www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Shu savol ko‘ndalang bo‘lmasin uchun yuqoridagi nazariyamizda bir gap aytildi — san’atkor birovga
bir narsa o‘rgatmog‘i uchun o‘zi biron narsa bilishi shart emas, san’atkor bilan shoir g‘ayrishuuriy
tarzda o‘rgatishadi. Men juda ajoyib san’atkor va shoir hisoblanardim, shuning uchun ham g‘oyat
tabiiy bir tarzda bu nazariyani o‘zlashtirib oldim. Men — shoirman, san’atkorman, o‘zim nimani
o‘rgatayotganimni bilmagan holda asar yozib, odamlarga o‘rgataman. Buning uchun menga qalam haqi
berishadi, yeganim oddimda, yemaganim ketimda, turarjoyim soz, ayollar bisyor, ulfatlarim joyida.
Xullas, shuhratim yuksak. Bundan kelib chiqadiki, men o‘rgatgan narsa juda yaxshi ekan.
Poeziyaning ahamiyatiga va hayotning rivojlanishiga bo‘lgan bu ishonch — iymon edi va men
uning muhiblaridan biri edim. Bu iymonning muhibi bo‘lish qulay va yoqimli edi. Shu ahvolda shu
iymonga sajda qilib, uning chinligiga shak keltirmay men ancha yashadim. Ammo ikki yil o‘tgach va
ayniqsa, bunday hayotimning uchinchi yili boshlangach, men bu iymonning benuqsonligiga shubha
qila boshladim va uni tadqiq qilishga kirishdim. Menda shubha tug‘ilishiga turtki bo‘lgan birinchi omil
shu bo‘ldiki, bu iymonning muhiblari hamma vaqt ham o‘zaro ittifoq emas edilar. Ba’zilar deyishardi:
biz — eng yaxshi va eng foydali ustozlarmiz, biz kerak narsani o‘rgatamiz, boshqalar noto‘g‘ri
o‘rgatishadi. Boshqalari esa bunday deyishadi: yo‘q, biz chin ustozmiz, sizlar noto‘g‘ri o‘rgatasiz.
Shunday deb ular bir-birlari bilan bahsga kirishadi, tortishadi, so‘kishishadi, bir-birlarini aldaydi, bir-
birlariga makkorlik qilishadi. Bundan tashqari, ularning orasida shunaqa odamlar ham ko‘p ediki, ular
kim haqu kim nohakdigini o‘ylab ham o‘tirishmasdi, balki bizning shu faoliyatimizdan foydalanib,
o‘zlarining g‘arazli niyatlariga osongina erishardilar-qo‘yardilar. Bularning hammasi meni
iymonimizning chinligiga shak keltirishga majbur qildi.
Bundan tashqari, yozuvchilik iymonining chinligiga shubha paydo bo‘lgandan keyin men uning
muhiblari hayotini sinchiklab kuzata boshladim va amin bo‘ldimki, bu iymonning deyarli hamma
muhiblari — yozuvchilar vijdonsiz odamlar ekan, ularning ko‘pchiligi yaramas odamlar ekan, ularni
ikki pulga arzimaydigan kaslar desa ham bo‘ladi; ular avvalgi bebosh hayotimda, harbiy hayotimda
uchratgan odamlarning ko‘pidan tuban turadi, lekin ular juda ham o‘zlariga bino qo‘igan va o‘z-
o‘zlaridan benihoya mamnun odamlar. Faqat avliyolargina o‘z-o‘zlaridan shunaqa mamnun bo‘lishlari
mumkin yoki avliyolik nimaligini bilmaydiganlargina shunaqa bo‘lsalar, ehtimol. Men odamlarni
yomon ko‘rib qoldim, o‘zimdan ham ko‘nglim qoldi. Shunda angladimki, bu iymon — yolg‘on!
Ammo g‘alati joyi shundaki, bu iymonning yolg‘onligini tushunib, undan yuz o‘girganimdan keyin
shu odamlar tomonidan menga berilgan rutbadan — san’atkor, shoir, ustoz rutbasidan yuz o‘girmadim.
Go‘llik bilan o‘ylabmanki, men shoirman, san’atkorman, binobarin, o‘zim nimani o‘rgatayotganimni
bilmagan holda hammaga aql o‘rgataveraman. Shunday qildim ham.
Bu odamlarga yaqin bo‘lib men yangi bir gunoh orttirdim — menda mutakabbirlik juda avj olib
ketdi va nima o‘rgatayotganimni bilmagan holda odamlarga aql o‘rgatish zimmamdagi burchimdir,
degan majnunona ishonch paydo bo‘ldi.
Endilikda o‘sha zamonlarni esga olar ekanman, o‘zimning o‘sha paytdagi kayfiyatimni va o‘sha
odamlarning (bunaqa odamlar hozir ham behisob) kayfiyatini xotirlar ekanman, ham kulgim keladi,
ham yig‘lagim, ham rahmim qo‘zg‘aladi, ham dahshatga tushaman. Jinnixonaga tushgan odamning
ko‘nglidan shunaqa tuyg‘ular kechsa kerak.
U paytlarda biz hammamiz astoydil ishongan edikki, biz ko‘p gapirmog‘imiz, tinmay
yozmog‘imiz, yozganimizni beto‘xtov chop etmog‘imiz darkor, buni qancha tez va qancha ko‘p qilsak,
shuncha yaxshi, chunki bularning bari insoniyat manfaatlari uchun zarur. Va bizga o‘xshaganlardan
son mingtasi bir-birini inkor etib, bir-birini so‘kib, boshqalarga aql o‘rgatib tinmay yozdilar va
yozganlarini chop etdilar. Shunday qilib, biz hech narsa bilmasligimizni payqamagan holda, hayotning
«yaxshi degani nimayu yomon degani nima?» degan eng oddiy savoliga nima deb javob berishni
bilmagan holda, bir-birimizning gapimizni tinglamagan holda hammamiz yoppasiga gapira ketdik.
Ammo ba’zan menga ham «barakalla» desinlar va meni ham jinday maqtab qo‘ysinlar degan
Lev Tolstoy. Iqrornoma
Do'stlaringiz bilan baham: |