www.ziyouz.com кутубхонаси
140
Jonu tanida qarori qolmagan oy yuzli qiz nomu nang (uyat, andisha)ni yig‘ishtirib,
mana shu kanizaklariga mushkul hol-ahvolini bayon qildi. Jonon gar ishqini yaqinlariga
oshkor qilmasa, joni tanini tark etish ehtimoli bor edi. Oy yuzli dedi:
- Agar g‘ulom yigitga ishqimni aytmasam, adoi tamom bo‘laman. Dabdaba,
hashamatimda ziyon ko‘rsam ham, o‘shal g‘ulom yigitga yetishmasam holim
og‘irlashadi. Agar holimni siz yaqinlarimga aytmasam, dilim qarori yo‘qolib, halokatga
uchrayman. Sabr haqida yuzlab kitoblar o‘qiganim bekor bo‘lib, endi besabru beqaror
bo‘ldim. Shunday bir chora-tadbir topinglarki, u yigitni yashirin qoshimga keltiring-lar,
toki men u sho‘x sarvning vaslidan bahra olay. Lekin yigit bu yerga qanday kelganini o‘zi
bilmasin. Agar shu maqsudim hosil bo‘lsa, jonimning kori bitar, dilim ti-lagi — komiga
yetar edi.
Xush ovozli kanizaklar shoh qizining bu so‘zlarini eshitdilar va:
- Ey, bekamiz, dilingni xush qil, biz bu ishni uddalaymiz, bu kecha u yigitni qoshingga
keltiramiz, dedilar va bir ajoyib ish qildilar. Kechasi go‘zal kanizaklardan biri g‘ulom
yigitning hujrasiga borib, unga sharob jomini tutib, soz chalib, ashula aytib, ko‘nglini
oldi. Yana va yana may tutib, yigitni payvasta mehmon qiddi. G’ulom yigit mast bo‘lib,
aql-hushini yo‘qotganida, boshqa kanizaklar keldilar va siymbar, ikki olamdan bexabar
g‘ulom yigitni ko‘tarib, yashirin yo‘llar bilan shoh qizining
huzuriga yetkazdilar.
Yarim kechada yarim mast yigit biroz o‘ziga kelib, ko‘zini ochganida o‘zini
jannatmonand qasr bog‘idagi bir chodir mehmonxonada, zarrin taxt ustida, shoh qizi —
oy yuzli yori bilan yonma-yon o‘girganini ko‘rdi.
Mushk-anbar hidi o‘n sha’mli chodirni yoritar, ud novda-lari yonib, atrofga xushbo‘ylik
taratar edi. Yigit bu yerda samoviy sanamlarni ko‘rib, jonu tani aqlu joni bilan
vidolashdi. Uning nazarida barcha eshiklar o‘rtasida shoh qizi sham’ nuriga chulg‘anib,
xurshid turardi. Bu o‘rtada hamma shod va murodiga yetgan g‘ulom yigit qiz chehrasiga
boqib, hushini yo‘qotgan edi. Qalbi ishq bilan limmo-lim, tili lol edi. Bu yerda jon ham,
aql ham bu olamda ekanligini tushunmay, hayronlikda qolgandi. Ko‘z oldida dildor
ruxsori, qulog‘ida musiqori - sozandaning xush ohanglari. Dimog‘ida mushk-anbarning
xushbo‘yi, og‘zida dildor labining otashi o‘yi edi. Shu holatda shoh qizi g‘ulom yigitga
may to‘la qadahni paydar-pay uzatar, yigit uni ichib, gazagi uchun qizning shirin labidan
bo‘sa olar edi.
Yigit ko‘zlari gul yuzda, qiz esa seviklisiga yetishganidan sevinib yig‘lar, bularning
ahvolini ko‘rganlar hayron edilar. Qiz goh uyalib yerga qarar, goh yigitga nigoh tashlab
yig‘lar edi. Ko‘z yoshlari sel bo‘lib okar edi. Goh shakar labidan bo‘sa berar, goh bu
bo‘sadan jigariga tuz sepilar edi.
Goh sarkash, o‘jar zulfi kabi holi parishon, goh ishq dardi uni sehr-jodu qilib,
hushidan ayirgan edi. G’ulom, navkar yigit may ta’siridan va qizning dilnavozligi,
mehribonligidan mast bo‘lib, gohhushini yo‘qotar, shohyana hushiga kelar edi.
Visol va may ta’sirida yigit mastu behush bo‘lib, o‘tir-ganicha, Mashriqdan subh
kelganini, tong otganini ham bilmay qoldi. Tong otib, shabboda (gullar atrini sochganida,
yigit qaerda o‘tirganini ham unutib uxlab qoldi).
Kanizaklar baxtiyor yigitni hech kimga bildirmay yana o‘z joyiga, hujrasiga olib borib
qo‘ydilar. Bir muncha vaqt o‘tgach, yigit o‘ziga kelib, kechasi ko‘rganlarini eslab, ne
voqea bo‘lganini tushunmay, hayron bo‘lib qoldi. Kechasi ko‘rganlari rostdan bo‘lganmi
yo tushida ko‘rdimi, bilolmay, jigari xunga to‘lib, so‘ng boshiga yetdi. Yigit toqatsizlanib,
o‘zini qo‘yarga joy topolmay, tanidagi libosini yirtib, tepa sochi tikka bo‘lib, alamidan
boshiga tuproq socha boshladi. Tiroz sham’i (turkistonlik) bu yigit qissasini so‘raganlar-
ga aytar ediki, bu qissani yana aytishga kuchim yetmaydi. Men visol quvonchidan so‘ng
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |