Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

30

qo‘zg‘atganday bo‘ldi. Keyin Milxun, so‘ng Emrayin ichdi. Ularning suv ichishlariga qarab, bola 



dahshatga tushdi. Titragan qo‘llari bilan cho‘michni changallab, ichib bo‘lib qaytarishar ekan, 

O‘rxonning yuziga qarashmasdi. Go‘yo suvning kam qolganiga u aybdorday edi. Oqsoqol o‘ziga 

navbat kelganida, bir tomchiyam quymadi, indamay bochkachaning tiqinini yopib qo‘ydi. Bu holdan 

Kirisk hangu mang bo‘lib qoldi. Agar bochkacha uning qo‘lida bo‘lganida edi, o‘ziga cho‘michni 

to‘ldirib quyib olgan bo‘lardi, ichib bo‘lib yana quyardi, yana, yana ichaverardi... to yiqilib 

qolmaguncha ichardi. Aqalli bir marta to‘yguncha ichsin. Keyin nima bo‘lsa bo‘lar. O‘rxon oqsoqol 

esa o‘ziga tegishli suvni ham ichmadi. Cho‘michning tagida qolgan ozgina suvdan ham bosh tortdi. 

— Nega unday qilding, atkichx? Hamma qatori o‘zinggayam quyda! — dedi chidab turolmagan 

Emrayin o‘zini zo‘rlab, xirillab gapirarkan. — Kechayam ichmading. Kemaga tushganning joni bir, 

o‘lsak hammamiz birga o‘lamiz! 

— Hechqisi yo‘q, — parvo qilmadi O‘rxon bobo. 

— Yo‘q, bunaqada bo‘lmaydi! — ovozini balandlatdi Emrayin za jahl bilan qo‘shib qo‘ydi: — 

Unday bo‘lsa men ham ichmayman! 

— Ichadigan narsaning o‘zi yo‘q! Gapirishga ne hojat! — O‘rxon «yosh bolamisanlar», deganday 

miyig‘pda kulib qo‘ydi. So‘ng boshini sarak-sarak qilib, bochkachaning tiqinini ochdi, bir-ikki qultum 

suv quyib bolaga uzatdi. — Mayli, o‘rnimga Kirisk icha qolsin. 

Bola hayron bo‘lib qoldi. Hamma jim edi. O‘rxon buva esa cho‘michni bolaga uzatarkan: 

— Ol, Kirisk, ichaver. O‘ylab o‘tirma! — dedi. Kirisk indamadi. 

— Ichaver! — dedi Milxun. 

— Ichaver, — dedi Emrayin. 

— Ichaver, — dedi O‘rxon bobo. 

Kirisk ikkilanib qoldi. Mana shu bir necha qultum suvni shartta ichgisi kelib, ichi yonib, o‘lar 

holga kelsayam indamadi. 

— Yo‘q! — dedi u bag‘rini yondirayotgan tashnalik istagini arang yengib. — Yo‘q, atkichx, 

o‘zingiz ichavering, — shu tobda boshi aylanib, ko‘zi tinib ketdi. 

Bu so‘zlardan O‘rxon boboning qo‘llari qaltiradi, chuqur xo‘rsindi. Nigohi mayinlashib, bolaga 

mehr bilan boqdi. 

— Men umrimda juda ko‘p, oh, juda ko‘p suvlarni ichganman. Sen-chi, hali... ko‘p yashashing 

kerak, — u gapining oxirini ichiga yutdi. — Gaplarimni tushundingmi, Kirisk? Ichaver, ha, shunday 

bo‘lsin, sen ichishing kerak, mendan xavotir olma. Ma. ushla! 

Bola bu gal ham bir necha qultum suvni yutib, bir zum tashnaligi qonganday, ichidagi hovuri bor 

oz so‘nganday, ahvoli sal yengillashganday bo‘ldi. Bu gal og‘zida suvning nordon ta’mi qoldi. Lekin 

hozir buning ahamiyati yo‘q, har qalay chuchuk suv-ku. Chuchuk suv esa tugab borardi. 

— Endi nima qilamiz? — dedi O‘rxon oqsoqol qabiladoshlariga o‘girilib qarar ekan. — 

Suzaveramizmi? 

Oraga uzoq jimlik cho‘kdi. Hammalari atrofga ko‘z tashlashdi. Lekin quyuq tumanda ikki 

chaqirimdan narini ko‘rib bo‘lmasdi. 

— Qayoqqa suzamiz? — xo‘rsinib, jimlikni buzdi Emrayin. 

— Qayoqqa deganing nimasi? — negadir kutilmaganda Milxunning jahli chikdi. — Suzaveramiz. 

Ha, bir joyda turib qolgandan ko‘ra suzganimiz yaxshi. 

— Suzdik nima-yu, suzmadik nima! — uning so‘zini bo‘ldi Emrayin. — Bunaqa tumanda qayoqqa 

suzsang ham bari bir, foydasi yo‘q! 

— Tupurdim tumaningga! — Battar xunobi oshdi Milxunning. — Sening tuman-pumaning bilan 

nima ishim bor? Tushundingmi? Suzsak suzaylik, bo‘lmasa manovi la’nati kayig‘ingning oyog‘ini 

osmondan keltirib, asfalasofilinga jo‘nataylik-da, so‘ng baliqlarga yem bo‘laylik! Tushundingmi, 

Soqol? Suzsak suzaylik! A, to‘g‘rimi? 

Kirisk g‘alati bo‘lib ketdi. U Milxun amakisining yengiltakligidan hijolatga tushdi. Milxun bunaqa 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish