Aim.uz
Bozor iktisodiyotida chayqovchilik
Bozor iqtisodiyotiga xos axborot assimetriyasi noaniqlik u o’z navbatida olib-sotarlik va
chayqovchilik mavjudligiga sabab bo’ladi.
Olib-sotarlik – bu shunday faoliyatki, maqsad biron-bir tovarni bir bozordan olib
boshqasida yoki bozorning boshqa sigmentida nisbatan yuqori narx bilan sotish orqali foyda
olishdir. Olib sotarlik bozorda muvozanat yo’qligi, talab va taklif o’rtasida disbalans sharoitida
yuz berishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qogozlar, qishloq
xo’jaligi mahsulotlari bozorida eng ko’p yuz beradi. Olib-sotarlik hududiy miqyosida baholarni
farqi tufayli kelib chiqadi.
Olib sotarlikdan farqli ravishda chayqovchilik bir tovarni sotib olib shu bozorni o’zida
ma’lum vaqtdan so’ng yuqori bahoda sotib foyda olishni bildiradi, ya’ni chayqovchilik baholarni
vaqt oralig’idagi farqiga asoslanadi. Olib sotarlik va chayqovchilik bilan shugullanadiganlar
tavakkalchilik xatarini bila turib riskka borishadi. Real hayotda har ikki faoliyat birlashib,
ko’pincha umumiy nom “chayqovchilik” deb ataladi. Chayqovchilik faoliyatini tahlil qilganda
muhim ahamiyatga ega uch usuliga e’tibor qaratiladi.
Birinchi usul – bu tovarni sotib olish, uni saqlash, ma’lum bir vaqtdan so’ng sotish.
Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma’lum bir vaqtdan so’ng narxini ko’tarilishini taxmin
qiladi. Agar narx ko’tarilmasa u zarar ko’radi.
Ikkinchi usul - fyuchers kontraktlari tuzish. Bunda kelgusida bitim tuzilgan kundagi narx
bo’yicha oldi-sotdi qilish majburiyati ko’zda tutiladi.Tovar etkazib berilgan muddatdagi narxga
ko’ra broker yoki xaridor foyda ko’rishi mumkin.Qimmatli qogozlarda ham xuddi shunday.
Uchinchi usul - optsion kontraktlari tuzish. Optsion shunday kontraktki – unga asoslanib,
investor kelajakda ma’lum miqdorda tovarni shu kungi baho bo’yicha sotib olish huquqini sotib
oladi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’z xuquqini amalga oshirishi yoki yo’qligi
vaziyatga bog’lik holda yuz beradi. Masalan, siz «O’zavtotranstexnika» OAJ aktsiyalari
kelajakda qimmatlashadi deb, 1050 so’mdan 630 dona aktsiya sotib olish uchun 15 iyul 2004 yili
bir yilga kontrakt tuzdingiz. Sizga birja vositachisi ko’rsatilgan muddatga qadar aktsiyalarni shu
narxda sotishi kerak. Siz agar bozorda aktsiya narxlari oshsa sotib olib, bozordagi shu kungi real
bahoda sotib foyda olasiz. Aksincha bo’lsa siz o’z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin
shartnoma tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz.
Optsion kontrakti fyuchers kontraktiga nisbatan kamrok xatarli, sababi, yo’qotadigan
mablag’ faqat vositachining gonorari miqyosida bo’ladi. Bu jihatdan uni ma’lum bir darajada
sug’urta elementi deb ko’rish mumkin.
Muddatli kontraktlar( fyuchers, optsion )ni xedjirlash orqali oldi-sotti jarayonida
baholarni o’zgarishidan sug’urtalash amalga oshiriladi. Investorning moliyaviy aktivlari
qimmatini maksimal darajada saqlab qolish yoki sotishiga bir yoki bir necha muddatli
kontraktlar tuzish orqali amalga oshiriladi.
Masalan, xedjer biron bir aktiv, aytaylik uni qiziktirgan “Toshkent otchopari” OAJ ning
aktsiyalarini bahosini tushishidan qo’rqadi. Uni bir aktsiyani 2,8 dollar bahosi qoniqtiradi. U
aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi
2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aktsiyalarni 3 oydan so’ng 3 dollardan sotishga,
ikkinchisi sotib olishga. Uch oydan keyin aktsiya 3,2 dollar bo’lsin. U 3 dollardan sotib olib
yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yo’q. Agar narx tushsa ham xuddi
shunday tarzda ham yutadi, ham yutkazadi.
Shunday tarzda optsion kontraktlarni xam xedjirlash amalga oshiriladi. Xedjirlashda
tavakkalchilik xatari yo’qolmaydi, lekin unda xatarga yo’l qo’yuvchilar o’zgaradi. Ishlab
chiqaruvchi xatarni birja chayqovchisi zimmasiga yuklaydi. Chunki u risk qilishni yoqtirmaydi.
Chayqovchi esa tavakkalchilik xatarini o’z zimmasiga oladi. Sababi u risk qilish ishqibozi.
Chayqovchilik yuzaki qaraganda osongina boyish yo’li. Lekin u moliya bozorida o’ziga xos
vazifani bajaradi:
1.Qimmatli qog’ozlar bilan chayqovchilik potentsial xaridorlarni ularga qiziqishini
kuchaytiradi. Xaridorlarning bo’sh pul mablag’larini jalb etadi.
2.Chayqovchilik qimmatli qog’ozlarni likvidligini ta’minlaydi va saqlaydi, bu o’z
navbatida investorlarni o’ziga jalb etadi.
3.Qimmatli qog’ozlar kursini barqarorlashtirishga ta’sir etadi. Ya’ni ko’pchilik
olayotganda sotadi, sotayotganda oladi. Qog’ozlar kursini qattiq o’zgarishi ko’proq
chayqovchilik operatsiyalariga xos. Shu bilan birga shuni qayd etish kerakki, mamlakat
iqtisodiyoti uchun u katta zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar
tashkil etilib, davlat tomonidan ta’sir ko’rsatiladi.
«Chayqovchilik» so’zi juda ko’p hollarda salbiy ma’noda ishlatiladi.» Chayqovchi»
deganda ko’z o’ngimizga doimo odamlarni turli yo’llar bilan aldashga urinuvchi uddaburon
kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi»,
«menejer» bo’ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik,
yuritayotgan faoliyati, qo’ygan maqsadi tom ma’nosi bilan chayqovchilik. Xamma narsani o’z
nomi bilan aytgan ma’qul. Albatta jamiyatni qoralovchi fikri to’g’ri, lekin u qachonki norasmiy,
noqonuniy bo’lsa.
Masalan, inqirozga yuz tutgan AKShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja firmalaridan
birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun dunyoga taraldi.
M. Milleken past darajadagi aktsiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular yordamida
kompaniyalarni qo’shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga oshirilgan. Uning
uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bo’lsa, «sinish, yutilish,» arafasida turgan
korporatsiyalarning aktsiyalari bilan chayqovchilik qilgan
Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli kog’ozlar bilan (ular bilan ko’prok)
balki hamma sohada, qaerda imkoniyat bo’lsa shu erda bo’ladi. Noqonuniy, nolegal
chayqovchilik, yolgon axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi.
Davlat shuning uchun bunday hodisalarga qarshi chora–tadbirlar ko’radi, qonun-qoidalar
qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar o’rnatsa chayqovchilik yashirin tus
oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini
keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga
ta’sir ko’rsatadi.
Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug’urta qilish xaqida to’xtaganda
ko’rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini
o’zini himoyalash, sug’urta qilish imkonini beradi.
Ikkinchi muhim funktsiyasi bozordagi hukmron tendentsiya haqida axborotlar berish.
Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid. Xaqiqatdan ham shunday.
Lekin axborotni ular o’z hohish-istaklaridan qat’iy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga
baholar o’sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan kompaniyalar aktsiyalarini sotib
olishni boshlashadi. Aktsiyalarni ko’plab sotib olinishi uning narxini o’sishiga olib keladi.
Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning
qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq.
Chayqovchilikning yana bir funktsiyasi-konservatsiya qilish, yoki taqchil resurslarni
(masalan foydali qazilmalarni) ishlatishni kamaytirish. Chayqovchi taqchillikni kutib, resursni
sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha to’xtatib qo’yadi. Maqsad resursni keyinchalik baxo
ko’tarilganda sotadi. Resurs kam bo’lganda baho ko’tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham
qabul qilinadi va yoppasiga shu taiiy resursni qazib chiqarish qisqartiriladi. Resurs qimmat
bo’lgach undan tejab-tergab foydalanish yo’llari qidiriladi. Albatta chayqovchilar ham xato
qilishadi. Ularni vaziyatni noto’g’ri baholashi noto’g’ri axborot tarqatishiga olib kelib, boshqa
iqtisodiy ob’ektlarni ham adashtiradi. Lekin oxir-okibat ular yutqazadilar, bozorni tark
etadilarJamiyat uchun xaqiqiy foydali funktsiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi.
Respublikamizda metallar bilan savdo qilish davlat monopoliyasida. Qimmatli qog’ozlar
bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma’noda
avj olganicha yo’q. Lekin ilgaridan iste’mol mollari bilan chayqovchilik mavjud bo’lgan.
Ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan. Lekin chayqovchilik tavakkalchilik xatari yuqori
faoliyat. U faqat foyda emas, katta zarar ko’rishi ham mumkin. Respublikamizda bu faoliyat
bilan asosan dehqon bozorida shug’ullanuvchilar o’z faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarga
yordam berishadi deyish mumkin.
Shunday qilib, tarixiy tajriba shuni ko’rsatdiki, bozor iqtisodiyoti so’zsiz afzallikka ega,
lekmn kamchiliklardan ham xoli emas. Ammo bu kamchiliklarni davlatning funktsiyalari
yordamida bartaraf qilish yoki minimal darajaga keltirish mumkin.
Xulosa
*Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi Bilan bozor iqtisodiyotining dastlabki tamal
toshi qo’yildi. Bozor iqtisodiyot o’zining mohiyati, o’ziga xos belgilari, xususiyatlari bilan
kishilik jamiyati erishgan avvalgi tizimlardan afzal ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham
bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot, barcha mamlakatlar tanlagan yo’l sifatida
umumbashariy iqtisodiyot deymiz.
*Bozor iqtisodiyoti boshqa tizimlardan so’zsiz afzallikka ega bo’lishi bilan birgalikda
qator kamchiliklari mavjud. Ulardan eng muhimi bozor iqtisodiyotiga noaniqlik xosligi. Bozor
iqtisodiyotida iqtisodiy faoliyat risk bilan bog’liq. Risk bozor mexanizmining ishlash tarzi.
* Bozor iqtisodiyotida axborot asimmetriyasi nafaqat noaniqlik, riskni, balki
chayqovchilikni ham mavjud bo’lishiga olib keladi. Risk va chayqovchilikni mavjud bo’lishi
odamlarni yangilikka, tinim bilmay izlanishga, yangi g’oyalarni amalga oshirishga chorlaydi.
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
1.Tub belgilar 2.Bozor (aralash) iqtisodiyoti
3. Dastlabki bozor iqtisodiyoti. 4. Erkin(klassik) bozor iqtisodiyoti
5.Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti 6.Bozor iqtisodiyoti belgilari.
7.Bozor iqtisodiyoti ob’ekti. 8. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari
a) Davlatning mulk monopoliyasi, ma’muriy buyriqbozlikka asoslangan markaziy
rejalashtirilgan iqtisod.
b) Xar bir xodisa, jarayon, tizimning boshqalardan ajratib turuvchi, uning safat jixatdan
farqlanishiga sabab bo’lgan xususiyatlarga aytiladi
v) turli – tuman mulkchilik va iqtisodiy faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga
solishga asoslangan, xar bir insonni o’z faoliyat natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishga
undovchi demokratik iqtisodiyot
g) munosabatlar va aloqalar nimaga qaratilganligini, nimaga nisbatan yuz berishini
ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar va pul (pul massasi)dir
d) tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan shakillana boshlagan, oddiy tovar ishlab
chiqarish xukmron iqtisodiyot
e) yakka xususiy mulkchilik, erkin raqobatchilik, bozorga xos munosabatlar
xukmroniqtisod. Uning dastlabki bosqichi bilan keyingi bosqichlari farqlanadi
yo) munosabatlar, aloqalar kimlar o’rtasida yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti
sub’ektlari uy xo’jaligi, firma (korxona), dav
j) bozor iqtisodiyotining boshqa sotsial-iqtisodiy tizimlardan farqlanishiga sabab
bo’luvchi xususiyatlari
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Etuklik darajasiga ko’ra bozor iqtisodiyoti qanday bosqichlarga bo’linadi va ular
qanday jihatlari bilan farqlanadi?
2. Bozor iqtisodiyotining modeli va asosiy belgilarini ko’rsating.
3. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti va sub’ekti deganda nimani tushuniladi?
4. Qiymat nazariyasi va me’yoriy naflilik nazariyasining bosh maqsadi nima? Xar ikki
nazariya tovar qiymatini o’lchashni qanday uddaladi?
5. Bozor iqtisodiyoti qanday afzalliklarga ega?
6. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari nimalardan iborat?
7. Nima sababdan bozor iqtisodiyotini umuminsoniy iqtisodiyot deb tan olindi?
Masala va mashqlar
1. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotda barcha ishlar yuqoridan beriladigan
buyruq bilan amalga oshiriladi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishini quyidagi masala yordamida
ko’rib chiqamiz.
Shaharda bo’yi 64 m va eni 64 m avtomobil to’xtash joyi bor. Mamlakatda 3 xil
avtomobil bo’lib, engil avtomobil eni 2 m va bo’yi 4 m joy egallasin. O’rtacha avtomobillar esa
eni 3 m va bo’yi 6 m, katta avtomobillar eni 4 m va bo’yi 8 m li joyni egallasin deylik.
Mashinasini to’xtash joyiga qo’ymoqchi bo’lgan uchala turdagi avtomobil shofyorlari juda ko’p.
Aytaylik,
a) avtomobil to’xtash joyini eng qisqa muddat davomida to’ldirishi zarur degan buyruq
olindi. U xolda avtomobillar qanday tarzda joylashtirilgan bo’lardi? Nima sababdan, izohlang.
b) avtomobil to’xtash joyiga eng ko’p mashina sig’dirishiga ko’ra musobaqa g’olibiga
mukofot beriladi degan buyruq olindi. Unday buyruq nimaga olib keladi, izoxlang.
v) barcha avtomobil turlari teng miqdorda joylashtirilsin, degan buyruq olindi. U xolda
nechtadan avtomobil sig’ishi mumkin, izoxlang.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala qanday hal etilgan bo’lar edi? Fikringizni
bildiring.
2. Korxonada har bir kattalar paltosini tikish uchun moddiy xarajatlar 70 ming so’mni
tashkil qiladi. Agarda yoqasiga mo’yna o’rnatilsa 140 ming so’mga etadi. Bolalar paltosi uchun
esa 30 ming so’m xarajat qilinadi. Mexnat sarfi bir xil bo’lib, o’rtacha 30 ming so’mga to’g’ri
keladi. Agar har bir paltodan olinadigan foyda xarajatlarga nisbatan 10% ni tashkil qilsa,
korxona rejani tezda bajarish uchun qanday palto va qancha tikkan bo’lar edi. Korxona quvvati
kuniga 50 ta paltoga teng. Ish kuni 24 kun va bir smenali deb hisoblang.
1. Agar mo’yna yoqali, oddiy yoqali va bolalar paltolariga talab teng desak, talab
bo’yicha palto tikkanda korxona rejani necha foizga bajargan bo’lar edi?
2. Qanday paltolarni tikish bilan korxona rejani bajarishi mumkin? a) U qanday oqibatga
olib keladi? b) Bozor iqtisodiyotida bu masala qanday hal etiladi?
3. Ishlatilgan kompyuterlar bozorida ikki guruh sotuvchilar mavjud. Bir guruh sotuvchilar
kam ishlatilgan, hali ancha-muncha foydalansa bo’ladigan, texnik jihatdan yaxshi kompyuterlar
bilan savdo qilishadi. Sotuvchilar ularni 400 ming so’mdan kamiga berishmaydi. Potentsial
xaridorlar esa 450 ming so’mgacha to’lashga tayyor.
Ikkinchi guruh sotuvchilar o’z resursini deyarli to’la ishlatib bo’lgan kompyuterlarni
sotishadi. Ular 150 ming so’mdan yuqori har qanday narxga sotishga tayyor. Iste’molchilar
bunday kompyuterlarga 180 ming so’mdan ortiq pul to’lashmaydi. Axborot asimmetriyasi tufayli
bozorda kompyuterlarni sotish bahosi qancha bo’ladi? U qanday oqibatlarga olib keladi?
4. Siz «Panasonic» firma magazinidan videomagnitafonni 500 ming so’mga sotib
olishingiz mumkin. Xuddi shunday magnitafonni «Ippodrom» bozoridagi audio-video texnika
rastasidan 400 ming so’mga olishingiz mumkin. Boshqa sharoitlar teng. Bu farqni sababi nimada
deb o’ylaysiz?
T/N
1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi sotsialistikdoktrinaga asoslangan bo’lib, uning o’ziga
tortadigan jixati kishilik jamiyatini doimo diqqatini qaratgan 2 muammoni echishni zimmasiga
olishi bo’lib, bu
a) notinchlikni yo’q qilish;
b) jamiyat xayot iva xar bir kishini xayotini jamiyatning yuqori organlari tomonidan
tartibga solish iqtisodiyot va jamiyatni boshqasferalarini ratsional va ilmiy boshqarish orqali
insonni baxtiyor yashashni ta’minlash.
2. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializm kishi o’ziga tortadigan g’oyani ilgari
surishga qaramay, inqirozga yuz tutdi. XX asr tarixida markaziy o’rinni real sotsialistik
jamiyatni vujudga kelish, rivojlanish, inqiroz egallaydi.
3. Ma’muriy buyruqbozlikka tayangan sotsializni inqirozga uchrashiga sabab, uning
xususiy mulkni, bozorni, raqobatni tan olish, jamiyatni demokratiyalashuvi printsiplariga amal
qilish bo’ldi.
4.Markazdan rejalashtirishga asoslang. Xo’jalik yuritish sotsializmiga, balanslashmizimi,
muvozanat uzilgani, hayot kechirish pastligioxirgi o’n yillikda bo’lsa fan – texnika taraqqiyotini
qabul qilmasligi Bilan ajralib turgan.
5.Bozor iqtisodiyoti hozirgi davrga qadar o’z rivojlanishida bosqichlarni bosib o’tdi.
6.Bozor (aralash) iqtisodiyot mukammal iqtisodiyot bo’lgani uchun ham umuminsoniy
iqtisodiyot deb ataladi.
7. Bozor iqtisodiyotida erkin iqtisodiy faoliyat yuritishining asosini mulkning turli –
tumanligi va uning xususiy jixatdan bir xolda muxofaza qilinishdir.
8.Bozor iqtisodiyotining zaif tomonlarini davlatning ko’rgan chora tadbirlariorqali
yo’qotiladi.
9.Iqtisodiy nazariyada odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabatlarini xisobga olib,
uch guruxga: tavakkalchilikka kontrol, tavakkalchilikka o’ch, ishqivoz; tavakkalchilikni
yoqtirmaydigan yoki unga qarashlarga bo’linadi. 10. Odiljon uyining yonidagi magazindan 70
ming so’mga kostyum – shim olmay, bozorga borib kelish uchun 1000 so’m sarflab, bozordan
xudi shunday kostyum – shimni 68 ming so’mga sotib oldi. U to’g’ri qildi. Bunda sanoq nuqtasi
effekti hech qanday rol o’ynamaydi.
11.Bozorda “Nobop tanlov”ni yuz berishidan manfaatdor shaxslar axborotni asimmetrik
tarqalishiga harakat qilishadi.
12. Bozor iqtisodiyotida olib – sotarlik va chayqovchilik bo’lmaydi.
Testlar
1. Sotsialistlar inson tengligi deganda eng avvalo birinchi o’ringa … ni qo’yishgan.
a) Moddiy tenglik;
b) Xuquqiy tenglik;
v) Konunlar olididagi tenglik;
g) Siyosiy xuquqda tenglik;
d) Hududiy tenglik;
2. Davlat mulk monopoliyasi va majburiy rejalashtirishni tekischilik g’oyasi bilan
qo’shilib ketishi:
a) Moddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti;
b) Moddiy ne’matlarni noiqtisodiy taqsimoti;
v) Nomoddiy ne’matlarni adolatli taqsimoti;
g) Nomoddiy ne’matlarni iqtisodiy taqsimoti;
d) Jamiyatda adolat o’rnatilishiga olib keldi;
3. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini … tashkil etadi.
a) Mulkchilikning turli – tumanligi va ularning tengligi, qonun tomonidan birday
muxofaza qilish;
b)Xususiy mulkchilikniqonun asosida aloxida qo’llab – quvatlanishi;
v) Xamkorlikdagi mulk aloxida qo’llab – quvatlanishi;
g) Jamoa mulkiga aloxida e’tibor berilishi;
d) Davlat mulkining asosiy o’rin tutishini ta’minlanishi;
4. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch …
a) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulkning ustunligi, daromadlarni
cheklanmaganligi;
b) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, raqobat, daromadlarni cheklanmaganligi;
v) Raqobat, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni cheklanmaganligi;
g) Iqtisodiy faoliyati erkinligi, davlatning qullab quvvatlashi, daromadlarni
cheklanmaganligi;
d) Raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligi;
5. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti bu …
a) Tovar, korxona;
b) Tovar, jamoa xo’jaligi;
v) Tovar, pul (agregati)
g) Pul, korxona;
d) Pul, pul kompleksi;
6. 6. Bozor iqtisodiyotining sub’ekti bu …
a) Firma, korxona, uy xo’jaligi, tovar;
b) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, pul;
v) Firma, korxona, uy xo’jaligi, moliyaviy institutlar;
g) Firma, korxona, davlat, moliyaviy institutlar;
d) Firma, korxona, uy xo’jaligi, davlat, moliyaviy institutlar;
7. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:
a) Iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
b) Resurslarni qimmatga sotish;
v) Resurslarni arzon sotib olish;
g) Resurslarni qimmatga sotib olish;
d) Resurslarni arzon sotishni ta’minlash;
8. Faoliyat natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan xolda,
bari-bir oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo’lmaydigan
vaziyat, ya’ni noaniqlik … ni ifodalaydi.
a) Tavakkalchilik yutug’i;
b) Risk mardlik belgisi;
v) Xatarning namoyon bo’lishi;
g) Tavakkalchilik xatari;
d) Tavakkalchilik natijasi;
9. Biz ko’pincha sifatsiz tovar sotib olganimizda aldagan sotuvchini jazolashga
urunmaymiz. Sababi …
a) Yuz – xatir qilamiz;
b) Raxmimiz keladi;
v) Asabimizni buzishni xoxlamaymiz;
g) Olgan nafimiz, qilgan transaktsion xarajatlarimizni qoplamaydi;
d) Sifatsiz bo’lsa xam zarur;
10. Chayqovchilik faoliyati …
a) qonun asosida ish yurituvchi tadbirkorlar uchun riskni orttiradi;
b)narxlarni beqarorligi tendentsiyasini kuchaytiradi;
v)iqtisodiy bum va retsessiyaga olib keladi;
g) doimo foyda olishga olib keladi;
d) tadbirkorlar uchun riskni kamaytiradi.
Tarqatma materiallardan namunalar:
1-tarqatma material
Bozor iqtisodiyoti afzalliklari va kamchiliklari.
• resurslarni samarali taqsimlaydi;
• Iqtisodiy erkinlikni ta’minaydi;
• Bozorning moslashuvchanligi va safarbarligining yuqoriligi;
• Tejamli xo’jalik yuritishni rag’batlantiradi va isrofgarchilikka barxam beradi;
• Mulkdan asrab avaylab foydalaniladi;
• Fan – texnikalarni tezda joriy qilinishga imkon yaratadi;
• Tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rag’batlantiradi;
• Raqobat asosiy o’rinda turadi.
• Ishlab chiqarish iste’molchi manfaatlariga, xaridor izmiga bo’ysinadi
• Daromad topishning cheklanmaganligi
KAMChILIKLARI:
• Ish bilan va narxlar barqarorligini kafolatlamaydi;
• Axolini tabaqalanishini kuchaytiradi;
• Fanda fundamental tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini cheklaydi;
• Foyda keltirmaydigan yoki zarar keltiradigan ijtimoiy tovar va xizmatlar barqarorlikni
yo’qligi va ishlab chiqarishni rag’batlantirmaydi;
• Qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni, ekologiyani muhofaza qilishni
ta’minlamaydi;
• Monopolistik tendentsiya mavjudligi;
• Doimo noaniqlik va riskning mavjudligi
2-TARQATMA MATERIAL
Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari.
Uy xo’jaligi: bir yoki bir necha kishidan iborat oila. U mexnat resurslari etkazib beradi.
Boshqa resurslarni egasi xisoblanadi. Yaratilgan maxsulotlar iste’molchisi.
Firma, Korxona: iqtisodiy faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari bo’lib, iqtisodiy
resurslarni sotib olib, ishlab chiqarish omillariga aylantiradi. Ulardan maxsulot ishlab chiqarish
yoki xizmat ko’rsatishda foydalaniladilar. Foyda olish uchun xarakat qiladilar.
Moliyaviy institutlar: bozorning firma (korxona)larning normal faoliyat yuritishini
ta’minlaydilar.
Moliyaviy institutlar
Uy xo’jaligi
Firma,
korxona
Davlat
Davlat: uning barcha idora, maxkama va tashkilotlari mamlakatning o’z oldiga qo’ygan
maqsadiga erishish uchun xuquqiy, siyosiy xokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari, bozori zarur
darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan xam shug’ullanadilar.
Javoblar:
Asosiy tayanch tushunchalar:
1b), 2v), 3d), 4e), 5a), 6j), 7g), 8yo);
Masala va mashqlar:
1.
a) 128 ta katta avtomobil joylashtiriladi. Kichik va o’rtacha avtomobil egalari norozi
bo’ladilar.
b) 512 ta kichik avtomobil joylashtiriladi. Katta va o’rtacha mashina egalari to’xtash
joyiga qo’yilmagani uchun norozi bo’ladilar.
v) Xar biridan 70 tadan avtomobil joylashtiriladi, lekin 32 kv. metr joy bo’sh qoladi.
Bozor iqtisodietida sharoitga ko’ra talab va taklif nisbatiga qarab qaror qabul qilinadi.
2.) 24 ish kunida o’rtacha 1200 ta palto
1. teng miqdorda tikilsa reja 67,3% bajariladi.
2. korxona eng qimmat mo’yna yoqali paltoni tikib, rejani 104,1% ga bajaradi.
a) Natijada nisbatan arzon palto va bolalar paltosi etishmaydi yoki umuman yo’q.
b) Bozor iqtisodiyoti sharoitida palto bozorning talabiga ko’ra ishlab chiqariladi.
Etishmasa ishni 2 smenada tashkil qilish mumkin yoki aksincha ortiqcha bo’lsa, palto tikishni
kamaytirishmumkin, ya’ni bozor talabiga moslashgan holda ishlab chiqariladi.
3. Sotish narxi 315 ming so’m bo’lib o’rnatiladi. Bu o’z navbatida sifatli tovarni sifati
past tovarlar qisib chiqarishiga olib keladi.
4. Magnitafonning sifati haqida axborot etarli emasligi katta risk bilan bog’liq.
T/N
1T, 2T, 3N, 4T, 5T, 6N, 7T, 8N, 9T, 10N, 11T, 12N
Testlar
1a, 2b, 3a, 4b,5v, 6d, 7a, 8g. 9g
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |