www.ziyouz.com
кутубхонаси
85
ichidagi yosh bir navjuvon yigit bo'lib, dunyoga fitna soluvchilardan edi.
Yigit ham xuddi shu payt qiz tomonga ko'z soldi va shu zahotiyoq ko'ngli ishq o'qiga
nishon bo'ldi. Uning zorli joniga hayajon tushib, bu hayajon uning majruh taniga ham
ta'sir qildi. Ko'ngil mulki ichra qo'zg'olon tushib, joniga qasd qila boshladi. Unda na hush
qoldi va na sabr, o'zi ham ular bilan birga ketdi.
Oqshomgacha ahvol shu tariqa davom etdi. U o'zining na o'lik, na tirik ekanligini
bilardi. Tun qorong'uligi yerga o'z pardasini qoplagandan so'ng undan yuz ming nola
chiqa boshlardi. Tongga qadar ahvoli afg'on chekmoqlik bilan o'tar, to'kkan ohli ko'z
yoshlari xuddi to'fonga o'xshar edi. Tong qushi sahar sirini fosh qilgach, yigit yana
ertadan kechgacha o'z vaqtini ko'ksiga tosh urish bilan o'tkazardi.
Ishq ikki tomonga ham ana shu xil savdo solgan, go'yo ishq ikki mamlakatda g'avg'o
qilmoqda edi.
Garchi yigit qiz ishqida o'zini zor sezsa-da, lekin o'zini ko'p sehr bilan saqlab turar edi.
Ammo oy yuzli beqaror bir holga tushib, ishqdan behad zor bo'lgancha bo'shashib borar
edi. Ko'rdiki, uning qo'lidan ixtiyori ketib, ishi rasvolik bilan tugaydiganga o'xshaydi. Ana
bu bechoralik bilan qiyin ahvol yuz bergach, u buning chorasini topishga kirishdi. Chunki
uning ishqi yashirib bo'lmaydigan darajaga yetgan edi, shuning uchun o'ziga o'zi biron
tadbir topmasdan boshqa iloji yo'q edi.
Uning ikki yaqin mahrami bo'lib, shodlik va g'amli onlarida doimiy hamdami edi. Ular
har bir ishning chorasini topishga usta, har ikkalasi ham qiziq hunarlar ko'rsatuvchi
ajoyib san'atkor va sehrgar qizlar edi. Ular makr va afsunni puxta egallab, uni
nihoyasiga yetkazgan, hatto pashsha bilan filni bir-biriga juftlay oladigan darajada mohir
edilar. Ularbu ishni shunday bajarar edilarki, bunda pashsha o'zini kichik deb bilmas, fil
ham o'zini yirik jussalik deb hisoblamas edi. Ulardan har biri ana shu xil hiyla, afsun va
firib egasi bo'lib, hatto ishq bilan jang qilishga ham yarar edilar.
Ulardan biri xushnag'ma rud asbobining mohir chaluvchisi, ikkinchisi esa qo'shiq
aytuvchi edi.Ular soz va kuyni mohirlik bilan ijro etganlarida, chalgan kuylari Zuhra burji
tomon o'ziga maskan topish uchun ko'kka ko'tarilar edi. Agar ulardan biri soz kuyi bilan
kishining jonini olsa, ikkinchisi o'zi chalgan nag'ma bilan o'lgan badanga jon solardi.
Bunisi soz chahb, unisi qo'shiq aytsa, buni eshitgan aqlli kishilar ham o'z hushidan
ajralar edilar.
Oy yuzliga ishq shiddati ortgach, ana shu ikki kanizagini xilvatga chorladi. Achchiq-
achchiq yig'lagan holda ularga o'z holini bayon etdi va ishq qanday qattiq ahvolga
solganini bildirdi. Tushda ko'rgan yigiti uni mahzun qilganini ham, o'ngida ko'rganligi esa
devona etganini ham, u yigit ishqidan zor bo'lib, volayu beixtiyor bo'lganini ham birma-
bir aytib bergach, shunday dedi:
— Siz mening sevimli dugonalarimsiz. Meni bu ahvoldan qutqarishda yordam bering.
Aks holda bu sirim tikani xalq o'rtasida gul bo'lib ochiladi. Bu ishq o'ti esa tanimni kulga
aylantiradi. Ammo bu kuyib-yonishdan hech g'am chekmayman, agar o'lib ketsam ham
alamzada bo'lmayman. Biroq men shu vaqtga qadar taqvoda lof urib keldim, endi bu
sirimni elga oshkor etsam, nomusdan o'laman-ku! Otamning ham bundan nomusga
qolishidan ko'p g'am chekaman, buni hatto sharh qilishga ham ojizman. Chunki u
falakning shohidek bir kishi sharafiga bu ish katta or bo'lib tushadi. Axir otam uchun
mendaylardan yuztasi o'lsa ham hech narsa emas, xuddi daryoda bir xas cho'kkanchalik
gap. Shunday ulug' shohning benomus bo'lishiga toqat qila olmayman, shu tufayli
g'amim tobora zo'rayib bormoqda.
Men sizga o'z holimni bayon etdim, endi o'zingiz bilasiz: xohlang o'ldiring, xohlang bu
ishning ilojini qiling! Ilgari asov bo'lgan bo'lsam, endi ishq qo'lida xorman, ilgari shaddot
bo'lgan bo'lsam, endi ojiz bo'lib qoldim. G'amli ahvolimga rahmingiz kelsin, nolayu
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |