www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
baqirmasligi kerak edi, haytovur u otasidan yosh edi. Unga bir balo bo‘lganga o‘xshaydi. Yoki bir
qayiqdagi nivxlar deb atalgan to‘pga qandaydir darz ketdimi, nima balo? Hamma jim bo‘lib qoldi,
hamma ezgin, hammaning ichini it tatalardi. Milxunning o‘ziyam indamay qoldi. Emrayin boshini quyi
soldi. O‘rxon bobo esa chetga qaragancha o‘tirar, yuzi xuddi borliqni qurshab olgan tumanga o‘xshash
sirli edi.
— O‘zingni bos, Milxun, — dedi nihoyat Emrayin. — Shunchaki gap kelganda aytdim-ko‘ydim-
da. Bir joyda turgandan ko‘ra suzgan yaxshi, albatta. To‘g‘ri gapirding, qani ketdik...
Ular yana joylaridan qo‘zg‘alishdi. Yana tirgaklar g‘iychillab, yana eshkaklar suvni shaloplatib,
ko‘tarilib tusha boshladi. Lekin odamlarning nazarida qayiq siljimayotganday, bir joyda turganday edi.
Qaergacha suzishsa ham bari bir butun atrofni quyuq tuman bosgan edi, go‘yo sehr-joduli doiraga
tushib kolgan edilar. Xuddi shu narsa Milxunning yana xunobini chiqardi.
— Sening manovi tumaningga tupurdim, eshityapsanmi, ey Sersoqol Emrayin! — U darg‘azab
bo‘lib javray ketdi. — Tezroq haydaylik qayiqni! Men shuni istayapman! Tezroq qimirla, hoy Soqol,
uxlama, eshityapsanmi? Tupurdim tumaningga!
Milxun javrar ekan, eshkakni yanada keskinroq esha boshladi.
— Qani, bo‘l tez! Bo‘l tez, deyapman! — deya qistadi u.
Emrayin bu gal Milxunning jahlini chiqarmaslik uchun indamadi. Aksincha, uning ovsarona
«o‘yiniga» qo‘shilganday tez eshkak esha boshladi.
Qayiqning tezligi osha boshladi. U tuman ichida tavakkaliga goh u tomonga, goh bu tomonga jadal
suzar, ammo qayoqqa borishayotganini hech kim bilmasdi. Milxun bilan Emrayin esa telbalarcha
harakat kilib, jon achchig‘ida eshkak eshishar, go‘yo tumanni quvib yetib, cheksiz chegarasidan chiqib
ketishga uringanday, shafqatsiz bir jazava bilan harakat kilishardi.
Eshkaklarning kuraklari qiyalab suv sachratib, tez-tez ko‘tarilib tushar, qayiq tashqarisida suv
shovullardi; ovchilarning tuklari hurpaygan, ter bosgan yuzlari goh pastga, goh balandga ko‘tarilar,
ular eshkakni suvdan olayotganda yiqilguday gavdalarini oldinga tashlashar, eshkakni suvga
tirashgandan keyin zo‘r berib o‘zlarini orqaga tashlar edilar...
Ular h-ha, deb nafas olib, h-ha, deb nafas chikarishar edi; h-ha... H-a... H-ha... H-ha... H-ha... H-
ha... H-ha...
Oldinda — tuman, orqada — tuman, butun borliqni tuman qoplagan edi.
— Xana, xana!
8
— ko‘zlari yonib, baqirib, hammani tezlashga undardi Milxun.
Avvaliga Kirisk harakat tezlashganidan quvonib ketdi, ammo keyin bu harakatlarning hammasi
behuda ekanligini tushunib dahshatga tushdi. Bola tahlika ostida O‘rxon oqsoqolga qaradi, nazarida
hozir chol bu bema’ni poygani to‘xtatishi kerak edi. Ammo oqsoqol o‘ychan ko‘zlarini atrofga
tikkanicha, hamma narsaga parvoyi falak o‘tirardi. Chol yig‘layaptimi yoki ko‘zlari o‘zi yoshlanib
turadimi, bilib bo‘lmas, yuzi namlangan edi. Atrofida yuz berayotgan hodisalarni his qilmayotganday,
qayiq tumshug‘ida miq etmay o‘tirardi.
Qayiq esa tuman qo‘ynida qayoqqa borayotganini ham, nima uchun borayotganini ham bilmay,
sarson-sargardon turardi.
— Xana, xana! — jonholatdagi baqiriq atrofga taralardi tuman ichida. — Xana, xana!
Uzoq vaqtgacha shu ahvol davom etdi. Ammo eshkakchilar holdan toyib, qayiq sekinlasha
boshladi. Ular hansirashib, bo‘g‘riqib, eshkaklarni o‘z holiga tashlab qo‘yishdi. Milxun boshini
ko‘tarolmadi.
Achchiq haqiqatni shu taxlit anglab yetishdi. Ular tumandan o‘zib ketisholmadi, tuman
chegarasidan chiqib ketisholmadi; hamma narsa avvalgiday: hamon ovchilar avvalgiday xavfli, omonat
dengiz to‘lqinlarida yurishibdi, hamon oldinda nima kutayotgani noaniq, hamon borliqni quyuq zulmat
chulg‘ab olgan. Faqat shiddat bilan ketayotgan qayiq yana allaqancha joygacha suzib bordi-da, oxiri
8
Xana — qani, bo‘l tezroq ma’nosida.
Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |