QIZINING QABRI USTIDA YIG’LAYOTGAN ONA HIKOYATI
Bir ayol qiz farzandining qabri ustida yig‘lab o‘tirardi. Shu payt bir yo‘lchi shu tara'fga
qarab, yig‘layotgan ayolni ko‘rdi va dedi:
- Ey ona, bu yig‘lashing Haq taologa xush kelmaydi, sen mard erkaklardan saboq ol
va mardona bo‘l. Yo‘qolgan during endi juda uzoqda, inson qayg‘u-kulfatga sabr qilishi
kerak. Sabrsizlik yaxshi emas. Agar bu holning nimaligini, ya’ni, tabiiy hol ekanligini
bilganingda bu qizni yo‘qotganingda yig‘lamasdan, topganingda yig‘lashing kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |