www.ziyouz.com kutubxonasi
210
ixtirochilar, moddiy buyumlar ishlab chiqaruvchilarning biznesi uchun qarz ajratish butunlay boshqa
narsa. Bunday qarz ish haqi yuqori darajada saqlanib qolishiga ko‘mak beradi. Bu o‘z navbatida pul
aylanishiga imkon yaratadi. Bunday usul mamlakatni rivojlantiradi, bu...
— Aqli ojizlarga sotish uchun ko‘p miqdorda yangidan-yangi yaltiroq buyumlar ishlab chiqishga
imkon beradi. — Gapini kesdi Berkxardt.
— Vudi, ezmalikni yig‘ishtir, onangni emgur. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.
— Agar takliflarimni eshitishni istamasanglar, — dedi Palmer, — agar yetarli pulimiz bo‘lsa,
kelinglar, uni arziydigan ishlarga sarflaylik.
— Biz kimmiz o‘zi? — darg‘azab bo‘ldi Berkxardt. — Sen o‘zi kimsan? Nega bu ishlarga
tumshug‘ingni tiqayapsan? Irma, xudo haqqi, bu bema’ni gaplarni yozib o‘tirmang, milliy
iqtisodiyotimiz yo‘liga qarshi chiqishga kim huquq berdi senga? Kim senga iste’molchilar huquqi
himoyasini topshirdi? Agar bu tentaklar borgan sari yana qarzga botishni xohlayotgan bo‘lsa, ularga
yordam qo‘lini cho‘zish kerak, o‘g‘lim! Ularni majbur qila olmaymiz. Mutlaqo! Biz ularning talabini
bajarib, pul ishlaymiz. Ularning o‘zi cheklanmagan shaxsiy qarz olmoqchi bo‘lsa, bunga yordam
beramiz.
— Aynan sizning mana shunday munosabatingiz. — Javob berdi Palmer, — ularga o‘zi uchun har
kuni yanada chuqurroq go‘r qazishga yordam beradi. Bu baxti qaro tentaklar qarzlarini to‘lash uchun
pulni qaerdan oladi?
— Bema’ni safsata, — dedi Berkxardt. — Vudi, agar seni bilmaganimda, kechirasiz, Irma, bankka
qanday kelib qolganingga hayron bo‘lardim...
— Bankirlik — sharafli kasb, — e’tiroz bildirdi Palmer. — Buning ustiga, juda qadimiy kasb.
Garri Elder xavotirlanib kuldi.
— Reglament. O’z ishlarimizga qaytaylik, janoblar. Sirasini aytganda, ko‘p jihatdan Vudi haq. Agar
qarzga bog‘liq ehtiyot choralarini ishlab chiqa olsak, men uni yoqlagan bo‘lardim.
— Hali shundaymi? — Berkxardt sakrab turdi. — Sen ham u tomondamisan, Garri? Siz ham yo‘lini
qilib, kurashdan sirg‘alib chiqmoqchimisan?
— Tinchlaning, — g‘o‘ng‘illadi Elder, — o‘tiring, Leyn. Berkxardtning yuzi qizardi. Och-ko‘kish
ko‘zlari qisildi.
Qirq ikkinchi bob
Tun yarmida Palmer oxirgi juftlarni — Jeyn, Edisning xolasi va Tima Kervini uchinchi eri bilan
eshikkacha kuzatib keldi. Keyingi ayol Edisdan sal kattaroq, ammo baland bo‘yli edi. Ular Nyu-
Yorkdan ellik chaqirim uzoqlikda yashar, yarim kechada qiynalmaslik uchun. “Muqaddas Reyjis”
mehmonxonasidan bir xona olishgan ekan. Xayrli tun tilab, xayrlashayotgan chog‘ida Palmerning
esida qolgani faqat shu edi. U tashqaridan kirib, xonaga kirayotgan sovuq havodan nafas olib,
yo‘lakda turar ekan, fikri tiniqlashib borayotganini his qildi. Keyin u ikki qavatni egallagan
mehmonxonaga kirib, olov yonib turgan kamin oldiga o‘tirdi.
— Natija ravshan emas, — dedi xonaning narigi burchagida turgan Edis.
— Nima?
— Bu o‘ziga xos tajriba bo‘ldi, azizim. Sakkiz kishidan iborat guruh binoni to‘ldira oladimi? Javobi
ma’lum: yo‘q.
— Achinaman, — g‘o‘ng‘illadi Palmer.
— Bu sening aybing emas. — Javob berdi Edis kulib. — Endi bilib oldim. Hali ham sakkizta quvnoq
odam buni yaxshiroq uddalay olardi deb o‘ylayman.
— Ularning oltitasi bankir va ikkitasi xotini bo‘lsa, — o‘ychanlik bilan javob berdi olovga tikilib
o‘tirgan Palmer, — rosa o‘ynab-kulish qiyin.
— Yanagi safar o‘n ikki kishini taklif qilamiz. Shunda hammasi ajoyib o‘tadi deb o‘ylayman.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |