www.ziyouz.com kutubxonasi
7
* * *
Zamonlar o‘tgan sari, shoirlarni yalpi qoralovchi, hatto ularga noloyiq ayblar taqovchi
guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ilmi va ma’rifati sayozligi yoki nokomil "ustoz"lardan
ta’lim olib, chetdan kelgan dunyoqarashlarga berilgani sabablimi, ba’zilar Qur’oni
karimda shoirlar haqida kelgan oyatlarni noto‘g‘ri tushunib, o‘zlaricha ta’vil qiladi.
Holbuki, unda istisno oyati ham bor bo‘lib, mehribon Alloh iymonli shoirlar bilan iymonsiz
shoirlar o‘rtasidagi tafovutni aniq-ravshan bayon etgandir. Chunonchi, Alloh taolo
aytadi: "Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. Ularning (so‘z vodiylaridan) har vodiyda
daydishlarini (ya’ni, o‘zlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yoki narsalarni ham ko‘kka
ko‘tarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini) va o‘zlari qilmaydigan narsalarni
gapirishlarini ko‘rmadingizmi?" ("Shuaro" surasi, --oyatlar. Alouddin Mansurning izohli
tarjimasidan).
Bu oyatlar hazrati Payg‘ambarimizni va Islomiyatni hajv qilib, qoralagan iymonsiz, kofir
shoirlar xususidadir. Keyingi oyatda esa Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi:
"Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va
(ilgari) mazlum bo‘lganlaridan keyin (Islom zafar topgach), Qolib bo‘lgan (qasdlarini
olgan) kishilar (ya’ni, shoirlar yo‘ldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinda
qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar". ("Shuaro", -oyat).
Bu oyati karimadan shoirlarga baho berishda asosiy mezon iymon-e’tiqod, solih amallar
va Allohni ko‘p zikr qilish ekanligi anglashilmoqda.
Ulug‘ vatandoshimiz Faqih Abullays Samarqandiy bu oyati karima sharhida bunday
deydilar: "Haqni – haqiqatni so‘ylovchilar – faqatgina iymon keltirib, solih amallar
qiladigan, Allohni ko‘p zikr etadigan kishilardir. She’r va boshqa narsalar bilan mashg‘ul
bo‘lishlari ularni Allohning zikridan chalg‘itmas, aksincha, bu ishlar Allohni yanada
ko‘proq zikr qilmoqqa sabab bo‘lur". ("Tafsir ul-Qur’on", -sahifa).
Yana Abullays Samarqandiy hazratlari aytadilar: "Allohni va Uning Rasulini madh
etadigan, insonlarga nasihat va o‘git beradigan hamda ularni yaxshilikka tashviq
etadigan she’rlar mamduh – maqtalmoqqa loyiqdir. Bunday she’rlarni yozgan shoirlar
Allohning huzurida maqbuldir». (O’sha asar, -sahifa).
"Ruhul-bayon" kitobida ham mazkur oyati karima tarixiy misollar bilan sharhlangan.
Ma’lumki, ezgu fikr-g‘oyalarni, ishqi ilohiyni majoz yo‘li bilan ifodalaydigan shoirlar
"Majoz haqiqatning ko‘prigidir" degan hadisi sharifga asoslanadilar.
She’r va shoirlar xususida bir qancha hadisi shariflar ham mavjud. Chunonchi, hazrati
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "So‘zda - sehr, she’rda - hikmat bor" deb lutf
qilganlar.
Sahobalardan bo‘lgan bir shoir kelib, Payg‘ambar alayhissalomga: "Alloh taolo shoirlar
haqida aytgan bu so‘zlardan (yuqoridagi oyatlardan) keyin bizlarning holimiz ne
kechadi?" – deydi. Shunda hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Mo‘min kishi ham tig‘i, ham
tili (ya’ni, qalami) bilan Alloh yo‘lida kurashadi. Yaratgan Egamning nomiga qasamki,
sizlar otadigan o‘qning tig‘i o‘tkirroqdir", deganlar.
Imom Buxoriy hazratlarining "Al-Jomi’ as-Sahih" ("Eng ishonchli hadislar to‘plami")
kitoblarida ham she’r va shoirlar haqida hadisi shariflar bor.
Imom Termiziyning "Shamoyili Muhammadiyya" kitoblarida esa, hazrati Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) o‘qib yurgan she’rlar alohida bobda bayon qilingan.
Binobarin, shoirlarga baho berishda mezon ularning iymonidir. Ularning iymon-e’tiqodi
esa yozganidan ma’lum. Shu bois, bu masalaga insof va sof dil bilan yondashgan
ma’qul. Shoir aytganidek:
Saylanma. Maxtumquli
Do'stlaringiz bilan baham: |