RATATOUILLE
RAVAGEUR
470
ratatouille
nf 1. vx fam obiyovg‘on, yovg‘on sho‘rva; 2. ovqat turi,
dimlama; ratatouille niçoise sabzavot dimlama (baqlajon, qovoqcha,
pomidordan tayyorlanadi).
rate
nf qorajigar, taloq; loc fam dilater la rate kuldirmoq; je me suis
dilaté la rate men rosa kuldim.
raté, ée
n 1. omadsiz, ishi yurishmagan odam; ce n’est qu’un raté bu bir
omadsiz odam; 2. nm notekis ishlash; le moteur a des ratés motor notekis
ishlayapti.
râteau
nm xaskash; ramasser des feuilles avec un râteau xaskash
bilan barglarni yig‘ishtirmoq; ratisser une allée avec un râteau aleyani
xaskash bilan tozalamoq.
râtelier
1
nm oxur; mettre de paille, du foin dans le râtelier oxurga
somon, pichan solmoq; loc manger à tous les râteliers ikki enani emmoq.
râtelier
2
nm fam sun’iy jag‘, yasama tishlar.
rater
I. vi 1. otilmay qolmoq, chaqib qolmoq; un coup de fusil qui rate
otilmay qolgan o‘q; 2. buzilmoq, barbod, ishkal bo‘lmoq, bo‘lmay, amalga
oshmay qolmoq; l’affaire a raté ish amalga oshmay qoldi; II. vt 1. ko‘zlangan
maqsadga erisholmay qolmoq; chasseur qui rate un lièvre quyonni
qochirib yuborgan ovchi; j’ai raté la balle men to‘pni ushlay olmadim; rater
son train poyezdga kech qolmoq; rater qqn biror kishini uchratolmay
qolmoq; fam je ne vais pas le rater! men unga ko‘rsatib qo‘yaman! rater
une occasion imkoniyatni boy bermoq; il n’en rate pas une u bema’nilik
qilishdan to‘xtamaydi; 2. qo‘ldan chiqarmoq, boy bermoq, biror narsaga
erisholmay qolmoq; rater son affaire ishini boy bermoq; rater son coup
nishonga tegiza olmaslik; rater sa vie hayoti yurishmaslik, hayotini besamar
o‘tkazmoq.
ratiboiser
vt fam shilmoq, shilib olmoq, ship-shiydam qilmoq, yulib olmoq,
talamoq, xonavayron qilmoq, xarob qilmoq, bor-yo‘g‘idan ayirmoq; il est
complètement ratiboisé u butunlay xonavayron bo‘ldi.
ratière
nf kalamush qopqon.
ratification
nf ratifikatsiya, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash; ratifikatsiya
qilinish, tasdiqlanish; la ratification d’un traité sulh shartnomasini
ratifikatsiya qilish, sulh shartnomasining ratifikatsiya qilinishi.
ratifier
vt 1. ratifikatsiya qilmoq, tasdiqlamoq; 2. litt tan olmoq, e’ tirof
qilmoq, tasdiqlamoq; je ratifie tout ce qui vous a été promis de ma part
sizga bergan hamma va’dalarimni tan olaman.
ratine
nf ratin (jingalak tukli jun gazlama); un manteau de ratine ratin
palto, ratindan qilingan palto.
ratiocination
nf donolik qilish; behuda, mavhum fikr yuritish.
ratiociner
vi litt behudaga tortishmoq; behuda, mavhum fikr yuritmoq.
ration
nf 1. ratsion (ma’lum muddatda beriladigan oziq-ovqat, yem-xashak
miqdori); une maigre ration nochor ratsion; rations imposés en temps de
gerre urush davrida joriy qilingan ratsion; 2. ration alimentaire tana uchun
zarur bo‘lgan bir kunlik oziq-ovqat normasi; 3. doza, m iqdor.
rationalisation
nf omilkorlik, ratsionalizatsiya, ratsionallashtirish,
ratsionalizatsiya qilish; oqilona tashkil qilish; la rationalisation de la
production ishlab chiqarishni ratsionalizatsiya qilish.
rationaliser
vt ratsionalizatsiya qilmoq, ratsionallashtirmoq, oqilona
tashkil qilmoq; rationaliser le travail, la production ishni, ishlab chiqarishni
ratsionallashtirmoq.
rationalisme
nm 1. ratsionalizm (tafakkurni hissiy tajribadan ajratib
qo‘yadigan va aqlni bilishning birdan-bir manbai deb hisoblaydigan falsafiy
oqim); 2. hayotga aql ko‘zi bilan qarash, his-tuyg‘uga berilmaslik,
mulohazakorlik.
rationaliste
I. adj 1. omilkor, ratsionalizmga oid; ratsionalistik,
ratsionalizm nuqtai nazaridan qaraladigan; 2. aql-idrokka asoslangan; II. n 1.
ratsionalist, ratsionalizm tarafdori; 2. hayotga aql ko‘zi bilan qarovchi,
mulohazakor.
rationalité
nf 1. aqlga, maqsadga muvofiqlik, to‘g‘rilik; 2. math ratsionallik.
rationnel, elle
adj 1. aql-idrokka asoslangan, oqillik bilan, oqilona
qilingan, ratsional; l’activité rationnelle aql-idrokka asoslangan faoliyat; la
pensée rationnelle mulohazali fikr; philosophie rationnelle ratsional
falsafa; 2. oqilona, aqlga, maqsadga muvofiq, ma’qul, to‘g‘ri; méthode
rationnelle ratsional metod; procédons d’une manière rationnelle oqilona
ish qilaylik; 3. math ratsional; nombre rationnel ratsional son.
rationnellement
adv ratsional, oqilona, aqlga, maqsadga muvofiq;
ma’qullik, to‘g‘rilik bilan; agir rationnellement oqilona ish tutmoq; organiser
rationnellement la production ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilmoq.
rationnement
nm oziq-ovqatni belgilangan miqdorda tarqatish, kartochka
tizimi.
rationner
vt payok asosida, belgilangan miqdorda tarqatmoq; rationner
les vivres, l’eau potable, l’essence oziq-ovqat, ichim li suv, yoqilg‘ini
chegaralab tarqatmoq.
ratissage
nm xaskash bilan tozalash, xaskashlash.
ratisser
vt 1. xaskash bilan tozalamoq, xaskash bilan to‘plamoq,
xaskashlamoq; ratisser une allée alleyani xaskash bilan tozalamoq;
ratisser les feuilles mortes xazonlarni xaskash bilan to‘plamoq; 2. fam se
faire ratisser au jeu o‘yinda shildirmoq, ship-shiydam bo‘lmoq; 3. tintib
ko‘rmoq, tintimoq (armiya, politsiya); la police a ratissé tout le quartier
politsiya butun kvartalni tintib chiqdi.
raton
nm 1. kalamush bolasi; 2. o‘ljasini yuvib yeydigan yenot; 3. péj
mag‘riblik.
rattachement
nm qo‘shib olish, qo‘shib olinish; le rattachement de
l’Alsace-Lorraine à la France, de la Sarre à l’Allemagne A lzas-Lorrenning
Fransiyaga, Sarrning Germaniyaga qo‘shib olinishi.
rattacher
I. vt 1. qayta bog‘lamoq; rattacher ses lacets, ses cheveux
bog‘ichini, sochini qayta bog‘lamoq; 2. bog‘lamoq, biriktirmoq; rattacher un
territoire à un état biror teritoriyani biror mamlakatga biriktirmoq; 3.
bog‘lamoq; rattacher une œuvre à une certaine tendance asarni ma’lum
an’anaga bog‘lamoq; II. se rattacher vpr bog‘lanmoq; taalluqli, aloqador
bo‘lmoq; borib taqalmoq; ce mouvement se rattache au romantisme bu
oqim romantizmga taalluqli.
rattrapage
nm cours de ratrappage yetib olish uchun qo‘shimcha dars.
rattraper
I. vt 1. qaytadan ushlab, tutib olmoq; qaytadan qo‘lga tushirmoq;
2. o‘rnini to‘ldirmoq, qoplamoq; on ne peut pas rattraper le temps perdu
boy berilgan vaqtning o‘rnini qoplab bo‘lmaydi; 3. rattraper une
imprudence, une erreur ehtiyotsizlikni, xatoni tuzatib, to‘g‘rilab olmoq; 4.
yetib olmoq; pars devant, je te rattraperai oldinroq ketaver, men senga
yetib olaman; II. se rattraper vpr 1. se rattraper à qqch ushlab, osilib
qolmoq; elle s’est rattrapée à la branche u shoxga osilib qoldi; 2. yetkazib,
to‘ldirib, qoplab olmoq; j’ai peu dormi hier, mais je compte bien me
rattraper men kecha oz uxladim, lekin men yetkazib olaman deb o‘ylayman;
3. o‘zini to‘xtatib qolmoq, o‘zini ushlab qolmoq, o‘zini o‘nglab olmoq; se
rattraper à temps vaqtida o‘zini ushlab qolmoq.
rature
nf bo‘yash, chizib tashlash, qirib tozalash (yozilganni); devoir
couvert de ratures bo‘yab tashlangan uy vazifasi.
raturer
vt chizib tashlamoq, o‘chirib tashlamoq, bo‘yamoq (yozilganni);
raturer un mot so‘zni chizib tashlamoq; raturer un manuscrit qo‘lyozmani
tuzatmoq.
rauque
adj bo‘g‘iq, xirillagan (ovoz); un cri rauque bo‘g‘iq qichqiriq.
ravage
nm 1. vayronaga, xarobaga aylantirish; vayronagarchilik; les
ravages de la guerre urush xarobalari; 2. yakson, vayron qilish; les
ravages d’un incendie olovning yakson qilishi; la grêle a fait du ravage
do‘l yakson qildi; fam faire des ravages ishqida kuydirmoq, yondirmoq.
ravagé, ée
adj 1. visage ravagé ozg‘in, oriq, so‘lg‘in yuz; 2. fam tentak,
aqli past, ahmoq, jinni.
ravager
vt 1. yakson, yer bilan yakson qilmoq; xarobazorga aylantirmoq,
kulini ko‘kka sovurmoq, vayron qilmon, xonavayron qilmoq, qiron keltirmoq;
animaux qui ravagent les cultures o‘simliklarga qiron keltiradigan
hayvonlar; la guerre a ravagé la contrée urush yurtni xonavayron qildi; le
feu ravage les forêts olov o‘rmonlarning kulini ko‘kka sovuradi; 2. xarob
qilmoq, zarar, putur yetkazmoq; toutes ces épreuves l’ont ravagé
hayotning bu sinovlari uni xarob qildi.
ravageur, euse
adj 1. qiron keltiradigan, zarar, putur yetkazadigan,
vayron qiladigan, yakson qiladigan; les insectes ravageurs du blé
bug‘doyga qiron keltiradigan hasharotlar; 2. xarob qiladigan, zarar, putur
yetkazadigan; passion ravageuse xarob qiladigan ehtiros.
Do'stlaringiz bilan baham: