VI BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
Nima uchun qo‘limizdagi g‘ishtni bolg‘a bilan ursak, qo‘limiz qattiq og‘riqni sezmaydi?
Ochiq kosmosdagi kosmonavt raketaga boshqalar yordamisiz qay tib kirishi uchun qanday harakat qilishi kerak?
Qirg‘oqda turib qayiqni turtsak, u suriladi. Nima uchun qayiqda turib uni turtsak, u qo‘zg‘almaydi?
Jismga bog‘langan iр siltab 0,05 s davomida 20 N kuch bilan tortilganda, jism joyidan qo‘zg‘almadi. So‘ngra iр shunday kuch bilan 2 s davomida tortib turilganda, jism joyidan qo‘zg‘aldi. Har ikkala hol uchun kuch impulsini toping va ularni taqqoslang.
Massasi 20 g li tosh 15 m/s tezlik bilan kelib urilsa, deraza oy nasi sinmaydi. Lekin 100 g li tosh shunday tezlik bilan urilganda, oyna sinadi. 20 g li tosh 60 m/s tezlik bilan urilganda ham oyna sinadi. Har uchala hol uchun jism impulslarini hisoblang va ularni taqqoslang. Nima uchun birinchi holda oyna sinmaydi?
Massasi 100 g li tosh 5 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Otilish vaqtida toshning impulsi qancha bo‘lgan?
Massalari 1200 kg dan bo‘lgan ikkita avtomobil yo‘lda qarama-qar shi yo‘nalishda kelib, birbiri bilan to‘qnashib ketdi. Agar ularning tezliklari mos ravishda 90 km/soat va 120 km/soat bo‘lsa, ular birbiriga qanday kattalikdagi impuls bilan to‘qnashgan? Agar shu avtomobillarning tezliklari mos ravishda 36 km/soat va 54 km/soat bo‘lganda to‘qnashish paytida impuslari qancha bo‘lar edi? Qaysi holda to‘qnashish talafoti katta? Nima uchun?
Gorizontal sirtda massasi 400 g bo‘lgan sharcha 1 m/s tezlikda ikkinchi sharcha bilan to‘qnashdi. Shundan keyin birinchi sharcha 0,4 m/s tezlik bilan o‘z harakatini davom ettirdi. Urilish paytida birinchi sharchaning impulsi qanchaga o‘zgargan?
3 m/s tezlik bilan kelayotgan massasi 60 t li temiryo‘l vagoni tinch turgan 40 t li vagonga tirkaldi. Tirkalgandan so‘ng vagonlar qanday tezlik bilan harakatlangan?
4 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 40 kg massali bola 1 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 kg massali aravachani quvib ye tib, uning ustiga chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi tezligi qancha?
Harakatdagi aravacha ustidagi qumga bir bo‘lak jism kelib tushdi. Qanday holatda aravacha o‘z harakat yo‘nalishini saqlagan holda tezligini kamaytiradi? To‘xtaydi? Orqaga harakat qiladi?
70 kg massali odam 280 kg massali qayiqning bir uchidan ik kinchi uchiga 5 m yo‘l yurib bordi. Bunda qayiq suvga nisbatan necha metr masofaga suriladi?
Massasi 100 g bo‘lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlikda kelib ikkinchi sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakati ni avvalgi yo‘nalishda davom ettirdi. Urilish paytida sharchaning impulsi qanchaga o‘zgargan?
Do'stlaringiz bilan baham: |