164
Reaktorning harorat
rejimini uzluksiz va
bosqichli usullar yordamida boshqarish mumkin.
Uzluksiz
boshqarishda reaktor bevosita reaksiya zonasida joylashgan issiqlik almashinish yuzasiga ega bo׳lishi
kerak. Bu esa reaksiyaga kirishuvchi komponentlarning oqish yo׳lida
issiqlik almashinishini
ta’minlaydi. Bosqichli issiqlik almashinishda esa issiqlik
almashinish yuzasi,
reaktordan tashqarida,
maxsus qurilmada joylashtiriladi. Bu issiqlik almashinish qurilmasi reaksiya zonasining haroratini
isitish yoki sovitish orqali bir xil qiymatda ushlab turishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: