AMADOU
AMÉNAGER
29
amadou
nm pilik, qov, qovuq (chaqmoq uchqunidan tutab, o‘t oladigan
paxta kabi narsalar); prendre feu comme de l’amadou jahli tez, jizzaki,
qiziqqon bo‘lmoq.
amadouer
vt ko‘nglini ovlamoq, ko‘nglini ovlab yoki og‘zini moylab
yumshatmoq, tinchlantirmoq; xushomad qilmoq.
amaigri, ie
adj ozib-to‘zib ketgan, oriq, ozg‘in, nimjon.
amaigrir
I. vt ozdirmoq, ado, tamom qilmoq, oriqlatmoq, ozdirib
yubormoq; qoq-suyak qilib qo‘ymoq; II. s’amaigrir vpr oriqlamoq, ozmoq.
amaigrissant, ante
adj ozdiradigan, oriqlatadigan; suivre un régime
amaigrissant ozdiradigan rejim saqlamoq.
amaigrissement
nm ozish, oriqlash, ozib-to‘zish; son amaigrissement
m’inquiète uning oriqlab ketishi meni xavotirlantirmoqda.
amalgame
n. n. 1. amalgama (simobning biror metall bilan qotishmasi); 2.
fig aralash-quralash narsa, qotishma, qurama, omixta; 3. turli xil kishilar va
narsalarning sun’iy qo‘shilishi; plomba (tishdagi kovakni to‘ldirish uchun
ishlatiladigan modda).
amalgamer
I. vt 1. qo‘shib aralashma hosil qilmoq; amalgamer les œufs
et la farine tuxum va unni aralashtirmoq qo‘shmoq; 2. turli moddalarni
aralashtirmoq, omixta qilmoq, qo‘shmoq; II. s’amalgamer vpr erib qo‘shilib
ketmoq; fig qo‘shilmoq, birlashmoq.
aman
nm rahm, shafqat; omon; demander l’aman rahm-shafqat
so‘ramoq.
amande
nf 1. bodom (danagi, mag‘zi); une amande douce, amère shirin,
achchiq bodom; 2. mag‘iz (har qanday danakli mevaning mag‘zi).
amandier
nm bodom (daraxti).
amanite
nf muxomor (zaharli zamburug‘ turi).
amant, ante
nm o‘ynash, jazman.
amarante
I. nf bot amarant; II. adj to‘q qizil, malina rang.
amarrage
nm 1. shvartov bilan bog‘lab qo‘yish; langar tashlash; 2. tekis
bog‘lash, ulash; tutashtirish.
amarre
nf mar shvartov (kemani pristanga bog‘lashda ishlatiladigan
yo‘g‘on arqon, tros); langar arqoni, zanjiri; larguer les amarres shvartovlarni
yechib yubormoq.
amarrer
vt 1. mar shvartov bilan bog‘lab qo‘ymoq; amarrer un cargo yuk
kemasini bog‘lab qo‘ymoq; 2. mahkam lamoq, arqon, zanjir bilan bog‘lab
qo‘ymoq; amarrer les caisses sur un camion mashina ustidagi yashiklarni
arqon bilan bog‘lab qo‘ymoq.
amas
nm uyum, to‘plam, to‘da.
amasser
I. vt yig‘moq, to‘plamoq; amasser de l’argent pul to‘plamoq;
amasser des connaissances ilm to‘plamoq; II. s’amasser vpr yig‘ilmoq,
to‘plamoq; la foule s’amasse devant l’immeuble bino oldida xaloyiq
to‘planardi.
amateur
nm 1. ishqiboz, o‘ch; un amateur de peinture tasviriy san’at,
rassomlik ishqibozi; 2. havaskor, shinavanda; d’amateur, il est devenu
professionnel havaskorlikdan professional darajasiga yetdi; 3. fam xaridor;
cette belle pièce n’a pas trouvé amateur bu ajoyib tanganing xaridori
topilmadi; 4. péj xalturachi, pala-partish, chala-chulpa ish qiluvchi; yengil-
yelpi ishlab pul topadigan odam; travailler en amateur yengil-yelpi, pala-
partish ish qilmoq.
amateurisme
nm 1. havaskorlik, ishqibozlik; 2. péj yuzakichilik, yuzaki
ishqibozlik, shunchaki qiziqish.
amazone
nf otliq ayol; monter en amazone egarga bir tomonlama
o‘tirmoq, oyoq’larini bir tomonga qilib o‘ tirmoq.
ambages
nf pl parler sans ambages kinoyasiz gapirmoq; to‘ppa-
to‘g‘risini dangal, ro‘y-rost aytmoq.
ambassade
nf 1. elchixona; un conseiller d’ambassade elchixona
maslahatchisi; 2. topshiriq, vazifa; envoyer, aller en ambassade auprès de
nozik topshiriq, vazifa bilan jo‘natmoq, bormoq.
ambassadeur, drice
n 1. elchi; l’ambassadeur extraordinaire et
plénipotentiaire favqulodda va muxtor elchi; madame l’ambassadeur ou
madame l’ambassadrice elchi janoblari, elchi xonim; 2. fig fam vakil; soyez
mon ambassadeur auprès de lui uning oldida mening vakilim bo‘ling; 3. nf
elchining xotini.
ambiance
nf 1. muhit, atrof; atmosfera, iqlim; sharoit; une ambiance de
camaraderie birodarlik muhiti; ambiance joyeuse xushchaqchaq vaziyat; 2.
o‘yin-kulgi, xursandchilik, vaqtichog‘lik, vaqtixus hlik.
ambiant, ante
adj o‘rab turgan, o‘rab turuvchi, o‘rab olgan, atrofdagi,
yon-veridagi; la température ambiante atrofdagi havo temperaturasi.
ambigu, uë
adj ikki xil ma’noga, mazmunga ega bo‘lgan ikki xil ma’noli;
une réponse ambiguë ikki xil ma’noli javob.
ambiguïté
nf ikki ma’nolilik; sans ambiguïté aniq, ochiq-oydin, mujmal
qilmasdan.
ambitieusement
adv izzatparastlik bilan, shuhratparastlik bilan.
ambitieux, euse
I. adj 1. shuhratparast, izzattalab, mulozamatni yaxshi
ko‘radigan; une femme ambitieuse shuhratparast, izzattalab ayol; 2. o‘ziga
ortiq darajada ishongan; o‘ziga juda bino qo‘ygan; II. n shuhratparast, izzat
talab odam; amalparast, mansabparast.
ambition
nf 1. shuhratparastlik; amalparastlik; 2. kuchli xohish, orzu,
ezgu tilak.
ambitionner
vt ta’magir bo‘lmoq, intilmoq, xohlamoq.
ambivalence
nf 1. ikkitaraflamalik, ikkiyoqlilik; 2. ikkiyuzlamachilik; 3.
ikkilanish;
l’ambivalence
de
ses
sentiments
his-tuyg‘ularining
ikkitaraflamaligi; ikki xil.
ambivalent, ente
adj 1. ikki xil, qarama-qarshi; 2. ikki yuzlama; goh u
yoqqa goh bu yoqqa og‘ib turish; 3. ikki taraflama, ikki taraf o‘rtasidagi.
amble
nm yo‘rg‘alash, yo‘rg‘alab yurish; aller l’amble yo‘rg‘alab yurmoq.
ambre
nm ambre gris anbar; ambre jaune qahrabo; collier d’ambre
qahrabodan qilingan munchoq.
ambré, ée
adj 1. anbar hid taratadigan; 2. qahrabo rangli, oq sariq, tiniq
sariq, qahrabo.
ambroisie
nf 1. yunon afsonalarida ilohlarning ovqati; 2. fig lazzatli taom.
ambulance
nf 1. tez yordam mashinasi; 2. vx harakatdagi gospital, dala
gospitali.
ambulancier, ière
1. tez yordam mashinasining haydovchisi; 2. sanitar;
sanitarka.
ambulant, ante
I. adj 1. sayyor, ko‘chma; bibliothèque ambulante
ko‘chma kutubxona; 2. elma-el ko‘chib yuruvchi; ko‘cha-ko‘ylarda yuradigan,
sayoq; II. nm pochta vagonlarida xat, jo‘natm a kabilarni manzillari bo‘yicha
ajratadigan xodim.
âme
nf 1. jon, ruh; union de l’âme et du corps jon va tanning qo‘shiluvi,
birligi; rendre l’âme bandalikni bajo keltirmoq, o‘lmoq, qazo, vafot qilmoq,
jon bermoq; 2. qalb, ko‘ngil, yurak; belle âme ajoyib qalb; âme noble
olijanob, oliyhimmat qalb; âme pur sof qalb, ko‘ngil; âme tendre yumshoq
ko‘ngil; âme sensible sezuvchan, sezgir qalb; de toute son âme chin
qalbdan; jusqu’au fond de l’âme yurak-yuragigacha; chanter avec âme
chin qalbdan, berilib, zavq bilan kuylamoq; 3. fig joni, jonu dili, yuragi; 4.
odam, kishi, jon; ville de vingt mille âmes yigirma ming aholi yashaydigan
shahar; il n’y a pas âme qui vive biron tirik jon yo‘q; 5. techn o‘zak; âme
d’un câble kabel o‘zagi; 6. mil stvol kanali (o‘q otish qurollarida).
amélioration
nf 1. sog‘ayish, tuzalish, yaxshilanish; amélioration de la
santé d’un malade bemor ahvolining yaxshilanishi; 2. yaxshilash;
takomillashtirish.
améliorer
I. vt yaxshilamoq, sozlamoq; takomillashtirmoq; améliorer sa
situation o‘z sharoitini yaxshilamoq; améliorer un texte, une traduction
matn, tarjimani takomillashtirmoq; II. s’améliorer vpr yaxshilanmoq,
o‘nglanmoq, takomillashmoq; sa santé s’améliore de jour en jour uning
ahvoli kundan-kunga yaxshilanmoqda.
amen
I. nm fotiha, omin; II. adv omin; dire amen à, répondre amen rozi
bo‘lmoq.
aménagement
nm to‘g‘rilash, jihozlash, asbob-uskunalar bilan
ta’minlash, tartibga solish; aménagement d’une maison uyni jihozlash;
aménagement d’un paquebot, aménagement d’une usine kema, zavodni
jihozlash, asbob-uskuna bilan ta’minlash.
aménager
vt to‘g‘rilamoq, tartibga solmoq; jihozlamoq, asbob-uskuna
bilan ta’minlamoq; le rez-de-chaussée avait été aménagé en laboratoire
birinchi qavat laboratoriyaga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: