Mustaqil yechish uchun masalalar:
1.(1.7) Qayiq suvga nisbatan 7,2 km/soat tezlik bilan qirg’oqqa tik yo'nalishda harakat qilmoqda. Oqim qayiqni 150 m pastga sudradi. Daryoning kengligi 0,5 km. Daryo oqimining tezligi va qayiqning daryodan o'tishi uchun sarf qilingan vaqt topilsin.
2. (1.17) Poyezd 36 km/soat boshlang’ich tezlikda harakat qilmoqda. Agar bug’ berish to'xtatilsa, poyezd tekis sekinlanuvchan harakat qilib 20 s dan keyin to'xtaydi. 1) Poyezdning manfiy tezlanishi topilsin. 2) To'xtash joyidan necha metr narida bug’ berishni to'xtatish kerak.
3. (2.7) 500 t massali poyezd tormozlanganda tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 min davomida tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan. Tormozlash kuchi topilsin.
4. (2.15) 600 m/s tezlik bilan uchayotgan 4,65·10-26 kg massali molekula idish devoriga tik uriladi va tezligini o'zgartmasdan devordan elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsin.
5. (3.7) 0,5 m radiusli va 50 kg massali disksimon g’ildirakning gardishiga 98,1 N urunma kuch ta’sir qiladi. 1) G’ildirakning burchak tezlanishi topilsin. 2) Kuch ta’sir qila boshlagandan qancha vaqt o’tgach g’ildirakning tezligi 100 ayl/s ga mos keladi.
6. (3.12) 0,5 m radiusli barabanga ip o’ralgan, uning uchiga 10 kg yuk osilgan. Agar yukning pastga 2,04 m/s2 tezlanish bilan tushayotgani ma’lum bo’lsa, barabanning inersiya momenti topilsin.
7. (5.18) 100C harorat va 730mm sim.ust. bosimdagi vodorodning zichligi topilsin.
8. (5.25) Sig’imi 1m3 bo’lgan berk idishda 0,9 kg suv va 1,6 kg kislorod bor. 500 0C haroratda suv to’liq bug’ga aylanishi ma’lum bo’lsa, bu haroratda idishdagi bosim topilsin.
9. (5.37) 430 m/s tezlik bilan uchib kelayotgan azot molekulasining harakat miqdori topilsin.
10. (12.21) Moddiy nuqtaning garmonik tebranishlar amplitudasi 2 sm, tebranishlarning to’la energiyasi 3·10-6 mkJ. Muvozanat vaziyatidan qancha siljiganda tebranayotgan nuqtaga 22,5 mkN kuch ta’sir etadi?
11. (12.23) Prujinaga 10 kg yuk osilgan. Prujina 9.8 N kuch ta’sirida 1,5 cm cho’zilishi mumkin bo’lsa, yukning vertikal tebranish davrini aniqlang.
12. (9.9) Ikkitа 8 . 10-9 C vа –6 . 10-9 C nuqtаviy zаryad o’rtаsidа yotgаn nuqtаdаgi elеktr mаydоn kuchlаngаnligi tоpilsin. Zаryadlаr оrаlig’i 10 sm; ε=1.
13. (9.42) Zаryadlаri 6,66 nC vа 13,33 nC bo’lgаn ikkitа shаrchа bir-biridаn 40 sm uzоqlikdа turibdi. Ulаrni bir-birigа 25 sm gаchа yaqinlаshtirish uchun qаnchа ish bаjаrish kеrаk?
14. (10.5) Diаmеtri 1 sm, оg’irligi 1 kg bo’lgаn tеmir stеrjеnning qаrshiligi tоpilsin.
15. (10.10) Uzunligi 500 m vа diаmеtri 2 mm bo’lgаn mis simdаn o’tаyotgаn tоkning kuchi 2 A gа tеng bo’lsа, undаgi pоtеnsiаliing tushishi tоpilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |