www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Maxtumquli otasi singari boshlang‘ich ta’limni qishloq maktabida oladi. Keyin Markaziy
Osiyoning ulkan madaniyat va ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Ko‘hna Xiva shahrida,
"Sherg‘ozixon" madrasasida o‘qiydi. Qiziloyoq ovulidagi (hozirgi Chorjo‘y viloyati, Xalaj
tumani) Idris Bobo madrasasida bir qancha vaqt ilm oladi. U Buxoroi sharifdagi
Ko‘kaldosh madrasasida ham ta’lim olgan, degan ma’lumot bor. Xivadagi eng nufuzli
o‘quv dargohi sanalmish "Sherg‘ozixon" madrasasida Maxtumquli uch yil o‘qib, muhim
ilmlarni o‘zlashtirib, Qur’oni karimni xatm qiladi, o‘zi aytganidek, dili ochiladi, oq-qorani,
haq-nohaqni, do‘st-dushmanni ajratadigan bo‘ladi. Yosh olim madrasa bilan xayrlashuv
she’rida shukrona tuyg‘ularini bunday ifoda etadi:
Haqdan bizga buyruq – farz erur bilim,
Senda ta’lim oldim, ochildi dilim,
Kelsin deya kutar ul Karkaz elim,
Ketar bo‘ldim, xush qol, go‘zal "Sherg‘ozi".
Ajratarman endi oqu qaroni,
Do‘st-raqib, qardoshim, Haqni, yoronni,
O’qidim, ko‘tardim Kitob – Qur’onni,
Ketar bo‘ldim, xush qol, go‘zal "Sherg‘ozi".
Shoir she’r davomida "Ilm, ta’lim olgan seni unutmas", desa, oxirida "Aslo unutmasman
tillo qopisin" deya minnatdorlik izhor etadi. Biz bu she’rga "Xivadagi Sherg‘ozixon
madrasasi bilan xayrlashuv" deya ost sarlavha qo‘ydik. U Xivadan qaytgach, mudarrislik
qilgani, ayni vaqtda zargarlik bilan shug‘ullangani naql qilinadi.
Maxtumquli arab, fors tillarini puxta o‘zlashtirgan, chig‘atoy – eski o‘zbek tilini
mukammal bilgan. Bu hol uning ijodidagi so‘z boyliklaridan ham ayondir.
Ijodidan ma’lum, Maxtumquli Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning bir qancha diyorlarini
kezgan, Buxoro, Xiva, Afg‘oniston, Ozarboyjonda bo‘lgan.
"Zangi Boboni ko‘rsam", deyishiga ko‘ra, Toshkentga ham kelgan bo‘lishi kerak.
Na’layni Arshga tojdir,
Nomi olamga foshdir,
Ikki jahon muhtojdir -
Arab zabonni ko‘rsam, -
deyishiga ko‘ra, Madinai munavvarada hazrati Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning muborak
ravzalarini ziyorat qilmoq niyatida ekani, yana: "Iymonim yo‘ldosh bo‘lsa, Borsam,
Ka’bani ko‘rsam" yoki: "Niyatim Ka’badir, xayolim hajdir, Ixlosim bor haj tavofin
etmoqqa", deyishiga qaraganda, muborak haj ibodatini ado etmoqni niyat qilganligi
anglashiladi.
* * *
Naqlga ko‘ra, Maxtumqulining ilk she’ri "Turgil, dedilar" manzumasidir. Shoir she’rda
Alloh taolo ato etgan ma’naviy ikromni shukrona va hissiyot bilan bayon etadi:
Bir kecha yotardim, tunning yarmida,
To‘rtta otliq kelib, "Turgil!", dedilar,
"Xabar bergaydirmiz fursat yetganda,
Saylanma. Maxtumquli
Do'stlaringiz bilan baham: |