Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

33

yuragi orqasiga tortib ketdi. Nima kilishni bilmay, sukut saqlar edilar. 



Shu orada Milxunning boshiga bir fikr kelib qoldi. U kafti bilan eshkakning tagiga bir urib, 

tirgagidan chiqarib yubordi. Keyin nima uchundir qayiqning burniga chiqib, qaddini g‘oz tutib, 

eshkakni langar qilib turib oldi. Hech kim unga hech narsa demadi. U ham hech kimga e’tibor bermadi. 

— Ey, qanjiq! — g‘azab bilan baqirdi u eshkakni ko‘targanicha tuman zulmati tomonga tahdid 

solib. — Ey, shamollar Shomoni! Eshityapsanmi? Agar sen qanjiq itning o‘ligi bo‘lmay, shamollarning 

egasi bo‘lsang, qani sening shamollaring! Yoki iningda o‘lib qoldingmi, qanjiq?! Yo seni har tarafdan 

ayg‘irlar o‘rab olgan bo‘lsa, qay biriga orqa o‘girishni bilmay qoldingmi? Yo hammasiga bir-bir orqa 

o‘girib, chaqishib qoldingmi? Shuning uchun ham shamol ko‘tarishga qurbing yetmayaptimi? Yoki 

bo‘lmasa biz bu yerda, o‘raning ichiga tushib qolgandek tuman ichida, halokat ostida qolib 

ketganimizni bilmaysanmi, qanjiq? Yo oramizda yosh bola borligini bilmaysanmi? Bolaning suv 

ichgisi kelyapti, suv, tushunyapsanmi?! Senga aytyapman, oramizda yosh bola bor, u birinchi marta 

dengizga chiqqan! — Sen-chi, sen bo‘lsang bizlardan qasdingni olyapsan. Axir, bu nomardlik-ku! 

Agar sen tyulen tezagi bo‘lmay, shamollar egasi bo‘lsang, javob ber! Shamollaringni yubor! 

Eshityapsanmi?! Tumanlarni dumingga qistirib olib ket! Eshityapsanmi aytganlarimni? Bo‘roningni 

yubor, qanjiq, eng dahshatli bo‘roningni yubor! Tlangilani yubor, qanjiq, senga aytyapman! Mayli, 

bo‘ron kayig‘imizni ag‘darsin, to‘lqinlarga g‘arq bo‘lib ketaylik, iflos, qanjiq! Eshityapsanmi, senga 

aytyapman! Tuf senga, ablah! Paxmoq soqolingga tupurdim! Agar shamollarning egasi bo‘lsang, 

bo‘roningni yubor, bizni dengizga cho‘ktir, agar shunday qilmasang, g‘irt qanjiq ekansan! Men ham 

ayg‘irman, yana bitta ayg‘ir. Faqat men seni... istamayman, mana senga, mana senga, mana, mana, 

kesib ol, mana, kesib ol deyapman, ol! 

Milxun shamollar Shomonini mana shunday shaloq so‘zlar bilan so‘ka boshladi. Allaqayoqlarga 

berkinib olgan Shomon o‘zining qo‘l ostidagi shamollarini qayoqlargadir berkitib tashlaganga 

o‘xshardi. Milxun shu tarzda yana ancha mahalgacha tomog‘i xirillab, holdan toyguncha shamollar 

xo‘jasini ham tahqirlab, ham haqoratlab, yana yalinib qichqirardi. 

So‘ng u eshkakni zarb bilan dengizga uloqtirib yubordi, o‘zining doimiy o‘rniga kelib o‘tirdi va 

yuzini qo‘llari bilan to‘sib, ho‘ngrab, o‘kirib yig‘lab yubordi. Hamma chorasiz jim qotgan edi, Milxun 

bo‘lsa hiqillab yig‘lab, kenjatoylarining nomini aytib baqirardi. Erkak kishining yig‘laganini ilgari 

ko‘rmagan va qo‘rquvdan titrab-qaqshab o‘tirgan Kirisk esa ko‘zlarida yosh O‘rxon boboga murojaat 

qildi: 

— Atkichx! O, atkichx!.. U nega bunday qiladi? Nega yig‘layapti? 

— Qo‘rqma, — tasalli berdi chol bolaning qo‘llarini mahkam qisib. — Hozir o‘tib ketadi. Hozir 

bas qiladi. Sen buni o‘ylama. Buning senga daxli yo‘q. Hozir o‘tib ketadi. 

Chindan ham Milxun asta-sekin tinchib qoldi. Lekin hamon qo‘llarini yuzidan olmas, hamon 

yelkalari silkinib, xo‘rsinib-xo‘rsinib qo‘yardi. Emrayin qayiqni suvda qalqib yurgan eshkak tomon 

ohista yaqinlashtirdi, uni olib, yana joyiga, tirgagiga o‘rnatib qo‘ydi. 

— O‘zingni bos, uka, — dedi u Milxunni yupatib. — Gaping to‘g‘ri, tumanda azob tortgandan 

bo‘ronda qolgan afzal. Lekin hali bir oz sabr qilib turaylik. Balki havo ochilib ketar. Ilojimiz qancha... 

Milxun javob bermadi, uning boshi tobora egilib borar, oldiga qarashga qo‘rqadigan jinniday 

bukchayib olgandi. 

Tuman esa hamon pinagini buzmas, okean uzra muallaq turib qolgan, olam dong qotib qolgan 

buyuk bir zulmat ichida yo‘qolgan edi. Qilt etgan shamol, biron-bir o‘zgarish yo‘q edi. Milxun 

shamollar Shomoniga qanchalar yalinib-yolvorib, uni qanchalar qarg‘ab, haqorat qilgan bo‘lsa ham u 

parvo qilmas, go‘yo ko‘r va karday edi. Shamollar egasinint jahliyam chiqmas, qimir ham etmas, 

bo‘ronniyam chaqirmas edi... 

Emrayin bir joyda turib qolmaslik uchun o‘zining oldidagi bir juft eshkakni eshib turar, qayiq 

sirpanganday, sezilar-sezilmas jilib borardi. O‘rxon indamas, u o‘z o‘ylariga g‘arq bo‘lgandi, ehtimol, 

u yana, ehtimol, oxirgi marta o‘zining Suv parisini o‘ylayotgandir? 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish