www.ziyouz.com kutubxonasi
203
odamni ilg‘adi. Stol ortida o‘tkir nigohlardan qaerga qochishni bilmay o‘tirgan ko‘hlikkina qizni ko‘rdi.
Palmerga ko‘zi tushgan qiz bilinar-bilinmas ta’zim qilib:
— O’ngdan navbatdagi eshik, — dedi.
Palmer nari yurdi. Orqasidan kimningdir: — Azizam, u meni qabul qiladimi-yo‘qmi? — degan ovozi
eshitildi.
Palmer keyingi eshikni taqillatib, biroz muddat kutib turdi, keyin tutqichni buradi. Eshik yopiq
edi. U tutqichni qattiqroq burab, eshikni itargan edi, ochilib ketdi. Palmer xonaning ostonasida
Kalxeynga ro‘baro‘ bo‘ldi.
— Tezroq kirib, eshikni yoping, do‘stim, — dedi u o‘rnidan turayotib, — Bo‘lmasa, hozir bu yerga
mehmonxonaning yarmi yopirilib keladi.
Erkaklar qo‘l siqib so‘rashishdi. Palmer Kalxeynning oldida o‘zini pakana odamdek his qildi. Uning
bo‘yi bor-yo‘g‘i besh santimetrcha baland bo‘lsa ham bahaybat gavdasida bironta ortiqcha muskul
yo‘q edi. Siyosiy arbob yana qog‘ozlar qalashib yotgan stol ortiga o‘tirdi. Oromkursi suyanchig‘iga
suyanib, kulimsiradi:
— Mak qani?
— Shu yerda bo‘lishi kerak. — Palmer soatiga qaradi. — Men hozir yig‘ilishga borishim kerak.
Ixtiyoringizda nimalar borligini menga ayting, zarur bo‘lsa men Makka yetkazaman.
Kalxeyn go‘yo “hamma narsa shu yerda” degandek, qo‘lini uzatib, kaftlarini ochdi.
— Yaxshi xabarlardan boshqa hech narsa yo‘q. Mening Sirakuzadagi xodimim juma kuni kechqurun
qo‘ng‘iroq qilib, o‘zingizni yaxshi ko‘rsatganingizni aytdi. Nutqingiz, mulohazalaringiz yoqibdi. Demak,
keyingi hafta Buffaloda yanada yaxshi bo‘ladi. Bunday narsalar zanjirli reaktsiyaga o‘xshaydi.
Og‘izdan-og‘izga o‘tib ketaveradi.
— Bunisi yaxshi. Lekin xodimingiz ularning jamg‘arma banklari bo‘linmalaridagi billarini aniqlab
olishiga ishonmayman.
— To‘ppa-to‘g‘ri! Lekin ular siz tomonda tursa, demak, billga qarshi bo‘ladi-da!
— Hamisha shunday bo‘lavermaydi. Mening nutqimda qo‘llab-quvvatlash haqida gap yo‘q edi.
Menimcha, biz umuman, bunday yo‘l tutmasligimiz kerak. Ayniqsa, bu noma’lum shaxs tomonidan
qilinmasligi kerak.
Kalxeyn bosh irg‘adi:
— Bir necha kundan keyin mening xodimim ayrim ma’lumotlarni to‘playdi. Aytaylik, bir haftadan
keyin. O’shanda Sirakuzadagi imkoniyatlarimizni bilamiz. Yana zanjirli reaktsiya. Sirakuzadagilar
Bingamjon, Utiki va Rochesterning fikrini bilmaguncha, betaraf bo‘lib turishadi.
Palmer sigaret chekdi.
— Chekka o‘lkalardagi tijoratchilarda yashirin ma’lumotlar almashish tizimi borligiga shubha
qilmasdim.
— Buni tizim deb atab bo‘lmaydi. Lekin xohlagancha keng ma’lumot almashish mumkin. “Kivanis”,
“Rotari”, “Layonz” klublari, turli savdo palatalari, cherkov guruhlari, telegraf agentligi, ishbilarmonlar
jamiyati tijoratchilar ixtiyorida. Kuz va qishda siyosiy arboblarning faolligi oshadi, Olbaniga ketishdan
oldin okruglarda yurib, odamlarning kayfiyatini bilishga urinishadi. Yozda bu faoliyat to‘xtaydi.
Odamlar ta’til va boshqa narsalar payida bo‘ladi. Biroq qishda, bayram kunlarida, majlislar arafasida
hamma tomondagi simsiz telegraflar ishga tushadi.
— Mayli, — dedi Palmer. — Endi o‘z okrugimiz haqida gapirib bering.
Kalxeyn kaftlariga tikilib, yelkasini qisdi. U kalta kesilgan sochlarini barmoqlari bilan tarab, kinoyali
iljaydi.
— Bilasiz-ku, shtatning chekka o‘lkalari haqida hech qachon gumon bo‘lgan emas. Ular u yoqda
tijorat banklarini qattiq qo‘llab-quvvatlashadi. Markaz — boshqa gap. Biroq bu yerda ham biz g‘alaba
qozonamiz. Mak ikkovlaring Olbanida biroz siyosat bilan shug‘ullanganlaringni gapirib berdi.
— To‘g‘ri. Birinchi galda shtat markazi vakillari bilan.
— Unda mendan ko‘ra siz ko‘proq gapirishingiz kerak.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |