Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Instrumental usullardan 
asosan keng tarqalgan «qon tomir» usuli 
qo‘llaniladi. Mikrotsirkulyatsiyani buzilishini konyunktivaning biomikroskopiyasi 
va tirnoq usti kapillyaroskopiyasi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi. 
Oftalmoskopiyada qon tomir patologiyasi retinovaskulit va ko‘ruv nervi 
zararlanishi ko‘rinishida aniqlanadi (nevrit, diskni dimlanishi, atrofiya, diskni 
oqarishi).
Reoensefalografik tekshirishda miyaning qon bilan ta’minlanishi 
etishmovchiligi belgilari aniqlanadi. ASV xarakterli belgilari dikrotik tishlarning 
yo‘qligi yoki yaqqolligi aniqlanadi. Allergik vaskulit diagnostikasida 
jarohatlanmagan teridan biopsiya olib, gistologik usul yordamida teridagi qon 
tomir vaskulitini aniqlash mumkin.
MNS ni zararlanishini talvasa aktivligini elektroensefalografiya yordamida 
aniqlash bilan isbotlash. Periferik nerv tizimini patologiyasi xarakterini 
elektroneyromiografiya yordamida aniqlanadi va jarayonning obyektivligini va 
polinevropatiyani boshlang‘ich turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda periferik 
nerv tizimi sezuvchi va harakatlanuvchi tolalarning o‘tkazuvchanlik tezligi 
pasayadi.
Davolash. 
Zararlanishni davolash og‘ir muammo bo‘lib, organizmning 
individual xususiyatini hisobga olib kompleks yondoshish talab etiladi. Terapiya 
etiotrop, patogenetik va simptomatik xarakterga ega bo‘lishi kerak. 
Agar nerv tizimini zararlagan allergen aniq bo‘lsa, tezda organizmga tushishini 
bartaraf qilib va u bilan kontaktni yo‘qotish kerak. Bundan tashqari, dezintoksikatsion 
moddalar berish, ularning konsentratsiyasini aralashtirib yoki organizmdan immun 
komplekslarni va allergenlarni chiqishiga yordam beradi. Shu maqsadda gemodez (15 
ml/kg), reopoliglyukin (10%-10 ml/kg sutkasiga), 4% gidrokarbonat natriy eritmasi, 
Ringer eritmasi tavsiya etiladi. Oxirgi vaqtlarda immun komplekslarni chiqarish 
maqsadida plazmoferezdan foydalaniladi. (1 g/kg – vena ichiga xlorli natriy yoki 5% 
glyukoza eritmasi tomchilab yuboriladi). Musbat degidratatsion effekt triampur (1/2 
tab. 1-2 kundan keyin), yoki diakarb (1/2 tab. kuniga) beradi. 
Qon tomir rezistentligini oshirish, perivaskulyar shishishini kamaytirish
to‘qimani nafas olishini yaxshilash maqsadida 5% askorbin kislota (1 ml dan 10% 


 334
glyukoza 15-20 ml gacha), kokarboksilaza (1 ml). Qon tomir o‘tkazuvchanligini 
kamaytirish uchun kalsiy prepatratlari (kalsiy xlor 1%-100,0 vena ichiga 
tomchilab, kalsiy glyukonat 10%-5-7ml parenteral). Immun javobni modullash-
tirish maqsadida glyukokortikoidlardan foydalaniladi. Ko‘proq effektiv ta’sirga 
steroid gormonlarning qisqa kursi ega bo‘lib (5-7 kun ichida) dozasi jarayonning 
o‘tkirligi va og‘irlik holatiga bog‘liq (demiyelienizatsiyalashgan kasalliklarda 20-
25 mg/kg prednizolon sutkasiga qilinadi). Bundan tashqari, glyukokortikoidlar 
shishishga qarshi, desensibillashuvchi ta’sirga, immun yallig‘lanishni so‘ndiruvchi, 
kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirishiga olib keladi. 
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (brufen, ibuprofen, voltaren, 
butadion, diklofenak, ksefokam) turib qolgan immun komplekslarni yalliglanishini 
so‘ndiradi, bundan tashqari, og‘riq qoldiruvchi, dezagregatsion xususiyatga
kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarni 
inaktivlaydi (prostaglandin, serotonin, gistamin). 
To‘qima allergik jarohatining 4 turida ham desensibillashuvchi preparatlar 
(kestin, dimedrol, pipolfen, suprastin, diazolin, fenkarol, tavegil, peritol) nerv 
to‘qimasida mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydigan antiagregantlar (trental, 
kurantil, aspirin) qo‘llaniladi. Nootroplar nerv to‘qimasida almashinuv 
jarayonlarini yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi. Nerv to‘qimasidagi gipoksik 
holatni yo‘qotish maqsadida katta bo‘lmagan bosim ostida giperbarik 
oksigenatsiya qo‘llaniladi. (1,2 atm 15-20 minut ichida 

3-4).
Siptomatik davolashga talvasaga qarshi, umumiy quvvatlovchi va boshqa 
moddalar qo‘llaniladi. Nerv tizimi allergik jaroxatlangan bemorlar fizik va psixik 
tinchlikka rioya qilishlari kerak. Kasallikning 12-14 kunida massaj va LFK 
qo‘llash kerak. 


 335

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish