Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

                              
τ


=
V
A
r
                                            (
35.7)            
 
Ko׳pgina kimyoviy reaksiyalar tezligi, teskari va qo׳shimcha reaksiyalar tezligiga, shuningdek reaksiya 
zonasiga boshlangich moddalarning kiritilish tezligi va reaksiya zonasidan mahsulotlarni chiqarish 
tezligiga ham bog`liq. 
Turli omillarning kimyoviy reaksiya tezligiga ta’siri. 
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga 
kirishayotgan moddalarning tabiatiga, ya’ni kimyoviy va fizikaviy xususiyatlariga bog`liq. Bundan 
tashqari, reaksiya tezligiga reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi, harorat, bosim, katalizator
moddalarning aralashish jadalligi kabi omillar ham sezilarli ta’sir qiladi. Texnologik jarayon 


 
162
 
loyihalanganda bu kattaliklar shunday tanlanishi lozimki, natijada jarayon maksimal tezlikda kechishi 
kerak. 
Konsentratsiyasi ta’siri.
 O׳zaro ta’sir qiluvchi moddalarning molekulari turlicha tezlikda harakatlanadi. 
Boshlang`ich moddalarning kimyoviy ta’sirlanishi moddalar molekulalarining o׳zaro to׳qnashishi 
natijasida ro׳y beradi. O׳zaro to׳qnashish soni ish hajmidagi umumiy molekulalar soniga bog`liq. Shuning 
uchun birlik hajmda molekulalar soni ortishi bilan molekulalarning to׳qnashish ehtimoli ortadi. Demak, 
kimyoviy reaksiya tezligi o׳zaro ta’sirlanuvchi moddalar konsentratsiyasiga to׳g`ri proporsional. 
Reaksiya tezligini jarayonning turli kattaliklariga bog`liqligi kinetik tenglama deb ataladi. Ikki A va B 
reagentlarning o׳zaro ta’sir qilish qaytmas reaksiyasining kinetik tenglamasi quyidagicha yoziladi: 
                              
B
A
D
X
KX
r
=
                                           (35.8) 
bu yerda r
D
 —
 reaksiya tezligi, ya’ni D modda hosil bo׳lish tezligi; X
A
, X
V
 —
 boshlang`ich A va B 
moddalar konsentratsiyasi; K — reaksiya tezligining o׳zgarmas ko׳rsatkichi. 
Harorat ta’siri.
 Reaksiya hajmidagi molekulalarning to׳qnashuvida har doim ham kimyoviy o׳zaro 
ta’sirlanish sodir bo׳lmaydi. Reaksiyaga faqatgina etarli energiyaga ega bo׳lgan molekulalar kirishadi. 
Reaksion aralashmalarni isitish molekulalarning harakat tezligini, demak, reaksiya zonasida faol 
molekulalar sonini oshirishga olib keladi. Shu sababli harorat ortishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi 
ortadi. 
Kimyoviy jarayonlar tezligi harorat o׳zgarishi bilan keskin o׳zgaradi. Ko׳pgina reaksiyalarda haroratning 
10°C ga ortishi bilan kimyoviy reaksiyalarning tezligi deyarli ikki-to׳rt marotaba oshadi. Harorat 
o׳zgarishida reaksiya tezligining haqiqiy o׳zgarishini aniqlashga kinetik tenglama imkon beradi, bunda 
harorat ta’sirini reaksiya tezligining ko׳rsatkichi hisobga oladi. Juda ko׳p kimyoviy reaksiyalar uchun 
tezlik ko׳rsatkichi ni reaksiya harorati Tga bog`liqligi Arrenius tenglamasi orqali ifodalanadi: 


 
163
 
                           
RT
E
K
K

=
0
                                                        (35.6) 
bu yerda K
0
 —
 o׳zgarmas kattalike — natural logarifm asosi; 
E —
 aktivasiya energiyasi; R — gaz doimiysi; T — reaksiyaning absolyut tezligi. 
Bosim ta’siri.
 Bosim faqatgina gazsimon faza ishtirok etayotgan reaksiyalarning tezligiga ta’sir etadi. 
Gazsimon holatda bosim ortishi bilan moddalarning konsentratsiyasi ortadi. Shu sababli gazsimon 
muhitlar uchun bosimning ortishi qaytmas reaksiyalar tezligini oshiradi. 
Katalizator ta’siri.
 Ko׳pgina kimyoviy reaksiyalar faqatgina katalizator ishtirokida ro׳y berishi mumkin, 
katalizatorsiz ularning tezligi nolga teng. Ma’lumki, katalizator yakuniy mahsulot tarkibiga kirmaydi va 
o׳zgarmagan holda reaksiya zonasida qoladi. 
Aralashish jadalligining ta’siri.
 O׳zaro ta’sir etuvchi moddalarning agregat holatiga ko׳ra, aralashtirish 
jadalligining ta’siri turlicha bo׳ladi. 
Gomogen jarayonlarda aralashtirishning asosiy vazifasi reaksion hajmdagi moddalarning harorati va 
konsentratsiyasini tez tenglashtirish va o׳zaro ta’sirlanuvchi molekulalarning to׳qnashish sonini 
oshirishdan iborat. 
Geterogen, ayniqsa diffuzion jarayonlarda fazalarning o׳zaro ta’sirlanish yuzasini hosil qilish juda katta 
ahamiyatga ega. Muhitni aralashtirish moddalarning o׳zaro ta’sir qilish yuzasining yangilanishini 
tezlatadi va issiqlik yoki modda uzatish tezligini oshiradi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish