Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

29

Faqat bu tashvishlar tezroq tugasaydi, tezroq o‘z joylariga, yerga, Olapar qoyasiga tezroq yetib 



borishsaydi. Tezroq, tezroq, tezroq... Axir suvsab, och qolishdi, nihoyatda chanqashdi, nihoyatda 

ochiqishdi, borgan sayin battar chanqashyapti, borgan sayin ochlikdan sillalari quriyapti. Onasining 

yoniga, qarindosh-urug‘larining yoniga, uylariga, o‘choqlari, jilg‘alari, o‘tloqlariga tezroq borish istagi 

kuchaygandan-kuchayardi... 

Falokatga uchraganlar kechasi bilan jon hovuchlab, havoning ochilishini kutib chiqishdi. Biroq 

hech nima o‘zgarmadi, tuman joyidan siljimadi, osmonga yulduz chiqmadi, dengiz uzra zulmat 

tarqamadi. 

Ular kechasi bilan chanqab, suvsab chiqishdi, zaxlikdan, rutubatdan, sovuqdan junjikib turishsa 

ham, bari bir tashnaliklari kuchayib borardi. Kirisk faqat men qattiq chanqadim, deb o‘ylashi mumkin 

edi, lekin kattalar ham tashnalik azobini tortayotgan edilar. Ammo bola hammadan ko‘ra kattiq 

chanqayotgan edi. Xammadan ko‘ra suv ichishni ko‘proq xohlaganidan xijolatga tushib battar 

azoblanardi. 

Oxiri Kiriskning sabr-bardoshi tugab, ozgina suv so‘ragan edi, O‘rxon oksoqol bermadi. 

— Yo‘q, — dedi u qat’iy. — Hozir mumkin emas. Sabr qil. 

O‘rxon bobo ularni sho‘r baliq qanchalik chanqatayotganligini bilsaydi: kechga yaqin Emrayin

Milxun va Kirisk ochlikdan sillalari qurib, sho‘r baliqni bo‘lib yeyishgan, chol esa o‘zini tiygan edi. 

Shuning uchun tashnalikdan uchalasining bag‘ri yonib ketayotgandi. Sho‘r baliq orqasidan suv 

ichvorishgan bo‘lsa ham, bari bir, sal o‘tmay tashnaliklari battar kuchaydi. Chol esa sho‘r baliqni 

og‘ziga ham olmadi, chidadi, suv ham ichmadi, suvni tejadi, biror tomchi og‘ziga olmadi. O‘sha kuni 

O‘rxon oksoqoldan boshqalar ikki mahal suv ichishdi. Kechqurun ichganlari juda oz — cho‘michga 

arang yuq bo‘lardi. Bochkachaning tagi esa tobora ko‘rinib borardi. 

Odam chanqab, suv ichgisi kelib, hadeb shuni intiqib kutaversa sabr-toqati battar tugab boraveradi. 

Kechasi bilan shunday azob tortib chiqishdi... Tuni bilan dahshatli tuman tarqamadi. Dengiz ham 

qilt etmadi. 



 

* * * 


 

Ertalab ham jilla o‘zgarish bo‘lmadi. Kulrang, ko‘ng‘ir tusli tumanning bag‘ri salgina oqardi

ko‘zga tashlanib turgan masofa salgina kengaydi, xolos. Odamlarning yuz-ko‘zlari ko‘rinib qoldi. 

Qayiq atrofida bir necha chaqirimgacha simobday qilqillab turgan og‘ir, vazmin tuman kumush 

rangida tuslanib ko‘rinardi. Bunday ko‘lmak singari turib qolgan suvni Kirisk umri bino bo‘lib 

ko‘rmagandi. 

Qilt etgan shabada, biron-bir o‘zgarish yo‘q edi. 

Ammo shu kuni ertalab bola kattalarning afti angorini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldi. Uchalasi 

ham shu kunlar ichida cho‘pday ozib, soqollari tikanday o‘sib, ko‘zlari kirtayib, o‘lish xavfi ostida 

qolishganday edi. Har qanday kiyinchiliklarga bardosh bera oladigan otasi ham juda o‘zgarib ketibdi. 

Faqat soqoli qolganga o‘xshaydi. Lablari ko‘karib, qorayib ketgan. U Kiriskka gapirmasa ham achinib 

boqardi. Ayniqsa, O‘rxon oqsoqol o‘zini oldirib qo‘ygandi. U yanada bukchaygan, ranglari yanada 

uniqqan, kekirdagi chikqan bo‘yni yanada cho‘zilgan, ko‘zlari avvalgidan battarroq yoshlangan edi. 

Faqat ma’noli boqishlaridan uning avvalgi O‘rxon oqsoqol ekanligini bilib olish mumkin edi. Uning 

dono nigohida faqat o‘zigagina ayon va o‘zigagina tushunarli bo‘lgan g‘oyat muhim ma’no bor edi. 

Kunni eng mushkul ishdan — bir necha kultumdan suv ulashishdan boshlashdi. Suvni O‘rxon 

oqsoqolning o‘zi quydi. U bochkachani kultillatib turib, cho‘michga jildiratib, oz-ozdan quyar ekan, 

qo‘llari qaltirar edi. Cho‘michni birinchi Kiriskka uzatdi. Zo‘rg‘a chidab turgan bolaning cho‘mich 

chetiga tekkan tishlari takillab, suvni birpasda ichib qo‘ydi. Faqat bir zumgina tashnaligi qondi, xolos. 

Tomog‘ini namlashi bilan ichidagi o‘tga suv sepilganday bo‘ldi-yu, lekin cho‘michni qaytarib berishi 

bilan yana yurak-bag‘ri yonib, boshi aylana boshladi. Go‘yo ichidagi vahshiy hayvonning g‘azabini 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish