Xabibullayeva Gavhar
BUYUK DAVLATCHILIGIMIZ ASOSLARI
Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan. Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu …(1)tuyg‘usidir. Shu tabarruk zaminning munosib farzandlaridan biri sanalgan Yusuf Xos Hojib boqiy davlat uchun to‘rtta …(2)kerakligini «Qutadg‘u bilig» asarida qayta-qayta ta’kidlagan edi. Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va …(3)dir. Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan. Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan. Adolat, ma’rifat va yuksak ma’naviyat tarixiy davlatchilikning hamishalik poydevori sanalib kelingan qudratli …(4)barpo etgan Amir Temurning o‘z muhriga «Rosti – rusti», ya’ni «Kuch adolatdadir» deb yozdirib qo‘yganida ham ayni mana shu fikr barqarordir.
Hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridan birida: «Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi», — deb aytgan edilar.
Darhaqiqat, o‘tmishdan …(5)olib, kelajagini dadil barpo etayotgan millatni yengish sira mumkin emas.
O‘zbek davlatchiligining asoslari juda mustahkam.
1-5-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing. Raqamlar o`rniga quyidagi jadvalda harflar bilan ifodalangan javoblardan mosini qo`ying.
1.
|
A)
|
Ehtirom
|
B)
|
Hurmat
|
C)
|
muhabbat
|
D)
|
Sevgi
|
2.
|
A)
|
Ustun
|
B)
|
Tayanch
|
C)
|
Tirgak
|
D)
|
Sharoit
|
3.
|
A)
|
Ziyo
|
B)
|
Bilim
|
C)
|
ma`rifat
|
D)
|
zakovat
|
4.
|
A)
|
Davlat
|
B)
|
Yurt
|
C)
|
Diyor
|
D)
|
Xalq
|
5.
|
A)
|
Xulosa
|
B)
|
Maktab
|
C)
|
Saboq
|
D)
|
dars
|
6. Ona Turkistonda azaldan qaysi g‘oya hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan?
A) Ona muaddas.
B) Ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usi.
C) Teng huquqlilik, adolat.
D) Kattaga hurmat, kichikka izzatda bo`lish.
7. Qaysi qatorda vositasiz to`ldiruvchi qatnashgan gap berilgan?
A) Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan.
B) Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va bilimdir.
C) Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi
D) O‘zbek davlatchiligining asoslari juda mustahkam.
8. Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan. Ushbu gapda qaysi bo`lak uyushgan?
A) ega
B) to`ldiruvchi
C) aniqlovchi
D) hol
9. Hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridan birida «Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi», — deb aytgan edilar. Ushbu gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarni toping.
A) ikki nuqta, qo`shtirnoq, vergul, tire
B) tire, qo`shtirnoq, vergul
C) ikki nuqta, qo`shtirnoq, vergul, vergul, tire
D) ikki nuqta, qo`shtirnoq, vergul
10. Ergash gap berilgan qatorni toping.
A) Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan.
B) Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usidir.
C) Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan.
D) Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan
11. Qaysi qatorda ajratilgan bo`lak qatnashgan?
A) Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan.
B)Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usidir.
C) Shu tabarruk zaminning munosib farzandlaridan biri sanalgan Yusuf Xos Hojib boqiy davlat uchun to‘rtta tirgak kerakligini «Qutadg‘u bilig» asarida qayta-qayta ta’kidlagan edi.
D) Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va bilimdir.
12. Qaysi qatorda ichi bo`sh so`z ishtirok etgan?
A) Hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlaridan birida: «Milliy g‘ururi, milliy iftixori baland millatni yengib bo‘lmaydi», — deb aytgan edilar.
B) Darhaqiqat, o‘tmishdan …(5)olib, kelajagini dadil barpo etayotgan millatni yengish sira mumkin emas.
C) O‘zbek davlatchiligining asoslari juda mustahkam.
D) Qoraxoniylar, somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, xorazmshohlar, temuriylar davrida yuqoridagi so‘zlarga amal qilingan.
13. Tarixdan ma’lumki, shularga asoslangan davlatlar hech qachon kam bo‘lmagan. Sizningcha shunday odamlar atrofingizda bormi? Ushbu gapda bitishuv munosabatli so`z birikmasi nechta?
A) ikkita B) uchta C) to`rtta D) beshta
14. Qaysi qatorda ko`makchi fe`l qatnashgan?
A) Ko‘hna Turon — ona Turkistonda azaldan bitta g‘oya, bitta tushuncha hamma narsadan muqaddas sanalib kelingan.
B) Bu g‘oya Vatan, ona yurtga muhabbat, mangu ehtirom tuyg‘usidir.
C) Shu tabarruk zaminning munosib farzandlaridan biri sanalgan Yusuf Xos Hojib boqiy davlat uchun to‘rtta tirgak kerakligini «Qutadg‘u bilig» asarida qayta-qayta ta’kidlagan edi.
D) Bular kuch-qudrat, aql-farosat, sabr-toqat va bilimdir.
15. Darhaqiqat, o‘tmishdan saboq olib, kelajagini dadil barpo etayotgan millatni yengish sira mumkin emas. Ushbu gapda yasama so`zlar qaysi turkumga mansub?
A) ot
B) fe`l
C) ot va fe`l
D) ravish va ot
Do'stlaringiz bilan baham: |