www.ziyouz.com
кутубхонаси
86
faryodimga shafqat qilinglar!
U ikkalasi bu nidoni eshitgach, malika oldida jon fido aylab, shunday dedilar:
— Shunday bir chora topaylikki, u nozanin yigit sening eng yaqin ulfatingga aylansin!
Biz qilgan bu ishni hech bir odam bilmay qolsin. Qaysi bir odam, hatto o'sha go'zal
yigitning o'zi ham sezmay qolsin. Ammo sen bir necha kun sabr-toqat qilgin, har dam
ohu nola bilan un tortaverma! Chunki sening maqsading ishni yashirin tarzda amalga
oshirmoqdir, biz ham shu tarzda ish tutmoqchimiz.
Oy yuzli vaslga umid paydo qilib, sabr va chidamli bo'lishga ahd etdi.
Ikki dono kanizak bu orada diqqat bilan chuqur o'ylab, ishga kirishib ketdilar va yigit
bilan borish-kelishni yo'lga qo'ydilar. Ular yigitni o'zlariga oshno qilib, uning ko'nglida
ham shunday his borligini bildilar. Unga shunchalik makr va firib ishlatdilarki, oqibatda
bu bechora g'arib yigit ularning tuzog'iga ilindi. Ulardan biri unga ona, ikkinchisi esa
singil tutindi. Yigitga: "Chorangni biz topib beramiz. Sen bizga o'z ahvolingni ayon
qilmasang ham, biz sening nimadan notavon ekanligingni bilib oldik. Agar uning ishqi
ko'ngling mulkini poymol etgan bo'lsa, hajringga bizdan visol umidi yetadi!"- deyishdi.
Yigit bu so'zlardan xursand bo'lib, jon-dili bilan ularga muhtoj bo'ldi. Ikkalasi unga
nima deb farmon qilsa, u bunga jon-jon deb itoat etar edi. Ishbilarmonlar hiyla va aldov
bozorini ana shu tarzda qizitib, bu turfa qushni shunday ov qildilar. Ular bizning
manzilga yur, deb yigitni o'z uylariga taklif qildilar. U notavon ularnikiga shod bo'lib
bordi. U yerda dilga xush yoquvchi bir shohona bazm tuzdilar. Ishq asiri bo'lgan yigit
may icha boshladi. Qadah ta'sir etib, u mast bo'lib qolgach, o'z ahvolidan turli hikoyalar
ayta boshladi. U ishq va oshiqlikning o'ti va dudi, vasl va hijronning foydasi va ziyoni
haqida so'zlar, kanizaklar esa uni qiziqtiradigan sirlar aytib, unga ko'p narsalarni
sharhlab berardilar. U bu so'zlarni eshitib, xuddi maqsad jomini ichgandek, nomurod
kishi o'z murodiga yetgandek bo'lar edi.
May ichish va suhbatlardan so'ng u yosh yigit ishq aro shunday bir notavon holga
tushdiki, bundan unga gungu lollik yuzlanib, zum o'tmay o'z holidan behol bo'la
boshladi. Shundan so'ng ular hush oluvchi xushnag'ma rudni qo'lga olib, bir dilkash
qo'shiqni boshlab yubordilar. Notavon bu qo'shiqni eshitib, hushidan ketdi. Go'yo u
hushni ketkizuvchi may ichgan edi.
Tun behad qorong'u edi. Hushidan ketgan yigit kanizaklar qarshisida yotar, ikki ziyrak
qiz o'z maqsadlariga erishgan edilar. Ular ishda sustkashlikka yo'l qo'ymay, g'ayrat bilan
ajib bir kajava hozirladilar. Yigjtni kajava ichiga solib, tezlik bilan bu yendan olib ketdilar
va oy yuzli bazmiga yetkardilar. Bu yerda shodlik qilish uchun kerak bo'lgan barcha
asboblar muhayyo bo'lib, shirin labli oyjamol ularni xilvatda kutmoqda edi. Ikki
choratopar kanizak kajavada bir oq badanli sarvni uning huzuriga yetkardilar. Uni
mahvash taxti tomon olib borib, oyni xurshidga topshirdilar.
Oy yuzli vaslda o'z maqsadiga erishgach, yigit yuziga gulob sepishni buyurdi. Atir
hidlari hushsizga yetib borgaeh, u ko'zini ochdi va jannatmisol bir joyni ko'rdi. Yonida
hur va parilajga o'xshash bir go'zal qiz — o'sha ko'nglini zor aylagan oy yuzli jonona
turar edi. U shu zahotiyoq o'midan sakrab turib, ajib bir holatda yana qayta yerga
o'tirdi. Tevarak-atrofiga hayronlik bilan boqa boshladi. Ostida katta bir shohona taxtni,
yonida baxtiyor holda kulib turgan bir dilbarni ko'rdi.
Shunda u o'ziga o'zi: "Yo Rab! Ne hoi ekan bu hoi? Tushimmi, o'ngimmi va yoki
xayol?!"— dedi.
Oy yuzli unga shirin so'zlar bilan taskin berdi va visol rasmini bajo keltirib: "Ey
hushidan ajralgan, bu tush emas, shukr etib, endi vasl jomini ichgin!"—dedi. Shu
so'zlarni aytgach, pari qo'liga bir join tutib, uni o'zi ichdi va yana qadah to'ldirib, undagi
mayni yigitga uzatdi.
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |