Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Tashhis va differensial tashhisi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Tashhis va differensial tashhisi.
 
O‘tkir o‘choqli miyelitni kistoz araxnoidit, 
epidurit, orqa miya o‘smasi, tarqoq skleroz kasalliklari bilan qiyosiy tashhis 
o‘tkazish kerak.
Qiyosiy tashhislashda magnit rezonans tomogrammasi (MRT) katta yordam 
beradi. Bu usulni qo‘llashning iloji bo‘lmaganda miyelitni kistoz araxnoiditdan 
orqa miya suyuqligini tekshirib aniqlash mumkin.


 241
Kistoz araxnoiditda oqsil-hujayra dissotsiasiyasi va ksantoxromiya bo‘ladi, 
miyelitda esa oqsil oshishi bilan birga pleotsitoz ham kuzatiladi. Miyelitda 
kasallikning o‘tkir kechishi yangi-yangi belgilar paydo bo‘lishi, keyinchalik ular 
regressga uchrashi bilan kechadi. Kasallik araxnoiditda regresga uchramaydi, 
sekin-asta kuchayib boradi.
Miyelitni epiduritdan farqlashda MRT yoki kontrastli KT yordam beradi. 
Epiduritda spondilografiyada osteomiyelit belgilari ko‘rinadi. Suboktsipital 
miyelografiyada esa subaraxnoidal bo‘shliqni to‘liq yoki qisman blokini aniqlash 
mumkin.
Orqa miya suyuqligi tekshirilganda likvor bosimi va oqsillar miqdori 
oshishini topish mumkin. Neytrofil pleositoz yiringli miyelitga, lemfotsit esa 
virusli yoki allergik etiologiyali miyelitga xos.
Orqa miya o‘smalari sekin rivojlanadi, Broun-Sekar sindromi (falaji) 
ko‘rinishida kechadi. Metastazlar paydo bo‘lganda infeksion kasallik belgilari 
bo‘lmaydi.
Tarqoq sklerozning orqa miya shakliga kasallikni sekin-asta rivojlanishi xos, 
ko‘pincha orqa miyaning oq moddasi zararlanadi, sezgi o‘zgarishlari kam 
namoyon bo‘ladi, orqa miya suyuqligi o‘zgarmaydi.
Davolash. 
O‘tkir ko‘ndalang miyelitning davosi uning etiologiyasiga 
bog‘liq. Agar miyelit ma’lum bo‘lgan kasallik fonida asoratlansa, davolash asosiy 
patologiyaga qaratiladi. Bakterial miyelitda antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari 
va boshqa antibakterial preparatlar; virusli miyelitda davo choralari virusga qarshi 
preparatlar qo‘llaniladi.
Miyelitning etiologiyasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar desensibilizatsiya-
lovchi va degidratasiyalovchi preparatlar qo‘llanilishi shart.
Kasallikni davolashda parvarish katta ahamiyatga ega, ayniqsa teri (yotoq 
yaralarni) va siydik-tanosil a’zolarining (dezinfitsirlovchi suyuqliklar bilan siydik 
qopini kateterizatsiyasi va yuvish).
Reabilitatsion davo katta ahamiyatga ega (LFK, massaj, fizioterapiya). 
Tiklanish davrida antixolinesteraz preparatlar (prozerin, galantamin), V guruh 
vitaminlari, serebralizin, ATF, piratsetam, nikotin kislotasi; mushak tonusi 
oshganda – miorelaksantlar (midokalm, baklofen, sirdalud).

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish