DEVONANING OLAM HAQIDAGI SAVOLI
Bir devona aziz marddan so‘radi:
—Bu olam va bu hasratxona haqida so‘zlab ber.
Aziz javob berdi:
— Bu olam nomlari ko‘p, dong‘i ham baland, uyatli, nomusli ishlari ham bor. Nihollari
ham turli ranglarda meva beradi. Agar bir kishi barcha nihollarning mevalarini ezib,
sharbatini chiqarsa, bir xil rangdagi mumga aylanadi. Agar kim bu sharbatni ichsa, har
bir mo‘yi mast bo‘lib, boshqa hech narsani bilmay qoladi. Bu odam uchun endi turli-
tuman ranglarning farqi qolmaydi. Unga hamma narsa bir bo‘ladi. Chunki bu yerda
hamma bir holatda bo‘ladi, turlicha emas. U erda men ham, sen ham bir vaqtda
(qabrdan) turamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |