Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
Menga zarurmidi shu narsalar? Rosti bilan, nimani xohlayman o‘zi? Shunga qaramay... 
Qisqa jimlik cho‘kdi. Palmer kulimsiradi: 
— Ayt-chi, nima gap o‘zi? 
— Bilasanmi, nimaga qaror qildim. Bu menga hech qachon yaxshilik olib kelmasligini bilaman. 
Lekin bu menga kerak! Xuddi shunday! Yaxshi emas, ammo kerak! Mantiqsizlik-a? 
— Hech qanday mantiqning keragi yo‘q. 
— Albatta. YAna bir marta shunday quchoqla, marhamat. 
— Shundaymi?  
— Ha. 
— Nega jim bo‘lib qolding? — oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Palmer gap qotdi. 
— Ko‘lni qara, — ayol uning qo‘lidan ushlab, deraza yoniga olib keldi. Daraxtlardagi bayram 
chiroqlari o‘chirilgan. Oyning ojiz yorug‘ida daraxtlarning suvdagi aksi afsonaviy bir ko‘rinish zohir 
etgandi. 
Palmer uning xalati bog‘ichini yechib, silliq, yumshoq qornini silashga tushdi. Tashqarida issiq 
shamol turdi, ammo deraza oynalari sovuq edi... Palmer Virjiniyani deraza tagidan bir necha qadam 
beriga olib keldi. Kaftlari bilan yalang‘och ko‘kragini ushladi va uning siynasi uchlari bo‘rtib, 
qattiqlashib borayotganini his qildi. Ayol nimalardir deb pichirladi va uni xonada osilgan parda tarafga 
qarab tortdi. Nur o‘tkazmaydigan parda surildi va ko‘lni, daraxtlarni, tirqishlardan kirayotgan kuchsiz 
shamol yo‘lini to‘sib qo‘ydi. YOqimli harorat badanini chulg‘ab oldi. Palmer bir qo‘li bilan Virjiniyaning 
qo‘ltig‘idan, ikkinchi qo‘li bilan tizzasi ostidan ushlab, yerdan ko‘tardi va uning ko‘kraklari o‘rtasidagi 
chuqur joyga yuzini qo‘ydi. Virjiniya yengillashib  qolgandek tuyuldi. 
— Umrimda men ko‘rgan to‘shaklarning eng kattasi shundoq to‘g‘rimizda, ochiq deraza orqasida, 
— deb qulog‘iga shivirladi Virjiniya. 
Palmer uni o‘sha xonaga olib chiqdi... 
 
 
 
Qirqinchi bob
 
 
Avvaliga Palmerga noma’lum sabablarga ko‘ra Vik Kalxeynning idorasi shahar markazidagi kichkina 
mehmonxonadagi ko‘rimsiz bir xonaga joylashgandi. Uning huquqiy idoralari Nyu-Yorkdagi 
ishbilarmonlar mahallasida, Broud-stritda bo‘lib, u yerga haftada bir martadan ortiq bormasdi. Siyosiy 
qarorgohi esa Sharqiy bir yuz o‘n oltinchi ko‘chada o‘zi yashaydigan binoda joylashgan edi. Kalxeynga 
qarashli bu xonadonni bir vaqtlar — asr boshida yirik partiya rahnamolaridan bo‘lgan otasi 
egallagandi. Biroq Palmerning bilishicha, Kalxeynni ko‘proq mehmonxonadagi manzilidan topish 
mumkin edi. U siyosat bilan ham, huquqshunoslik amaliyoti bilan ham deyarli qiziqmasdi. 
Berns bir gal unga vaziyatni tushuntirishga uringan, lekin foydasi bo‘lmagandi. 
— Bularning hammasi rejalashtirilgan o‘yin, — dedi Berns. — Ishbilarmonlar mahallasi Kalxeyn 
mijozlariga huquqshunos sifatida, yashaydigan joyida esa saylovchilariga xizmat qiladi. U bu ikki 
toifani aralashtirib yubormaydi, tushunasizlarmi? Shahar markazidagi idorasi esa ana shu tarzda 
puxta ish yuritishga imkon beradi. 
Palmer biroz bosh qotirib, Berns nimani nazarda tutayotganini angladi: Kalxeyn, chamasi, bu 
mehmonxonada siyosiy tijorat bilan shug‘ullanadi... 
Bayramdan ikki kun o‘tgach, Kalxeynning xonasiga zinalardan ko‘tarilib borayotganda Palmer 
shubhasi o‘rinli ekanligini angladi. Hatto uning xonasiga boriladigan yo‘lak ham turli-tuman 
qiyofadagi, sabr-toqati yuzidan sezilib turgan odamlarga to‘la edi. Palmer ularning yonidan 
o‘tayotganda bu odamlar xavotir bilan qaradilar. Parmerning xayolida ular “Bu kim bo‘ldi? Siyosiy 
arbobmi? Uni tanimaymiz. U kimni taniydi? Bu yerda nima qilib yuribdi?” —deyishayotganga 
o‘xshaydi. Palmer ochiq turgan eshikdan qarab navbat kutib tik turgan yoki o‘tirgan o‘n ikkitacha 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish