Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Davolash.
 
Ko‘pincha epileptik bemorlar, nevrologik kasallar hisoblanadi, 
nevropatologda davolanishi kerak. Psixik nuqson ayrim bemorlarda (25-30% 
hollarda) turli darajada yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
Davolashni boshlanishida, shifokor serebral jarayonlar (o‘sma, ensefalit va 
boshqa) yoki ekstratserebral kasalliklar (insuloma, gipoparatireoz) yo‘qligiga 
ishonch hosil qilishi kerak.
Epilepsiyani davolash kompleks, individual, uzluksiz va uzoq davom etishi 
kerak. Davolashni uzluksizligini ta’minlash va ko‘rsatmalarga ko‘ra xirurgik 
aralashuvlarni belgilash.
Davolash epileptik tutqanoq turini hisobga olgan holda preparatdan 
(monoterapiyadan) boshlanadi.
Toniko-klonik, tonik, klonik, mioklonik, generallashgan tutqanoqlarda 
quyidagi preparatlar: fenobarbital, benzonal, glyuferal, difenin (fenitoin), 
karbomazepin (finlepsin, tegretol, stazepin), geksomidin (primidon), volproat 
natriy (depakin, konvuleks, atsediprol) qo‘llaniladi. 
Absanslarda suksilep (etosuksemid) volproat natriy, klonazepam (antelepsin) 
qo‘llaniladi.
Mioklonik, akinetik absanslarda klonazepam, volproat natriy, etosuksemid, 
nitrazepam (radedorm), diazepam (sibazon), fenobarbital qo‘llaniladi. 
Og‘ir giperkinetik absanslarda klonazepam, volproat natriy, etosuksemid, 
nitrazepam, diazepam, fenobarbital qo‘llaniladi. 
Oddiy portsial tutqanoqlar va murakkab tutqanoqlarda engil xushning 
xiralashishi «ko‘rib bo‘lgan» yoki «umuman ko‘rib bo‘lmagan» hissiyot epileptik 
dorilarga rezistent hisoblanadi. Bunda korbamazepin, difenin, fenobarbital, 
benzonal, volproat natriy preparatlari qo‘llaniladi.
Preparatning dozasi tutqanoqlarni so‘ndirishi va nojo‘ya ko‘rinishlar 
chaqirmasligi kerak. Preparat dozasi empirik tanlaniladi, uning qondagi 
kontsentratsiyasi 2-3 soatdan keyin cho‘qqiga etadi. 
Bolalarda sutkalik doza tana massasiga kattalarga qaraganda nisbatan yuqori 
bo‘ladi, bu metabolizmni intensiv kechishi bilan bog‘liq ayniqsa 6 oydan 3 
yoshgacha bo‘lgan bolalarda. Yosh o‘tgan sari metobolizm sekinlashadi va katta 
yoshli odamlar uchun preparat dozasi kamaytiriladi: 60 yoshdan keyin – 20-25% 
ga, 70 yoshdan keyin – 30-50% ga. Homiladorlik paytining ikkinchi yarmida dori 
dozasi oshiriladi. Davo effektiv bo‘lmaganda preparat boshqa preparatga 
almashtiriladi yoki bir nechta preparatlar kombinatsiyasi qo‘llaniladi.
Generallashgan talvasa xurujlari eng birinchi qo‘llaniladigan preparat 
fenabarbital yoki boshqa barbiturat kislota unumlari: geksamidin, benzonal 
hisoblanadi. Fenobarbital porsial tutqanoqlarda ham qo‘llaniladi (kattalarda 2-4 
mg/kg/sut, bolalarda- 3-8 mg/kg/sut ).
Fenobarbital effektivligi yetishmovchiligida karbomazepin (finlepsin, 
tegretol) unumlari qo‘llaniladi. Quyidagi preparatlar portsial va ikkilamchi 
generallashgan talvasa tutqanoqlarda qo‘llaniladi. Absans mavjud bo‘lgan 
bemorlarda karbomazepin effekti taxminan 2/3 hollarda kuzatiladi. Monoterapiya 


 342
o‘tkazilganda preparatni va dori vositasini 2 marotaba qo‘llash mumkin (ertalab va 
kechqurun) va effekt bo‘lmaganda 3 va hatto 4-marobata tavsiya etish mumkin. 
Karbomazepin 15-20 mg/kg/sutkasiga qo‘llaniladi. Agar effekt yetarli bo‘lmasa, 
bir vaqtda geksomidin yoki fenobarbital qo‘llaniladi.
Gidantolen unumlari: difenin, metoin, deltoin, etotoin, albutoin 
generallashgan tutqanoqlarda qo‘llaniladi. Ular sedativ va uyquchanlik ta’sirga ega 
emas, kam hollarda miokloniya va absanslarda yordam beradi.
Difenin 5-10 mg/kg/sutkasiga beriladi, gipertrixoz, yuz qirralarining 
dag‘allashishi, milklarning giperplaziyasi uzoq qabul qilganda kuzatiladi.
Generallashgan (kloniko-tonik va absanslarda) tutqanoqlarda, tepa 
absanslarda, absansli miokloniyalarda, mioklonusli-epilepsiyalarda volproat 
kislotaning unumlari (depakin, konvuleks) qo‘llaniladi. Ular bosh miyada GAMK 
miqdorini oshiradi.
Absanslarni davolashda birinchi navbatda etosuksemid, dozasi 15-25 
mg/kg/sutkasiga qo‘llaniladi. Lekin yuqorida berilgan preparat katta talvasali 
tutqanoqni keltirib chiqaradi, unda fenobarbital qo‘llaniladi. Uni effekti 
bo‘lmaganda, volproat natriy, diakarb tavsiya etiladi. Volproat kislota atipik 
absanslarda yaxshi yordam beradi, ba’zida etosuksemid yoki lamiktal qo‘shimcha 
berish mumkin. 
Mioklonik tutqanoqlarni davolashda volproat natriy (10-50 mg/kg/sut) 
qo‘llaniladi. Uni effektivligi bo‘lmaganda klonazepam (0,05-01 mg/kg/sut) va 
sibazon (2-4 mg/sut bolalarga va kattalarga 5-10 mg/sut) qo‘shiladi. Agar 
davolashda ijobiy effekt bo‘lmasa difenin va fenobarbital qo‘llash mumkin.
Chaqaloqlardagi spazmni davolashda birinchi navbatda volproat kislota, 
lamiktal, kortikosteroidlar, nitrozepam, diakarb, AKTG preparatlari (sinokten-1mg 
yoshga m/ichiga 

10-15) qo‘llaniladi.
Klonozepam uzoq qo‘llanganda preparatga tolerantlik rivojlanadi, bu esa 
preparatni tanaffus bilan qabul qilishni talab qiladi.
Diakarb – epileptik tutqanoqlar, gidrotsefaliyada, menstrual epilepsiyada,
giperventilyatsiya tavsiya etiladi. Diakarb organizmdan kaliyni chiqarishini 
nazarda tutib, albatta kaliy tutuvchi preparat bilan birga tavsiya etiladi. 
Preparatning dozasi–0,25×1 dan 0,3×2 marta va unga tolerantlik tezda 
rivojlanmasligi uchun kurslar orasida tanaffuslar buyuriladi.
Oxirgi yillarda epilepsiyaga qarshi yangi preparat qatoridan – lamiktal 
(lamo-tridjin) keng qo‘llanilayapti. Oddiy va murakkab portsial tutqanoqlarda, 
absanslarda, ikkilamchi – generallashgan, toniko-klonik tutqanoqlarni to‘xtatadi. 
Lamiktal 50 mg kuniga (2 haftaga) keyin dozani asta-sekin 200 mg gacha 
sutkasiga oshirish mumkin.
Qo‘shimcha terapiya sifatida kattalarda turli xil tutqanoqlarda neyrotin 
(gabapentin) 100 mg dan 1000 mggacha kuniga, GAMK (pantogam, natriy 
oksibutirat, progagib, vigabatrin) preparatlari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda kalsiy 
kanallarini blokatorlari (nimodipin, nifedipin, flukarizon) qo‘llaniladi. Davolashni 
har doim bitta preparatdan boshlab, dozani asta-sekinlik bilan oshirish kerak. Agar 
tutqanoqlar tezligi o‘zgarmasa, preparat o‘zgartiriladi va boshqa preparatlar tavsiya 


 343
etiladi. Preparatlarni almashtirganda vitaminoterapiya kursi tavsiya etiladi 
(polivitaminlar). 
Agar qisman terapevtik effektga ega bo‘lganda, unda birinchi preparatga 2-
chisi qo‘shiladi.
Nojuya effektlari epilepsiya qarshi preparatlarni uzoq qabul qilganda – katta 
bo‘lmagan nistagmdan to yaqqol ensefalopatiya bo‘lishi mumkin, bu esa har doim 
vrach nazorati ostida bo‘lishni talab qiladi. Bundan tashqari, anemiya va buyrak 
jarohatlanishi rivojlanmasligi uchun bemorni siydigi va qoni doimo (1 oyda 1 
marta) tekshiriladi.
Davolashni kompensatsiya vaqtida uzilishi va tartibni buzilishi (davolash 
to‘xtatilganda, alkogol qabul qilganda, ko‘p charchaganda, giperinsolyatsiya, uyqu 
etishmovchiligi), preparatni dozasi kamaytirilishi, qayta travmalarda, infeksiya, 
somatik kasalliklarda, endokrin o‘zgarishlarda (homiladorlik vaqtida yoki pubertat 
davrda) psixik travmalar kasallikning qaytalanishiga olib keladi. Homiladorlikning 
2-yarmida preparatning dozasi oshiriladi (difenin, volproat kislota, geksomidindan 
tashqari). Rezidual epileptogen jarohatlanishning dekompensatsiya belgilarida 
kursdan tashqari degidratatsion, so‘rdiruvchi, qon tomir davosi olib boriladi.
EEG natijasi va terapevtik remissiya klinikasining ko‘zda tutib epilepsiyaga 
qarshi davoni 3 yildan kam bo‘lmagan holda to‘xtatish mumkin. Preparatni 
to‘xtatilishi 1-2 yil ichida asta-sekinlik bilan olib boriladi. Agar tutqanoq 
davolanmasa va tez-tez qaytarilsa, unda bemor neyroxirurgik tekshirish va 
davolashga yotqiziladi. Xirurgik davoni metodlari epileptik o‘choqni olib tashlash, 
epileptik (razryadli) tarqalgan razryadli yo‘llarni buzish yoki tormozlanishni 
aktivlashtirish.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish