15-mavzu. Jigar kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari Reja



Download 29,14 Kb.
bet1/6
Sana24.06.2022
Hajmi29,14 Kb.
#699736
  1   2   3   4   5   6

15-mavzu. Jigar kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari
Reja:
1.Jigar kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari.
2.Jigar kasalliklari.
3.Etiopatogenezi, kechishi, asoratlari va davolash prinsiplari.
4. Jigar kasalliklarida farmakoterapiya va farmakokinetika asoslari.


Tayanch tushunchalar: Jigar kasalliklari, patogenezi va farmakoterapiya asoslari. Jigar kasalliklari. Etiopatogenezi, kechishi, asoratlari va davolash prinsiplari. Jigar kasalliklarida farmakoterapiya va farmakokinetika asoslari.


Adabiyotlar
1. Aliyev X.U, Allayeva M.J. “Klinik farmatsiya”. Darslik. Toshkent, 2011 yil.
2. Salimov Yu. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2019 yil.
3. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Санкт-Петербург, 2010 год.


Jigarning funksiyalari va ularning buzilishlari. Jigar organizm kimyoviy gomeostazida markaziy a’zo sifatida bir qancha hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi: oqsillar, uglevodlar, lipidlar, pigmentlar, vitaminlar va boshqa moddalar almashinuvida qatnashadi, o‘t suyuqligini ishlab chiqaradi, toksinlarni zararsizlantiradi, temir, mis kabi elementlar va 20 foizga yaqin qonni zahira holida saqlaydi.
Jigar va o‘t yo‘llarining kasalliklari paytida o‘t suyuqligi hosil bo‘lishi va uning sekretsiyasi, uglevod va lipidlar almashinuvi, jigarning oqsil hosil qilish, mochevina sintezlash, barerlik va boshqa funksiyalari izdan chiqadi.
O‘t suyuqligi asosan gepatotsitlarda hosil bo‘lib, u erda o‘t suyuqligining asosiy komponentlari hisoblangan yog‘ kislotalari, xoesterin va fosfolipidlar sintezlanadi. Gepatotsitlar va jigarning boshqa xujayralarining shikastlanishlari paytida o‘t suyuqligi hosil bo‘lishi, undagi erkin yog‘ kislotalari miqdorining ortishi, o‘t suyuqligi sekretsiyasining yomonlashishida esa sarg‘ayish, toksikoz va hazm jarayonlarining buzilishlari kuzatiladi.
Gepatotsitlar va jigarning endotelial (yulduzsimon) xujayralarining jarohatlanishi oqsillar sintezi va ularning qayta parchalanishi hamda ammiakni utilizatsiyasining buzilishiga sabab bo‘ladi. jigarda albuminlar, 80 foizga yaqin alfa-globulinlar, 50 foiz beta-globulinlar, fibrinogen, globin, protrombin va boshqa qonning ivuvchanligini ta’minlovchi moddalar sintezlanadi.
Jigar oshqozon-ichak tizimidan kelayotgan qonning yo‘lida joylashgan. Bu qonning 80 foizi darvoza venasi orqali, 20 foizi jigar arteriyasi orqali oqib keladi va jigar venasi orqali jigardan chiqib ketadi.
Jigarda aminokislotalar qayta sintezlanadi: dezaminlanadi, transaminlanadi va dekarboksillanadi.
Jigarda modda almashinish jarayonida hosil bo‘lgan zaharli moddalar zararsizlanadi, oshqozon oldi bo‘limlaridan tushgan ammiakdan mochevina va ammiakning tashiluvchi shakli hisoblangan glutamin hosil bo‘ladi. Glutamin ammiakni buyraklarga etkazib beradi va u erda glutaminning parchalanishidan ajralib chiqqan ammiak siydik bilan ajraladi. Jigar kasalliklarida bu jarayonning buzilishi ammiakning organizmda to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi.
Jigar markaziy a’zo hisoblanib, unda ksenobiotiklarning kimyoviy qayta tuzilishi (trasformatsiyasi) amalga oshadi. Yog‘da eruvchi moddalar jigarda suvda eruvchi shaklga o‘tadi va buyraklar orqali chiqariladi. Jigar kasalliklari paytida toksinlarning zararsizlantirilishi, mikroorganizmlar va ularning toksinlarining yulduzsimon endotelial xujayralar tomonidan fagotsitoz qilinishi, ya’ni a’zoning barerlik funksiyasi izdan chiqadi.
Jigarning glikogen hosil qilish faoliyati markaziy asab tizimi va insulin, adrenalin, glikogen gormonlari va bir qator fermentlar orqali boshqariladi. Glyukozaga talab oshganda (och qolganda, muskullar ko‘p ishlaganda) glikogen fosforilaza fermenti ta’sirida glyukozaga aylanadi. Jigar kasalliklari paytida glyukoza va glikogen hosil bo‘lishi kamayib, gipoglikemiya rivojlanadi.
Jigarda mazkur hayvon turi uchun xos bo‘lgan yog‘lar sintezlanib, ular lipaza fermenti ta’sirida yog‘ kislotalari va glitseringa parchalanadi. Glitserin ATF ishtirokida sut kislotasigacha, keyinchalik, suv va karbonat angidritgacha oksidlanadi.
Jigar yog‘da eruvchi vitaminlar almashinuvida qatnashadi. Retinol va karotin jigarda to‘planadi. Jigarda V12 vitamini sintezlanadi.
O‘t suyuqligi oshqozon osti bezi va ichak shilliq pardalarida sintezlanadigan lipaza fermentini faollashtiradi, uning lipolitik xususiyatini 20 marta oshiradi. Lipaza yog‘larni parchalaydi, ichaklar matorikasini oshiradi, oshqozon osti bezi sekretsiyasini va o‘t ishlab chiqarishni kuchaytiradi. O‘t ishlab chiqarilishini 12 barmoqli ichak devorida ishlab chiqariladigan xoletsistokinin garmoni boshqarib turadi.
O‘t kislotalari tuzlar va yog‘ tomchilari atrofida yupqa parda shaklida joylashib, yog‘ tomchilarining birikishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa ularga lipaza fermentiing ta’sirini kuchaytiradi va ularning gidrlizlanashini tezlashtiradi.
O‘t suyuqligi jigardan uzluksiz ravishda ishlab chiqariladi. Jigarning funksional va morfologik o‘zgarishlari oshqozon-ichak kasalliklari, zaharlanishlar, yuqumli va parazitar kasalliklar paytida kelib chiqadi.
Jigar kasalliklari hayvonlar maxsuldorligining kamayishi, jigarning iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lishi va veterinariya xarajatlaridan iborat bo‘ladi. Bizning kuzatishlarimiz natijasida qo‘ylarni burdoqilashda jigar kasalliklarining 53% gacha uchrashi, shu jumladan 41% gepatoz, 10,7% jigar sirrozi va 1,13% hayvonlarda jigar abssessi kuzatilishi aniqlandi.

Download 29,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish