I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
I bob.
MEXANIK HARAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1-§. JISMLARNING HARAKATI
Mexanik harakat
Tevarak-atrofimizda velosiped, avto- mobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini (2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma’lum qonun-qoida- larga bo‘ysunadi. Masalan, olimlar ku- zatish natijalari asosida osmon jismlari- ning qaysi vaqtda fazoning qaysi joyida bo‘lishini aniqlay oladilar. Jumladan, ular Oy va Quyoshning qachon tutilishini ol- dindan aytib berishlari mumkin.
Har qanday jismning mexanik harakati boshqa jismga nisbatan kuzatiladi. Masalan, avtomobil ko‘cha bo‘yidagi da- raxt yoki binolarga nisbatan, daryo suvi qirg‘oqlarga nisbatan, samolyot Yerdagi bino, osmondagi bulutlarga nisbatan ha- rakat qiladi. Jism harakati kuzatuvchi- ning vaziyatiga qarab turlicha bo‘ladi.
2-rasm. Jismlarning mexanik harakati
Harakatning nisbiyligi
Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi, deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi. Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofida aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi. Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga nisbatan turlicha bo‘ladi. Boshqa jismlar bo‘lmasa, yakka bir jism tezligi haqida biron bir fikr yuritish mumkin emas.
Sanoq jism
Harakatning nisbiyligini hisobga olish uchun «sanoq jism» tushunchasi kiritiladi. Masalan, odam va avtomobillarning harakati yoki tinch holati Yerga nisbatan olinadi. Bu holda Yer – sanoq jism hisoblanadi. Atrofimizdagi barcha jismlarning tinchlik holati yoki mexanik harakati ana shunday sanoq jismlarga nisbatan qaraladi. Agar Yerning Quyosh atrofidagi harakati qaralayotgan bo‘lsa, Quyosh sanoq jism bo‘ladi.
3-rasmda yerga nisbatan 10 m/s tezlik bilan ke- tayotgan platforma ustida shu yo‘nalishda 1 m/s tezlik bilan ketayotgan odam tasvirlangan. Bu odamning harakati uchun platforma sanoq jism deb olinsa, uning tezligi 1 m/s bo‘ladi. Agar sanoq jism sifatida Yer tanlab olinsa, odamning tezligi 11 m/s
rasm. Platforma ustidagi odam harakati nisbiydir
bo‘ladi (10 m/s + 1 m/s = 11 m/s). Yo‘lda ketayotgan avtomobil, poyezd va boshqalarning harakatida sanoq jism sifatida Yer shari o‘rniga uning sirtida qo‘zg‘almas holatda joylashgan bino, daraxt kabilarni olish mumkin. Masalan, avtomobilning harakati yo‘l yoqasidagi daraxtga nisbatan kuza- tilayotgan bo‘lsa, ayni paytda shu daraxt sanoq jism deb olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |