330
unda klinik ko‘rinishi tranzitor va o‘tib ketuvchi xarakterga ega bo‘ladi va
teskarisi, agar organizmda sirkulyatsiya qiluvchi antigen uzoq bo‘lsa (surunkali
infeksiya, autoantigen), unda miya to‘qimalarning jarohatlanishiga olib keladi.
Qon tomirlar chigalida va qon tomirlar devorida uncha katta bo‘lmagan o‘lchovda
immun komplekslar fiksatsiyalanadi. Allergiyada nerv tizimi jarohatlanishining
klinikasi 3 ta turi farqlanadi: diffuzli, serebral va periferik.
Hozirgi paytda allergiyada nerv tizimining jarohatlanishining
klassifikatsiyasi quyidagicha:
1.
Diffuzli turi:
(meningoensefalomiyelopoliradikulonevropatiya va uning
variantlari).
2.
Serebral turi:
A)
serebral vaskulit;
B) ensefalit, meningoensefalit.
3.
Periferik turi:
A) mononevropatiya
B) polinevropatiya (aralash, sensor, ko‘proq yuzaki sezuvchanlikning
jarohatlanishi bilan).
V) poliradikulonevropatiya.
Nerv tizimi zararlanishining diffuz turi
Nerv tizimini zararlanishining diffuz turi klinikada meningoense-
falomiyelopoliradikulonevropatiya va uning turli ko‘rinishlari bilan kechadi. Bu
jarohatlanishning og‘ir shakli bo‘lib, kam hollarda chegaralangan va ko‘proq
umumiy allergik reaksiya fonida (anafilaktik shok, gipertermiya)
yoki teridagi
o‘zgarishlar ko‘rinishida kechadi. Nerv tizimini zararlanishining diffuz turi asosida
nerv tizimi qon tomirlarida allergik vaskulitlar, perivaskulyar infiltratlarning hosil
bo‘lishi, diapedez qon quyilishlar, shishishning rivojlanishi yotadi. Jarayon bosh va
orqa miyaning oq moddasida ko‘proq
joylashib, o‘choqli demiyelinizatsiya hosil
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu turi parda qanotli hashoratlar chaqqanda va qon
so‘ruvchilar tishlashi natijasida, vaksinadan keyingi asorat yoki dorilarga reaksiya
sifatida rivojlanishi mumkin. Kasallik o‘tkir yoki o‘tkir osti, ba’zida
progressivlanuvchi va qaytalanuvchi xarakterga ega. Parda qanotli hashoratlarning
chaqishi, 5% bemorlarda chaqqandan keyin 1-12 soatdan keyin va kam hollarda –
qon so‘ruvchi hashoratlarning tishlaganida nerv tizimi tomonidan og‘ir
reaksiyalarni
rivojlanishiga olib keladi, o‘lim holati 14% ni tashkil qiladi.
Nerv tizimining vaksinadan keyingi asorati aktiv immunizatsiya paytida
bo‘lishi mumkin (ko‘proq bolalar anamnezida allergik reaksiya va immundefitsit).
Allergik reaksiya ko‘proq bakteriya vaksinasiga, anatoksinga va kamroq virusli
vaksinalarga nisbatan bo‘lishi kuzatiladi. Hozirgi davrda suvchechak, qizilcha,
qizamiq, parotit va qutirishga qarshi vaksinalar
immunizatsiya maqsadida
qo‘llaniladi.
Nerv tizimini diffuz zararlanishi umum miya, ildizli va o‘choqli belgilar
paydo bo‘lishi bilan xarakterlanib, umumiy belgilar: (poliartralgiya, harorat
reaksiyasi, umumiy behollik, terlash). Bosh og‘rig‘i diffuz xarakterga ega bo‘lib,
ko‘ngil aynashi, qusish, shovqinli tovushlar va yorug‘likni ko‘tarolmaslik
bilan
331
namoyon bo‘ladi. Bemorlarning oyoq va qo‘llarda, ko‘krak qafasida, belida
og‘riqlar kuzatiladi. Nerv tizimini zararlanishi o‘choqli belgilar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda bosh miya nervlari innervatsiyasining
buzilishi kuzatiladi: ko‘rishning pasayishi, g‘ilaylik, nistagm, burun-lab
burmasining
assimetriyasi, bulbar belgilar. (disfagiya, dizartriya, disfoniya).
Harakat buzilishlari markaziy parez ko‘rinishida, kam hollarda periferik parez yoki
aralash xarakterga ega bo‘ladi. Sezuvchanlikni buzilishi o‘tkazuvchi turda, harakat
koordinatsiyasining buzilishi sensor va miyacha ataksiyasi ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi. Chanoq a’zolari faoliyatining buzilishi ko‘proq o‘tkir davrda kuzatiladi.
Hamma bemorlarda vegetativ o‘zgarishlar kuzatiladi: gipergidroz, teri
qoplamlarining
oqarishi, taxikardiya, AB pasayishi meningial va ildizcha belgilari
kuzatilishi mumkin. Orqa miya suyuqligi o‘zgargan yuqori bo‘lmagan limfotsitar
pleotsitoz kuzatiladi (20-1mkl), likvor bosimi oshgan, ba’zi hollarda normal
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: