Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Klinika. 
Poliomiyelitning inkubasion davri o‘rtacha 1-2 hafta davom etadi. 
Kasallik rivojlanish bosqichiga ko‘ra nerv tizimining zararlanishi 2 shaklda 
kechadi: 
1. Paralitik bo‘lmagan (meningeal) poliomiyelit–seroz meningit ko‘rinishida 
kechadi (ko‘p uchraydigan shakli). Bemor bu shaklda to‘liq tuzaladi, doimiy 
immunitet qoladi. Abortiv formatsiyasi–gripp kabi kechadi, falajlik kuzatilmaydi. 
2. Kasallikni paralitik turini kechishida 5 bosqich kuzatiladi: 1–umumiy 
infeksion belgilar bilan boshlanadi: harorat ko‘tarilishi, bo‘shashish, bosh og‘rig‘i, 
uyqu buzilishi, terlash, oshqozon ichak faoliyati buzilishi, anoreksiya, qusish. Qon 
va likvorda yallig‘lanishga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘ladi. 2 bosqich–preparalitik 
davr 1-6 kun davom etadi, klinik belgilar meningoradikulit ko‘rinishida, 
fassikulyar tortilishlar bilan kechadi. 3 bosqich–paralitik davr oyoqlarda kuchli 
og‘riq, mushaklarning bosim, hatto sal qo‘l bilan tegishi ham sezgirlikni oshishi 
bilan namoyon bo‘ladi. Periferik parez va falajlar oyoqlarning proksimal qismida 
bo‘lib, belgilar assimetriyasi xos, diafragma, qo‘l qovurg‘alararo mushaklar falaji 
ham bo‘lishi mumkin. Harakat buzilishlarining maksimal darajasi 1-sutka oxiriga 
to‘g‘ri keladi, kattalarda tetraparez va tetraplegiya rivojlanishi mumkin. Avvaliga 
reflekslar oshadi, so‘ng tez arefleksiya rivojlanadi. Agar jarayon miya so‘g‘onida 
joylashsa, fonasiya, nutq, yutish buzilishlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Yuqori nafas 
yo‘llari shilliq qavatlaridan shilliq ajralishi kuchayishi natijasida yutish faoliyatini 
buzilishi kelib chiqadi. Uzunchoq miyada joylashgan nafas va qon tomirlar 
markazlari zararlanib, hayot uchun zarur funksiyalar buzilib, o‘limga olib keladi. 
Nafas olish faoliyati buzilishi bilan bemor IVL ga o‘tkaziladi.
Poliomiyelitning pontin shaklida yuz nervi o‘zagi zararlanib, mimika 
mushaklar falaji vujudga keladi. Ko‘zni harakatlantiruvchi va chaynov mushaklari 
poliomiyelitda kam zararlanadi. Paralitik davri 2 haftagacha davom etadi. 
Birlamchi falaj belgilari boshlangandan bir necha kundan so‘ng uning orqaga 


 243
qaytishi boshlanib, harakat funksiyasi sekin-asta yaxshilanib boradi. 4 bosqich–bu 
tiklanish davri boshlanayotganidan dalolat beradi, bu davr sekin va notekis 
kechadi. Funktsiyasi og‘ir darajada zararlangan mushaklar tiklanmaydi. Biroz 
zararlangan mushaklar kuchga kiradi, trofikasi yaxshilanadi. Mozaik zararlanish 
kontraktura paydo bo‘lishiga olib keladi. 5 bosqich–rezidual davr doimiy periferik 
falaj, atrofiyalar, mushak va bo‘g‘im kontrakturalari, suyaklarning ikkilamchi 
deformatsiyasi, vegeto-trofik buzilishlar bilan xarakterlanadi.
Poliomiyelit tashhisi qon, likvor najas va burun-yutqun surtmasidan olingan 
virusologik va serologik tekshirishlarga asoslanadi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish