -
kaloming buloqlaridan ichir, ilm-ma’rifat sharobidan bizni sarxush qil, qulog‘imizga
haqiqat sadolarini eshittir. Duolarimiz ham Sendan, ularning ijobati ham Sendan.
Iymonimiz kuch-qudrati, mahobati ham Sendan. Ey, parvardigorimiz, kengliklar sultoni,
xato gaplar aytgan bo‘lsak, o‘zing to‘g‘rila. Orzu, havaslarni do‘st tutganimiz uchun
Sening yo‘lingdan adashsak, bizni to‘g‘ri yo‘lga sol, xom, chala fikrlarimizni pishiq, puxta
qil. Bizni Burhoni Muhaqqiq (Qur’on) nuridan bahramand et. Nozik, teran ma’nolarga boy
kaloming bilan istasang, najosatni mushk, atrga aylantirasan, istasang, mastlarni
hushyor qilib, nozik ma’nolarni tushunguvchi qilasan.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |