RÉINCARNER
RELATION
484
réincarner
(se)
vpr relig boshqacha shaklga, tanaga kirmoq; se
réincarner dans un animal hayvon shakliga kirmoq.
reine
nf 1. qirolning, podshoning xotini; la reine mère qirolning,
podshoning onasi; plais qaynona; 2. qirol, podsho xotini, qirolicha, malika; 3.
farzin (shahmat); 4. malika; reine de beauté go‘zallar malikasi; 5. ona ari.
reinette
nf ranet, renet (chuchuk olmaning bir navi).
réinstalation
nf qaytarib joyiga qo‘yish, o‘z lavozimiga qayta tiklash.
réinstaller
vt qayta joyiga qo‘ymoq, o‘z lavozimiga qayta tiklamoq; on l’a
réinstallé dans ses fonctions uni o‘z vazifasiga qayta tiklashdi.
réintégration
vt qayta tiklash (o‘z haq-huquqlarini, o‘z vazifasiga),
qaytarish, qayta joyiga qo‘yish.
réintégrer
vt 1. qaytmoq, qaytib kelmoq; réintégrer son logis o‘z
yashash joyiga qaytib kelmoq; réintégrer le domicile conjugal o‘z
turmushiga, o‘z oilasiga qaytmoq; 2. o‘z o‘rniga, o‘z vazifasiga qayta
tiklamoq; réintégrer un fonctionnaire après une mise en congé
xizmatchini ishdan bo‘shatilgandan so‘ng qayta o‘z vazifasiga tiklamoq.
réitération
nf qaytarish, takrorlash; qayta-qayta takrorlash.
réitérer
vt qaytaravermoq, takrorlayvermoq; qaytadan, yangidan boshlab
yubormoq; réitérer une promesse bir va’dani takrorlayvermoq; il avait juré
de ne plus boire, mais il a réitéré u boshqa ichmaslikka qasam ichgan edi,
lekin qaytadan boshlab yubordi.
rejaillir
vi 1. otilib chiqmoq, tizillab chiqmoq; sachramoq (suyuqlik); la
boue rejaillissait sous les roues de la voiture loy avtomobil g‘idiraklarining
ostidan otilib chiqar edi; 2. sachramoq, tegmoq, yuqmoq; sa honte a rejailli
sur nous tous u hammamizni uyatga qo‘ydi.
rejaillissement
nm 1. sachrash; 2. otilib chiqish; 3. aks etish (yorug‘likka
nisbatan), yaraqlash, yarqirash.
rejet
1
nm novda, bachki, yangi o‘sib chiqayotgan shox; l’ensemble des
rejets forment le taillis yangi o‘sib chiqayotgan bachkilar to‘planib, yosh
o‘rmonzorni hosil qiladi.
rejet
2
nm 1. chiqarib tashlash; le rejet des matières fécales axlatli
narsalarni chiqarib tashlash; 2. (she’r) bir satrdan ikkinchi satrga ko‘chirish;
3. qabul qilmaslik; rad, inkor qilish; le rejet d’une requête iltimosnomani rad
qilish.
rejoindre
I. vt 1. qaytmoq, qaytib kelmoq; rejoindre sa famille o‘z
oilasiga qaytmoq; 2. qaytmoq (biror joyga); il est temps de rejoindre la
maison uyga qaytish vaqti bo‘ ldi; 3. borib qo‘shilmoq, kelib tutashmoq; la
rue rejoint le boulevard à cet endroit yo‘l bulvarga shu yerda kelib
tutashadi; 4. o‘xshash kelmoq, bir xil tushmoq; 5. yetib olmoq; pars devant,
je te rejoindrai oldinroq ketaver, men senga yetib olaman; II. se rejoindre
vpr bir yerga to‘planmoq, yig‘ilmoq, to‘planishmoq; nous devons nous
rejoindre chez lui biz unikida to‘planishimiz kerak.
réjouir
I. vt xursand, shod qilmoq, sevintirmoq, quvontirmoq; choses qui
réjouissent le cœur, le regard yurakni, ko‘zni quvontiradigan narsalar; une
mine réjouis shodon, shodlikka to‘la yuz; II. se réjouir vpr xursand, shod
bo‘lmoq, sevinmoq, quvonmoq; se réjouir du malheur des autres
boshqalarning baxtsizligidan quvonmoq; il n’y a pas lieu de se réjouir
xursand bo‘ladigan joyi yo‘q; se réjouir à shodlanmoq, zavqlanmoq, shod
bo‘lmoq, shodlikka to‘lmoq; je me réjouis à la pensée de vous revoir sizni
ko‘rish xayolidan yuragim shodlikka to‘ldi; se réjouir de o‘zini baxtiyor his
etmoq, quvonmoq; je me réjouis de ton succès sening yutuqlaringdan
quvondim.
réjouissance
nf 1. o‘yin-kulgi, xursandchilik, vaqtichog‘lik, vaqtixushlik; 2.
pl tantanali bayram, tantanalar; réjouissances publiques, officielles
ommaviy, rasmiy tantanalar.
réjouissant,
ante
adj
xursand
qiladigan,
quvontiradigan,
shodlantiradigan; kuldiradigan; une nouvelle qui n’a rien de réjouissant
hech qanday quvontiradigan joyi yo‘q yangilik; eh bien, c’est réjouissant
juda yaxshi, bu juda kulgili!
relâche
1
nm ou f 1. dam olish, nafasni rostlash, tinim, tin olish; loc sans
relâche tinim bilmay, to‘xtovsiz; travailler sans relâche tinim bilmay
ishlamoq; 2. yopiqlik, dam olish; jour de relâche dam olish kuni; faire
relâche tomosha ko‘rsatmaslik.
relâche
2
nf mar portga kirish, portda to‘xtash, to‘xtab o‘tish; notre bateau
a fait relâche à Madère bizning kemamiz M ader portida to‘xtadi.
relâcher
1
I. vt 1. bo‘shatmoq, bo‘shashtirmoq, bo‘sh qo‘ymoq; relâcher
son étreinte quchog‘ini bo‘shatmoq; relâcher ses muscles mushaklarini
bo‘shashtirmoq; 2. kamaytirmoq, bo‘shashtirmoq; relâcher son attention
e’tiborini bo‘shashtirmoq; 3. bo‘shatmoq, qo‘yib yubormoq; relâcher un
prisonnier mahbusni qo‘yib yubormoq; II. se relâcher vpr 1. bo‘shashmoq,
kamaymoq; les liens entre nous se sont relâchés avec les années yillar
o‘tishi bilan bizning aloqalarimiz bo‘shashib ketdi; 2. bo‘shashmoq, sovimoq;
la discipline s’est relâchée intizom bo‘shashib ketdi; se relâcher dans son
travail ishdan ko‘ngli sovib ketmoq.
relâcher
2
vi mar portga kirmoq, portda to‘xtamoq, to‘xtab o‘ tmoq; le
bateau dut relâcher à Brest kema Brestda to‘xtab o‘tishi kerak edi.
relais
nm inv 1. vx charchagan otlarni almashtiradigan qarorgoh; un
relais de poste pochta otlarini almashtiradigan qarorgoh; zam. katta yo‘l
bo‘yidagi qarorgoh, mehmonxona; 2. course de relais estafetali yugurish; 3.
smenali ish, smena; loc prendre le relais de smenani qabul qilmoq; 4.
oraliq, vositachi; ville relais oraliq shahar; servir de relais dans une
transaction biror kelishuvda vositachilik qilmoq; 5. rele; un relais de
télévision televizor relesi.
relance
nf qayta, yangidan yuksalish, rivojlanish, o‘sish, taraqqiy etish, avj
olish; kuchayish; la relance de l’économie iqtisodning qayta yuksalishi.
relancer
vt 1. qayta irg‘ itmoq, qaytarib irg‘itmoq, otmoq; irg‘itib yubormoq;
il me relança la balle u menga to‘pni qaytarib irg‘itdi; 2. ishga tushirib,
yurgizib yubormoq; yuksaltirib, rivojlantirib yubormoq; relancer un moteur
motorni yurgizib yubormoq; relancer un projet biror rejani qayta o‘rtaga
tashlamoq; relancer l’économie du pays mamlakat iqtisodini rivojlantirib
yubormoq.
relaps, apse
adj relig bid’atga oid, bid’at; Jeanne d’Arc fut brûlée
comme relapse Janna d’Ark bid’atchi sifatida olovda yoqildi.
relater
vt litt bayon, hikoya qilmoq; aytib bermoq; les historiens relatent
le fait, relatent que tarixchilar bo‘lgan hodisani bayon qiladilar, tarixchilar
hikoya qiladilarki.
relatif, ive
adj 1. nisbiy; toute connaissance est relative har qanday
bilim nisbiydir; valeur relative nisbiy qiymat; tout est relatif hamma narsa
nisbiydir; 2. qisman, to‘la bo‘lmagan, nisbatan; il est d’une honnêteté
relative u nisbatan sofdil; 3. taalluqli, aloqador, bog‘liq, bog‘langan;
positions relatives o‘zaro bog‘liq nuqtai nazarlar; document relatif à tel
sujet, à telle période biron bir mavzuga, davrga taalluqli hujjat; 4. gram
nisbiy; pronom relatif nisbiy olmosh; adjectif relatif nisbiy sifat;
proposition relative aniqlovchi ergash gap.
relation
1
nf 1. munosabat, aloqa; aloqadorlik, bog‘liqlilik, taalluqlilik;
relation de cause à effet sababning oqibatga munosabati; étroite relation
entre les diverses parties d’un tout umumiylikning turli tomonlarini bir-
biriga uzviy bog‘ liqligi; en relation avec bog‘liq, bog‘langan, aloqador; ce
que je dis est sans relation avec ce qui précède mening
aytayotganlarimning oldingilarga hech qanday aloqadorligi yo‘q; 2. pl o‘zaro
munosabat, aloqa (odamlar orasida); les relations humaines insoniy
aloqalar; relation d’amitié, relation amoureuses do‘stona, ishqiy
munosabatlar; nouer, avoir des relations avec qqn biror kishi bilan aloqa
bog‘lamoq, aloqasi bo‘lmoq; bonnes, mauvaises relations yaxshi, yomon
munosabatlar; cesser, interrompre ses relations avec qqn biror kishi bilan
aloqasini uzmoq; relations épistolaires yozma aloqalar (yozishmalar); loc
en relation aloqada, munosabatda; être, se mettre, rester en relation
avec qqn biror kishi bilan aloqada bo‘lmoq, aloqaga kirishmoq, aloqada
qolmoq; 3. pl tanishlar, tanish-bilishlar; obtenir un poste par relations biror
mansabga tanish-bilishlar orqali erishmoq; 4. aloqalar, munosabatlar
(xalqaro, millatlararo). tension, détente dans les relations internationales
millatlararo aloqalarning taranglashuvi; relations diplomatiques diplomatik
aloqalar; relations culturelles entre pays davlatlar o‘rtasidagi madaniy
aloqalar; 5. o‘zaro bog‘ liqlik, o‘zaro aloqa; l’étude des relations des êtres
vivants avec leur milieu atrof muhit bilan jonli mavjudot o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘likligini o‘rganish.
relation
2
nf hikoya, bayon, ta’rif; la relation d’un voyage en Chine
Xitoyga qilingan sayohatning bayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: