Klinik ko‘rinishlari
NeyroOITS–nerv tizimining patologiyasi bo‘lib, OIV yuqishidan kelib
chiqadi. Hozirgi kunda nerv tizimining zararlanishi bilan kechuvchi OIV-
infeksiyaning 3 ta asosiy turi tafovut kilinadi.
1.
Miya immun to‘sig‘ining alohida zararlanishi bilan kechuvchi, turli
nevrologik sindromlar bilan namoyon bo‘luvchi
birlamchi neyroOITS.
Bunda qonda immun tanqislik bo‘lmaydi va qonda T-xelper/T-
supressorlar nisbati o‘zgarmaydi.
2.
Ikkilamchi neyroOITS
periferik qonda va likvorda immun tanqislik holati
fonida «oportunistik» infeksiyalar rivojlanishi natijasida yuzaga keladi.
Bunda T-xelper/T-supressorlar nisbati keskin o‘zgargan bo‘ladi.
3.
NeyroOITS
klinik ko‘rinishlarisiz OITS,
ammo bunda neyroglial
hujayralar va likvorda OIV latent holda va yuqori titrlarda mavjud
bo‘ladi.
Birlamchi NeyroOITS
Birlamchi NeyroOITSda bevosita nerv to‘qimasining neyroglial hujayralari
zararlanadi. Bu shaklning muhim xususiyati shundan iboratki, miyaning
zararlanish belgilari kasallikning erta bosqichlarida qonda immuntanqislik
rivojlanmasidan va «opportunistik» infeksiyalar rivojlanmasidan avval yuzaga
chiqadi. Ko‘p kuzatiladigan nevrologik o‘zgarishlar (periferik qonda immun
tankislik bo‘lmagan holda) miya avtonom immun tizimining OIV bilan birlamchi
zararlanishiga bog‘liq. Buni miya autopsiyasi ma’lumotlari tasdiqlaydiki, unda
faqatgina immun vazifani bajaruvchi likvorning limfoid hujayralari va nolimfoid
neyroglial hujayralarning zararlanishi aniqlanadi.
OITSda asab tizimining birlamchi zararlanishi
diffuz
(tarqoq) va
o‘choqli
nevrologik belgilar bilan namoyon buladi.
Diffuz nevrologik belgilar neyroOITSning quyidagi shakllarida uchraydi: 1)
ensefalitlar; 2) ensefalopatiyalar; 3) meningoensefalitlar; 4) miyelitlar.
OITSdagi diffuz ensefalit va ensefalopatiyaning erta nevrologik belgisi
dementsiya
hisoblanib, u OIV bilan bevosita bosh miyani zararlanishi tufayli
yuzaga keladi. Dementsiyaning sababi bo‘lib bosh miyaning tarqoq zo‘rayib
boruvchi yirik hujayrali ensefaliti va zo‘rayib boruvchi tarqoq ko‘p o‘choqli
leykoensefalopatiyasi (OITSning nafaqat erta, balki yagona klinik ko‘rinishi
bulishi mumkin) hisoblanadi.
Tarqoq ensefalitning eng yorqin morfologik belgisi – ko‘p o‘zakli gigant
hujayralarning mavjudligi. Xuddi shu hujayralarda immunkimyoviy va elektron-
mikroskopik usulda OIV aniqlangan. Boshqa yuqumli kasalliklar
qo‘zg‘atuvchilarining topilmaganligi (birinchi navbatda toksoplazmoz), ko‘p
o‘zakli gigant hujayralar bosh miyada OIV mavjudligining markeri bo‘lib
hisoblanishi mumkin. Ko‘p o‘choqli gigant hujayrali ensefalit uchun miyada
shuningdek, mikroglial tugunchalar, perivaskulyar infiltratlar (ko‘pincha
mikrogliyadan iborat), lemfotsitlar, monotsitlar va makrofaglar bo‘lishi xos. Bu
248
o‘zgarishlar aksari hollarda miya yarim sharlarining oq moddasida (qadoqsimon
tanada ham), po‘stloq osti o‘zaklarida, miya so‘g‘onida joylashadi.
Yallig‘lanish o‘chog‘i uchun demiyelinizatsiya jarayoni xos bo‘lib, neyron va
aksonlar nisbatan saqlangan holda qoladi.
Zo‘rayib boruvchi tarqoq leykoensefalopatiya uchun miyelin qobiqni diffuz
yo‘qotilishi, astrogliyalar proliferatsiyasi hamda bir va ko‘p o‘zakli makrofaglar
infiltratsiyasi xos.
OITS kasalligidan vafot etgan odamlar kliniko-patomorfologik
tekshirilganda, dementsiyasi bor bo‘lgan bemorlarda o‘tkir osti ensefalit uchun
xarakterli o‘zgarishlar peshona va chakka bo‘laklarida, gippokampda, bodomsimon
tanada va miya katta yarim sharlari oq moddasining markaziy qismlarida
joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, OITSda zo‘rayib boruvchi dementsiyaning morfologik
substrati bo‘lib, bosh miya yarim sharlari oq moddasining yallig‘lanish va
demiyelinizatsiyalanishi hisoblanadi.
OITS-dementsiyali
bemorlarda
o‘tkazilgan KT da bosh miya po‘stlog‘i
atrofiyasi va miya qorinchalarining kengayganligi topilgan. MRT ma’lumotlariga
ko‘ra bosh miya po‘stlog‘ining diffuz atrofiyasi aniqlanadi.
EEGdagi o‘zgarishlar demensiyaning erta bosqichida bo‘lmasligi mumkin,
kech bosqichida esa alfa- va teta-aktivlikning pasayishi ko‘rinishida tarqoq
o‘zgarishlar kuzatiladi.
OITS-dementsiyaning klinik ko‘rinishlari 75% bemorlarda kuzatiladi. Biroq,
OITS bilan bog‘liq holda intellektning yengil pasayishini hisobga olinsa, bu
ko‘rsatkichlar bir qancha yuqori bo‘lishi mumkin.
OITS-dementsiya kompleksi uchun va hulk-atvorining o‘zgarishi bilan birga
harakat buzilishlari xos. Kasallikning boshlangich bosqichlarida bemorlar
uyquchanlik, diqqat-e’tiborni jamlay olmaslik, xotira pasayishiga shikoyat
qiladilar. Pay reflekslari va mushak tonusining ortishi, oral avtomatizm va ushlab
olish reflekslarining yuzaga kelishi, diadoxkinezga sinamalarda tez harakatlarning
sekinlashuvi kabi bosh miyaning diffuz zararlanish belgilari kuzatiladi.
Keyinchalik o‘z holatiga befarqlik rivojlanib, u reaktiv depressiya ko‘rinishida
kechishi mumkin. Kasallik avj olgan sari psixik o‘zgarishlar sekinroq rivojlana
boradi, ularga harakat buzilishlari, mushaklarda kuchsizlik, ataksiya, tremor
qo‘shiladi, tutqanoq hurujlari kuzatilishi mumkin.
Yaqqol dementsiya bosqichida bemorlar o‘rta hisobda 3 oygacha umr
ko‘rishlari mumkin.
Tarqoq nevrologik simptomatika o‘tkir meningoensefalit va surunkali atipik
aseptik meningitlarda kuzatiladi.
O‘tkir meningoensefalit – bu OITSda markaziy nerv tizimining eng kam
uchraydigan, o‘tkir zararlanish turi bo‘lib hisoblanadi. OIV-meningoensefalit
qondagi serologik o‘zgarishlar bilan bir vaqtda, va hattoki ulardan bir oz oldinroq
rivojlanadi. Kasallikning boshlanishida ongni o‘tib ketuvchi buzilishlari, epileptik
tutqanoqlar kabi psixik o‘zgarishlar kuzatiladi. Likvorda nospetsifik yallig‘lanish
belgilari aniqlanadi. Nevrologik belgilar bir necha hafta mobaynida yo‘qolishi
249
mumkin. Keyinchalik, o‘tkir meningoensefalit o‘tkazgan bemorlarda surunkali
ensefalopatiya rivojlanish ehtimoli bor.
OITS bilan kasallangan bemorlarda atipik aseptik meningit rivojlanishi
mumkin bo‘lib, u ham OITSning klinik ko‘rinishi (bosh ogrigi, meningeal belgilar)
yaqqol namoyon bo‘lgunga qadar yuzaga kelishi mumkin. Likvorda yuqori
bo‘lmagan, lekin turg‘un lemfotsitar pleotsitoz aniqlanadi, ba’zi hollarda OITS
virusini topish mumkin. Nevrologik belgilar odatda, davolashsiz 1-4 hafta ichida
o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |