Microsoft Word chingiz aytmatov sohil yoqalab chopayotgan olapar lotin ziyouz com doc



Download 326,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana02.01.2022
Hajmi326,41 Kb.
#307721
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
Chingiz Aytmatov Sohil yoqalab chopayotgan Olapar qissa

www.ziyouz.com

 

кутубхонаси



 

38

To‘lqinlar qaerdan paydo bo‘lib, qayoqqa ketayotganini bilib bo‘lmasdi. 



U dengiz ustidan yolg‘iz o‘zi yurib borardi. Dastlab unga O‘rxon bobo, Emrayin va Milxunlarning 

oldiga tushib, qanday bo‘lmasin tezroq suvi bor yerni topib va ularni ham chaqirish uchun zir yugurib 

yurganday tuyuldi. Ammo keyin bu yerda yolg‘iz bir o‘zi qolganligini fahmladi. U qichqirar, 

odamlarning otini aytib chaqirar, lekin hech kim ovoz bermasdi. Na biron jon, na biron tovush va na 

biron sharpa bor, edi... Sheriklari qayoqqa g‘oyib bo‘lganini bilmasdi. Bundan bola dahshatga tushdi. 

Ovozi chiqmay qoldi. Hech qayoqda, hech joyda yer ko‘rinmasdi. U nafasi og‘ziga tiqilib, holdan 

toygunicha dengiz ustidan yugurib ketdi. Ammo u hech qayoqqa jilolmay, bir joyning o‘zida turib 

qolgandi. Toqatsizlanib, ichi yonib, nuqul suv ichgisi kelaverardi. Shunda u tepasidan uchib o‘tayotgan 

qushni ko‘rib qoldi. Bu Luvr o‘rdak edi. O‘rdak qichqirib uya qurish uchun joy axtarib, dengiz uzra 

uchib yurardi. Ammo hech qaerda bir parcha quruq yer topa olmasdi. Chor atrofda hadsiz-hududsiz 

to‘lqinlar shovullardi. Luvr o‘rdak zorlanib, nola qilar va betoqat bo‘lardi.  

— O‘rdakjon! — dedi unga Kirisk. — Yer qaerda? Qaysi tomonda? Suv ichgim kelyapti! 

— Olamda yerning o‘zi yo‘q, hech qaerda yo‘q! — javob berdi Luvr o‘rdak. — Atrofda to‘lqinlar 

bor, xolos. 

— Qolgan odamlar qayoqda? — bola g‘oyib bo‘lgan odamlarni so‘radi. 

— Odamlar yo‘q, ularni izlab ovora bo‘lmay qo‘ya qol. Ular hech yerda yo‘q! — deb javob 

qaytardi Luvr o‘rdak. 

Kiriskni ta’riflab bo‘lmaydigan dahshatli yolg‘izlik va qayg‘u-alam tuyg‘usi chulg‘ab oldi. U bu 

joydan boshi oqqan tarafga qochib ketgisi kelar, biroq boradigan joyning o‘zi yo‘q edi, hamma 

tomonini faqat suv va to‘lqinlar o‘rab olgan edi. O‘rdak qora nuqtaga aylanib, tobora uzoqlasha bordi. 

— O‘rdakjon, meni o‘zing bilan olib ket, yolg‘iz qoldirma! Suv ichgim kelyapti axir! — yolvorardi 

bola. 


Ammo o‘rdak ovoz bermasdi, u hali dunyoga kelmagan yerni qidira-qidira, butunlay ko‘zdan 

g‘oyib bo‘ldi. Quyosh bo‘lsa charaqlab, ko‘zni qamashtirardi. 

Kirisk ko‘zlarida yosh bilan uyg‘ondi, u hamon entikib yig‘lar, najotsiz g‘am-alam va qo‘rquv uni 

yelkasidan bosib turardi. U yoshli ko‘zlarini asta ochib, tush ko‘rganligini fahmladi. Qayiq suvda 

ohista chayqalib turardi. Kulrang tus olib borayotgan g‘ira-shira tuman borliqni burkab, qurshab 

olgandi. Demak, tun o‘tibdi, tong yaqinlashyapti. U qimirlab qo‘ydi. 

— Atkichx, suv ichgim kelyapti, men tush ko‘rdim, — pichirladi u ko‘lini O‘rxon bobo tomon 

uzatib. Ammo qo‘liga hech narsa ilinmadi. Qayiq quyrug‘idagi O‘rxonning joyi bo‘m-bo‘sh edi. 

— Atkichx! — chakirdi Kirisk. Hech kim javob bermadi. Bola boshini ko‘tarib tipirchiladi. 

— Atkichx, atkichx, qaerdasan? 

— Qichqirma! — bir surilib bolaga yaqinlashdi Emrayin. U o‘g‘lini quchoqlab, mahkam bag‘riga 

bosdi. — Qichqirma, atkichxing yo‘q endi! Chaqirma uni! U Suv parisi makoniga ketdi. 

Ammo Kirisk quloq solmadi: 

— Qani mening atkichxim? Qani? Qani mening atkichxim? 

— Bo‘ldi, yig‘lama. Tinchlan, Kirisk, u endi yo‘q, — ota bolasini ovutishga tutindi. — Sen faqat 

yig‘lama. U o‘g‘lingga suv ber, deb menga tayinladi. Ozgina suvimiz bor hali. Yig‘ini bas qilsang, suv 

beraman, ichib olasan. Yig‘lamasang bo‘lgani. Qarab turgin, hademay tuman tarqaladi, ana shunda 

ko‘rasan... 

Kirisk yulkinib, otasining quchog‘idan otilib chiqishga talpinardi. Uning harakatlaridan qayiq 

chayqaldi. Emrayin nima qilishini bilmasdi. 

— Mana, hozir bu yerdan ketamiz. Mana, qara, suzyapmiz. Ey, Milxun, tur o‘rningdan, tur. Senga 

aytyapman! Qani ketdik! 

Milxun eshkak esha boshladi. Qayiq suvda ohista sirpanganday suzib ketdi. Ular yorug‘ olamni 

hamon oppoq sutdek koplab olgan tuman uzra yana tayinsiz tarafga maqsadsiz suzib ketishdi. 

Yangi tunni ular shunday qarshi olishdi. Endi qayiqda uch kishi qoldi. 



Chingiz Aytmatov. Sohil yoqalab chopayotgan olapar (qissa) 

 

 




Download 326,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish