www.ziyouz.com
кутубхонаси
88
gung, kar va behush bo'lishdan o'zga narsa yo'qdir. Chunki bu chuqur dengiz to'fon
girdobida bo'lib, unda yuz tuman olam g'arq bo'ladi. Kuchli bo'ron o'zining yuksak
to'lqinlari bilan ming xil naqshlar paydo qiladi. Dam-badam bu naqshlar yo'qolib, yana
ming xil turli yangi mavjlar paydo bo’ladi.
Agar sen bu hodisaga yaxshi nazar solsang, mavjda vujud yo'q ekanligini ko'rasan,
chunki dengizdan o'zga barchasi nobud bo'luvchidir.
Haq vujudi ana shu cheksiz dengizdir, uning yuzidagi mavjlar esa bu olamdagi turli-
tuman narsalardir. Ma'no ahllari e'tibor qiluvchi ushbu o'n sakkiz ming olam ichida
nimaiki narsa bo'lsa, ular shakl jihatidangina mavjud bo'lib, shaklda ko'rinuvchanlik
xususiyatiga egadir.
Yer sathi uzra yuzlab ajoyib shakllar mavjud, har bir shaklning o'zi yana rang-barang
tovlanishlarga ega. Faraz qil: tevarak-atrofda dengizlar yoki ma'danh konlar, yoki dasht-
sahrolar, yoki gulshanlar, yoki to'rg'ay va bulbullafni o'ziga rom etib, ularni halok qila
oladigan darajadagi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar,
daryolar, buloqlar va tog'lar hamda ularni o'rab olgan o't va havo, balki o't va havodan
boshqa yana bir qancha narsalar mavjud.
Bular atrofida yana to'qqiz qavatli osmon, sobitu sayyora va malaklar to'dasi bor. Ular
son-sanoqsiz, balki miqdor ichra cheksiz ko'pdir. Undagi ko'zga ko'rinmas darajadagi
e'tiborsiz yulduzlar yer jismiga o'xshab ketadi.
To'rt unsur, yetti ko'k va olti tomon - bular koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil
etadi. Koinotdagi barcha narsalar ichida hammadan eng ulug'i Inson bo'lib, uning
kamoloti oldida aql hayron qoladi.
Bunda sen xayol qilib turgan vaqtingda yoxud avom deb gumon qil yoki u oliy
tabaqaga mansub boisin, yoki qudrat sohibi bo'lgan sultonlar, yoki ixtiyor egalari bo'lgan
xoqonlar, agar faylasuflar, olimlar, yoki diniy qoidalarni o'zgartirib, yangi mazhablar
tuzuvchi kishilar boisin, yoki uyushmagan qavm, yoki ittifoqli jamoa boisin, xalq orasida
yetuk sanalgan valilar, yoki faraz qilki, Allohdan elchi bo'lib kelgan payg'ambar boisin -
bularning barchasini haq zoti dengizining mayji deb bil hamda o'sha vujudning mavji
deb anglagil! Ammo ularning barchasi vaqtinchalikka naqsh etilgan bo'lib, o'tkinchilik
xislatiga ega, boqiylik ular uchun xos sifat emas.
Dengizning chayqalishi ana shu xil turli mavjlarni hosil qilgan va har yoqda turli-
tuman naqshlarni vujudga keltirgan. Bu to'lqinli dengiz bir zum taskin topsa, u
mavjlardan asar ham qolmaydi.
Agar har bir kishida aql mavjud bo'lsa, shuni bilgilki, azaldan to abad bu olamdagi
mavjud barcha narsalar borliqqa ega emas, faqat shakl ko'rinishiga ega. Qudratli haqdan
boshqa hamma narsa foniy - o'tkinchidir, faqat yolg'iz ugina mutlaq boqiydir. Unga
vujud tartibi mahkamlangan bo'lib, borliq rasmi inkor etilmasdan ma'qullangandir.
Haqdan o'zga har qanday zot, faraz qilaylik, obi hayot ichgan bo'lsa ham, bu olamda
mutlaq o'tkinchi hisoblanadi. Agar sen boqiylik istamoqchi bo'lsang, o'zingni foniy
qilmog'ing zarur.
CLXII
Hikoyat
Shayx Abul Abbos Qassob Omiliy (Shayx Ahmad bin Muhammad bin Abdulkarim,
921-v.e.) qassoblikka mansub bo'lib, o'z zamonasining zabardast peshvolaridan biri edi.
U fano vodiysiga qadam qo'yib, o'z vujudini unda yo'qotdi.
Bii kun u xonaqohda o'tirar, tevaragida esa suhbatdoshlari yig'ilgan edilar. Bu
mahalda bir g'alati devona beadablik bilan xonaqoh sahniga kirib keldi. Kirgan
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |