Tahvid vodiysi bosib o'tilgach, shubhasiz, Hayrat vodiysi namoyon bo'ladi. Bu vodiyda
hali kishi boshiga tig' yetmasdan turib, ming oh va yuz ming afsus chekish yuzlanadi.
Hayrat tilni gung va lol etadi. Kishi kecha va kunduzga qancha boqmasin, uning kecha
yori kunduz ekanligini sezmaydigan bo'ladi. O'zining yo'qligini ham, borligini ham
bilmaydi, ertaga nima bo'lishini ham anglamaydi. Har narsaga ko'z tashlasa, hayratdan
dong qotib, hayronlikda sarsonu sargardon bo'ladi.