240
suyuqligida, birinchi kunlarda pleositoz 10 dan 100 gacha 1 ml va oqsil 2-3 marta
oshadi. Keyinchalik oqsil miqdori yanada oshib oqsil-hujayra dissotsiasiyasi
rivojlanadi.
Ko‘ndalang miyelitning o‘tkir davri 5-6 haftadan 2-3 oygacha, tiklanish
davri – 2 yilgacha davom etadi. Kasallikni kechishi turlicha bo‘ladi.
Kasallik
yengil kechganda (o‘tkir davri) jarayon stabilizatsiyalanib belgilar regressi vujudga
keladi. Kasallik og‘ir kechganda yuqoriga ko‘tariluvchi miyelit (Landrining
ko‘tariluvchi falaji) rivojlanadi, prosess kuchayib borib, miya so‘g‘onini ham
zararlaydi,
bunda bulbar falaj, nafas va qon tomir faoliyati buzilishi ro‘y beradi.
Og‘ir holatlarda miyelit seltikomiyeliya bilan asoratlanadi. Infeksiyaning
kirish yo‘llari keng maydonni egallagan yotoq yara, siydik yo‘llari yallig‘lanishi
mumkin, bu chanoq a’zolari funksiyasi buzilishi natijasida ro‘y beradi (sistit,
uretrit, nefrit).
O‘tkir demiyelinizatsiyalashgan miyelit tarqoq ensefalomiyelitning
redutsirlangan
shakli deb hisoblanadi, miyelitda protsess faqat orqa miyani o‘z
ichiga oladi. O‘tkir ko‘ndalang miyelit bu shaklidan orqa miyada turli mayda
yallig‘lanish o‘choqlari borligi bilan farqlanadi. Bu mayda o‘choqlar klinik yuzaga
chiqmaydi, lekin kasallikning qo‘shimcha belgilari namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun bemorlarda tananing o‘ng va chap yarmida sezgi va harakat
o‘zgarishlari turlicha namoyon bo‘ladi.
O‘tkir osti miyelit ko‘pincha
keksa kishilarda uchraydi, ayniqsa surunkali
o‘pka-yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda.
Nekrotik miyelit progressivlanuvchi amiotrofik paraplegiya bilan
xarakterlanadi. Bunda kasallik avj olib borishi davomida orqa miyaning spastik
prosessi sekin asta periferik jarayon bilan almashinadi.
Sezgi buzilishlari kechroq
rivojlanadi va u dissosialashgan xarakterga ega. Likvorda oqsil hujayra
dissotsiasiyasi yengil pleosetoz bilan birga namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir osti
kechib, 1-2 yil davomida o‘limga olib keladi.
Optikomiyelitda orqa miya bilan birga ko‘ruv nervi ham zararlanadi. Ko‘p
mualliflar bu sindromni tarqoq skleroz deb hisoblaydilar.
Optikomiyelit (yoki optikoensefalomiyelit) klinikasi bitemporal
gemianopsiya, turli xil skotoma, shuningdek ko‘rish o‘tkirligi
pasayishi bilan
(ko‘rlikka olib keladi) kechadi. Ko‘z tubida ko‘ruv nervi diski oqarishi ko‘rinadi.
Harakat va sezgi buzilishlari orqa miyaning zararlanish o‘chog‘iga bog‘liq: spastik
tetraparez (S
1
-S
4
segmentlar zararlansa), yuqorigi periferik parez, pastki spastik
parez (S
5
-D
2
, D
3
-D
12
), pastki periferik parez (L
1
-S
2
) zararlanishi ko‘rinishida
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: