www.ziyouz.com kutubxonasi
200
Yugurdak sekingina bosh irg‘adi:
— Marhamat qilib, hov anavi telefon go‘shagini oling. — U nimanidir kutib turdi, — Rahmat, janob
Marmer.
Palmer hayron bo‘lib unga qaradi, so‘ng cho‘ntagini kavlab, 25 tsent oldi va yugurdakka uzatdi.
— Janob Marm... Palmer eshitadi.
— Bir daqiqa, iltimos.
Go‘shakda nimadir shitirladi.
— Xayrli tun, janob Palmer, — Virjiniya Klerining ovozi eshitildi. — Nafis to‘rlar to‘qish va yigirish
birodarlari tijorat bankining Sirakuza bo‘linmasidan gapiryapmiz.
— Avval ham sen qo‘ng‘iroq qilganmiding?
— To‘g‘ri, men o‘ylovdimki, sen...
— Sen nima qilayapsan ... da?
— Balki, Sirakuzadagi bironta mo‘‘jizani ko‘rmoqchidirsan, rost, sen...
— Jin ursin, — dedi u.
— Aeroportda emasligingdan xursandman, — dedi ayol. — U yerda radio orqali seni chaqirtirish
g‘irt bema’nilik bo‘lardi.
— Bu gaping yaxshi, ammo noto‘g‘ri.
— Aviakompaniyaning mashinasidan ko‘ra taksi olganing ma’qul, —
T
aklif qildi ayol.
— Qimmatroq bo‘lgani uchunmi? Pulni hamisha muomalaga solib turish yo‘limi bu?
— Sababi, taksi seni Xill-avenyu va Vestern- xayveyning chorrahasigacha olib borishi mumkin. Bu
ham yettinchi raqam.
— Qanaqa raqam?
— Ko‘rasan.
— Nazarimda shu tufayli samolyotga kech qoladigandayman.
— Sen bundan boshqa yana ko‘p ishlarni hal qila olasan.
— Hm-m. Biz — odat qulimiz, rejalarimizning o‘zgarishiga toqatimiz yo‘q. — Aloqa uzildi. — Allo,
allo? — Palmer birortasi kuzatmayotganmikin degan xayolda atrofga alangladi. Hech kim
qaramayotganiga ishonch hosil qilgach, go‘shakni qo‘ydi, chamadonni ko‘tarib, foyeni kesib o‘tdi.
— Iltimos, taksi, — dedi u eshik og‘asiga...
— Yettinchi nomer, — dedi haydovchi manzilga yetib kelgach. U Palmer uzatgan besh dollarlikni
olib, qaytimini bermoqchi bo‘ldi. Palmer bosh irg‘ab, qaytimni rad etdi.
— Kerak emas. Yaxshi o‘ynab-kuling.
Mashina shahar tomon g‘izillab ketdi.
Palmer yettinchi nomerli xona eshigiga kelib, taqillatdi.
— Ochiq.
Palmer qorong‘u xonaga kirdi.
— Kim bo‘lsang ham, salom.
— Eshit. — U Virjiniyani ko‘rdi. Ayol tashqaridagi chiroq yorug‘i xiragina tushayotgan xona o‘rtasida
turardi. — Men, chamasi, ahdimdan qaytganga o‘xshayman.
Palmer u tomonga qadam qo‘ydi:
— Ayni payti.
— Avvaliga bu menga juda yoqimli g‘oya bo‘lib tuyuldi. U yoqda, Nyu-Yorkda. Shuning uchun
samolyotga yugurdim. Biroq yo‘lga chiqqanimdan keyin o‘ylab qoldim. — Palmer unga qarab yana bir
qadam qo‘ydi. — Yo‘q. O’sha yerda tur. Biz aeroportdan bor-yo‘g‘i bir chaqirim naridamiz. Samolyotga
bemalol ulgurishing mumkin.
— Seni shu yerda qoldirib-a?
— Sen meni chorlaganing yo‘q. O’zim keldim.
— Bunisi to‘g‘ri. — U yana bir qadam yurdi. Endi ayol undan atigi yarim qadam narida turardi.
Qorong‘ilikda uning ko‘zlari haddan tashqari yiriklashib ketgandek ko‘rinardi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |