Mexanika-matematika fakulteti ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi



Download 166,5 Kb.
bet6/11
Sana25.02.2022
Hajmi166,5 Kb.
#462977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5.Taʼlim metodlari.
Taʼlim metodlari taʼlim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida taʼlim mazmunini oʼzlashtirish yoʼllari ifoda etiladi, oʼqituvchi va oʼquvchilarning oʼzaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, taʼlim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon boʼlsa, boshqa tomondan, boshhariluvchan oʼqish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Taʼlim metodlari doimo u yoki bu oʼqish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning oʼzaro shartlanganligini taʼkidlash joiz. Chizmadan anglanib turibdiki, taʼlim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib;faoliyatli tarkib; taʼlim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham oʼqituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Taʼlim maqsadi oʼqituvchi va oʼquvchilar faoliyati asosida, shuningdek, taʼlim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yoʼnaltirilgan mexanizm ishga tushadi. Taʼlim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Bu funktsiyalar taʼlim metodini qoʼllash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga oʼzaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funktsiya oʼqituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
«Taʼlim metodi» atamasi bilan birga koʼp hollarda «metodik usul» (sinonimlari –pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qoʼllaniladi. U taʼlim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida taʼriflanadi. Har bir taʼlim metodi muayyan taʼlim usullarini chogʼishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq oʼqituvchi faoliyatida tez-tez qoʼllaniladigan usullarni ajratib koʼrsatish mumkin:
Har bir metod maʼlum taʼlimiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz boʼlishi mumkin. Universal taʼlim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli taʼlim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
6.Fan metodlari – maʼlum fan tarmogʼiga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qoʼllaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-eʼtibori bilan, oʼz predmetiga va oʼziga xos tadqiqot usullariga ega boʼlgan sohalar majmuidir. Fanda, koʼp hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Аynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida oʼrganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi toʼgʼri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yoʼlovchining yoʼlini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Notoʼgʼri yoʼldan bora turib, yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. Zero nafaqat natija, balki unga eltuvchi yoʼl ham toʼgʼri boʼlmogʼi lozim.

Download 166,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish