www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
marta xayoliga keltirmasdan va o‘zi ham xristian pravoslav dinidagi odam hisoblanishini esiga
olmasdan umr o‘tkazishi mumkin edi.
Ana shunaqa. Hozir ham xuddi o‘tmishdagi kabi ishonib qabul qilganimiz va tashqi tazyiq bilan
qo‘llab-quvvatlanib turiladigan diniy e’tiqod diniy ta’limotga zid bo‘lgan hayotiy bilim va tajriba
ta’sirida kamdan-kam erib bitmoqda. Odam esa, ko‘pincha, bolaligidan unga singdirilgan diniy
ta’limot hamon uning ongida to‘la-to‘kis mavjud degan o‘y bilan ko‘p yillar o‘zini-o‘zi ovutib
yuraveradi. Holbuki, uning ongida diniy e’tiqodlarning izi ham qolmagan bo‘ladi.
S. degan juda dono va rostgo‘y odam qanday qilib dinga ishonmay qo‘yganini menga gapirib
bergan edi. Yigirma olti yoshga kirganida, ov qilib yurgan chog‘ida, bolalikdan o‘rnashib qolgan
odatiga ko‘ra kechqurun ibodat qila boshlabdi. U bilan birga ovga kelgan akasi pichan ustida yotib, uni
kuzatibdi. S. ibodatni tugatib, yotishga chog‘lanayotganda, akasi unga: «Hali ham shu ishingni
qo‘yganing yo‘qmi?» debdi. Ular bir-birlariga bundan boshqa bir og‘iz ham gap aytishmabdi. Ammo
S. shu kundan boshlab ibodat qilmay qo‘yibdi va cherkovga qatnashni ham bas qilibdi. Shu ko‘yi o‘ttiz
yildan beri ibodat qilmayotgan va cherkovga bormayotgan ekan. Bunday qilganiga sabab — u
akasining e’tiqodlaridan xabardor bo‘lgani va ularga qo‘shilishga tayyorligi emas, o‘z qalbida biror
qat’iy qarorga kelgani ham emas. Bor-yo‘q sabab shuki, akasining og‘zidan chiqqan gap o‘z
og‘irligidan qulay-qulay deb turgan devorga turtkiday bo‘lgan. Bu gap shunga ishora qilganki, u diniy
e’tiqod bor deb o‘ylagan joyda allaqachon hech vaqo qolmagan ekan. Shuning uchun ham ibodat
vaqtida uning og‘zidan chiqqan iboralar, cho‘qinishlari, sajdaga ketishlari — bari-barisi ma’nosiz
harakatlardan o‘zga narsa emas ekan. Ularning ma’nosizligini anglagach, u ortiq toat-ibodatini davom
ettirolmay qolgan.
Men o‘ylaymanki, boshqa juda ko‘p odam ham shu ahvolga tushgan va tushadi. Men bizning
toifamizga mansub o‘qimishli odamlar haqida, o‘z-o‘ziga rost gapiradigan odamlar to‘g‘risida
so‘zlayapman. Diniy e’tiqodini bironta vaqtinchalik, o‘tkinchi maqsadga erishish vositasi qilib olgan
odamlar bundan mustasno, albatta. (Bunday odamlar, aslida, uchchiga chiqqan dinsizlardir, negaki
bunday odamlar uchun din hayotda muayyan marralarga erishish vositasi bo‘lsa, bunaqa din din
bo‘lmaydi.) Bizning toifamizga mansub o‘qimishli odamlar shunaqa ahvoldaki, hayot va bilim nuri
sun’iy imoratni eritib yuborgan va ular yo buni sezib, joy bo‘shatishgan yoxud hali uni
sezishganlaricha yo‘q.
Bolaligimdan menga singdirilgan diniy e’tiqod boshqalarda qanday bo‘lsa, menda ham shunday
g‘oyib bo‘ldi. Faqat farq shunda ediki, men juda erta o‘qishga va fikrlashga boshlaganim sababidan
mening dindan qaytishim ilk qadamlardanoq ongli xarakter kasb etdi. Men o‘n olti yoshimdan boshlab
ibodat qilmay qo‘ydim va o‘z ixtiyorim bilan cherkovga qatnashni bas qildim. Men bolaligimdan
boshlab menga singdirilgan aqidalarga ishonmay qo‘ydim. Ammo nimagadir ishonar edim, biroq
nimaga ishonishimni so‘zlar bilan ochiq-ravshan ifodalab berolmas edim. Men Xudoga ham
ishonganman, to‘g‘rirog‘i, Xudoni inkor etgan emasman, ammo qanaqa Xudoga ishonishimni aytib
berolmas edim. Men Isoni ham, uning ta’limotini ham inkor etmadim, biroq bu ta’limotning mohiyati
nimada ekanini bilmas edim.
Endilikda o‘sha vaqtlarni eslar ekanman, shu narsa aniq-ravshan ayon bo‘ladiki, mening e’tiqodim,
ya’ni hayvoniy instinktlardan tashqari mening hayotimni harakatga keltirgan narsa, mening o‘sha
kezlardagi yakkayu yagona iymonim komil inson bo‘lishga ishonch edi. Ammo komillikning mazmuni
qanaqa, uning qanday maqsadlari bor — buni aytib berolmasdim. Men o‘zimni aqliy jihatdan
mukammallashtirishga harakat qildim — qo‘limdan kelgan hamma narsani, hayot meni ro‘para qilgan
narsalarning barini o‘rganishga intildim; men irodamni mukammallashtirishga harakat qildim — o‘z-
o‘zimga qoidalar yaratib, ularga amal qilishga urindim; o‘zimni jismonan mukammallashtirishga
kirishdim — har xil mashqlar bilan kuchimni va chaqqonligimni o‘stirdim, har xil muhtojliklarni
ko‘rib, o‘zimni bardoshga va sabr-toqatga o‘rgatdim. Bularning barini men mukammallashuv deb
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |