162
loyihalanganda bu kattaliklar shunday tanlanishi lozimki, natijada jarayon maksimal tezlikda kechishi
kerak.
Konsentratsiyasi ta’siri.
O׳zaro ta’sir qiluvchi moddalarning molekulari turlicha tezlikda harakatlanadi.
Boshlang`ich moddalarning kimyoviy ta’sirlanishi moddalar molekulalarining o׳zaro to׳qnashishi
natijasida ro׳y beradi. O׳zaro to׳qnashish soni ish hajmidagi umumiy molekulalar soniga bog`liq.
Shuning
uchun birlik hajmda molekulalar soni ortishi bilan molekulalarning to׳qnashish ehtimoli ortadi. Demak,
kimyoviy reaksiya tezligi o׳zaro ta’sirlanuvchi moddalar konsentratsiyasiga to׳g`ri proporsional.
Reaksiya tezligini jarayonning turli kattaliklariga bog`liqligi kinetik tenglama deb ataladi. Ikki
A va B
reagentlarning o׳zaro ta’sir qilish qaytmas reaksiyasining kinetik tenglamasi quyidagicha yoziladi:
B
A
D
X
KX
r
=
(35.8)
bu yerda r
D
—
reaksiya tezligi, ya’ni D modda hosil bo׳lish tezligi;
X
A
, X
V
—
boshlang`ich
A va B
moddalar konsentratsiyasi;
K — reaksiya tezligining o׳zgarmas ko׳rsatkichi.
Harorat ta’siri.
Reaksiya hajmidagi molekulalarning to׳qnashuvida har doim ham kimyoviy o׳zaro
ta’sirlanish sodir bo׳lmaydi. Reaksiyaga faqatgina etarli energiyaga ega bo׳lgan molekulalar kirishadi.
Reaksion aralashmalarni isitish molekulalarning
harakat tezligini, demak, reaksiya zonasida faol
molekulalar sonini oshirishga olib keladi. Shu sababli harorat ortishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi
ortadi.
Kimyoviy jarayonlar tezligi harorat o׳zgarishi bilan keskin o׳zgaradi. Ko׳pgina reaksiyalarda haroratning
10°C ga ortishi bilan kimyoviy reaksiyalarning tezligi deyarli ikki-to׳rt marotaba oshadi.
Harorat
o׳zgarishida reaksiya tezligining haqiqiy o׳zgarishini aniqlashga kinetik tenglama imkon beradi, bunda
harorat ta’sirini reaksiya tezligining ko׳rsatkichi hisobga oladi. Juda ko׳p kimyoviy reaksiyalar uchun
tezlik ko׳rsatkichi
K ni reaksiya harorati Tga bog`liqligi Arrenius tenglamasi orqali ifodalanadi:
163
RT
E
K
K
−
=
0
(35.6)
bu yerda
K
0
—
o׳zgarmas
kattalik;
e — natural logarifm asosi;
E —
aktivasiya energiyasi; R
— gaz doimiysi;
T — reaksiyaning absolyut tezligi.
Bosim ta’siri.
Bosim faqatgina gazsimon faza ishtirok etayotgan reaksiyalarning tezligiga ta’sir etadi.
Gazsimon holatda bosim ortishi bilan moddalarning konsentratsiyasi ortadi.
Shu sababli gazsimon
muhitlar uchun bosimning ortishi qaytmas reaksiyalar tezligini oshiradi.
Katalizator ta’siri.
Ko׳pgina kimyoviy reaksiyalar faqatgina katalizator ishtirokida ro׳y berishi mumkin,
katalizatorsiz ularning tezligi nolga teng. Ma’lumki, katalizator yakuniy mahsulot tarkibiga kirmaydi va
o׳zgarmagan holda reaksiya zonasida qoladi.
Aralashish jadalligining ta’siri.
O׳zaro ta’sir etuvchi moddalarning agregat holatiga ko׳ra, aralashtirish
jadalligining ta’siri turlicha bo׳ladi.
Gomogen jarayonlarda aralashtirishning asosiy vazifasi reaksion hajmdagi
moddalarning harorati va
konsentratsiyasini tez tenglashtirish va o׳zaro ta’sirlanuvchi molekulalarning to׳qnashish sonini
oshirishdan iborat.
Geterogen, ayniqsa diffuzion jarayonlarda fazalarning o׳zaro ta’sirlanish yuzasini hosil qilish juda katta
ahamiyatga ega. Muhitni aralashtirish moddalarning o׳zaro ta’sir qilish yuzasining yangilanishini
tezlatadi va issiqlik yoki modda uzatish tezligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: