246
juda o‘xshash. Miyaning immun to‘sig‘i umumiy immun tizimiga nisbatan
alohidalashgan, shu bilan bir vaqtning o‘zida u bilan chambarchas bog‘liq. OITS
virusi (OIV) nafaqat umumiy immun tizim hujayralarini (T-xelper va makrofag),
balki miyada bir vaqtda immun funksiyani bajaruvchi neyrogliya hujayralarini ham
zararlaydi. Shuning uchun neyroOITSni miya immun
tizimining orttirilgan
infeksion kasalligi deb qarash mumkin. Hamma neyrovirusli infeksiya uchun zarur
sharoitlardan biri virus zarrachasini hujayra membranasi retseptorlari bilan
bog‘lana olishidir. OIV uchun bunday retseptor rolini antigen SD
4
deb ataluvchi
oqsil ijro etadi.
SD
4
OIV membranasining tashqi yuzasida joylashgan oqsil bilan bog‘lanadi.
SD
4
antigeni, asosan, immun tizimini boshqaruvchi T-xelper hujayralarda
uchraydi.
Kiritma SD
4
antigen 40% monotsitlarda va 5% lemfotsitlarda topilgan.
Shunday qilib, odam organizmida OIV bilan zararlanishga moyil, ya’ni
membranasida SD
4
antigen bo‘lgan quyidagi hujayralar uchraydi: miyaning glial
hujayralari va makrofaglari, o‘pka alveolalari makrofaglari, ichak, qon, urug‘
suyuqligi, qin ajralmasidagi xromofil hujayralar, lemfotsitlar,
teridagi Langergans
hujayralari.
OIV bilan zararlanishga neyroglial hujayralar (astrotsit, oligodendrotsit va
mikrogliyalar) ham moyil, chunki ular tarkibida RNK ni kodlovchi oqsil bor va
demak, ular SD
4
ni sintezlashga qodir. OIV bilan zararlanish uchun glial hujayra
membranasining qobig‘ida juda kam mikdorda SD
4
retseptorlarining
mavjudligi
kifoya. Neyroglial hujayra membranasining SD
4
retseptorlariga birikkan OIV
membranalarning birlashish yo‘li yoki pinotsitoz yo‘li bilan miya hujayrasi ichiga
kirib oladi. Keyin OIV o‘z qobig‘idan xalos bo‘ladi va uning RNKsi (teskari
transferaza fermenti ta’sirida) ikki zanjirli DNK sintezi uchun matritsa bo‘lib
xizmat kiladi. Bu DNK hujayra o‘zagi ichiga tushadi. Shunday qilib, virus spetsifik
DNK xo‘jayin hujayralari xromosomasiga kiritiladi.
Hujayra genomi bilan
birlashgandan so‘ng OIV keyingi hujayra avlodlariga neyroglial hujayralar har
bo‘linganida o‘tadi. Neyroglial hujayralar neyronlardan farqli o‘laroq yuqori
mitotik aktivlikka ega. Aniqlanishicha, OIV faqat neyroglial hujayralarni
zararlaydi. Shu bilan bir vaqtda miya neyronlari (membranasida SD
4
antigeni yo‘q)
zararlanmasdan qolaveradi. OIV bilan zararlangandan so‘ng ba’zi hujayralar,
ayniqsa, neyroglial hujayralar virusni latent holda saqlab turishlari mumkin. Bu
holda
qonda hattoki, OIV oqsillarini ham topish amri mahol bo‘ladi.
Qanday qilib OIV miyaga va likvorga tushadi?, degan savol tug‘iladi.
Aniqlanishicha, SD
4
antigeni endotelial hujayralarda ham joylashgan, shuning
uchun ular OIVga nishon bo‘ladi. Kapillyarlarning zararlangan endotelial
hujayralari gematoensefalik to‘siq (GET) va miya immun to‘sig‘ining buzilishiga
olib keladi va OIV to‘siqsiz miya moddasiga tushadi. Taxminlar bo‘yicha, OIV
avvaliga periferik qonning makrofaglariga kirib oladi,
ular esa zararlangan
GETdan osongina o‘tib, OIVni miyaning neyroglial hujayralariga o‘tishiga sabab
bo‘ladi.
OIV virusi bilan zararlanish 2 yo‘l bilan amalga oshadi: parenteral va jinsiy
aloqa.