harakatlanmaganligi sababli qo‘shimcha koordinata o‘qlariga hojat yo‘q, uning harakatini bir o‘lchamli koordinatalarda tasvirlashning o‘zi yetarli.
To‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avtomobil chorrahaga kelganida chapga yoki
o‘ngga burilishi, ya’ni to‘g‘ri chiziqli harakatidan chetlashi mumkin. Yer sirtini katta bo‘lmagan masofalarda tekislik deb olsak, shu tekislikda odam, velosiped, avtomobillarning harakatini tasvirlash uchun ikki o‘lchamli koordinatalar kerak bo‘ladi.
6-rasm. Tekislikdagi harakatni ikki o‘lchamli koordinatada tasvirlash
Demak, tekislikda vaziyati o‘zgarayotgan jismning harakatini, masalan, avtomobilning
harakatini koordinatalar tekisligida tas- virlash qulay (6-rasm).
Qush yerda, ya’ni tekislikda yurishi, yoki osmonda, ya’ni fazoda uchishi mumkin. Uning yerdagi harakatini ikki o‘lchamli, osmondagi parvozini esa uch o‘lchamli koordinatada ifodalash qulay. Samolyot parvozi harakat yo‘nalishiga nisbatan tanlab olingan uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida tasvirlanadi
rasm. Samolyot harakatini uch o‘lchamli koordinatada tasvirlash
(7-rasm). Havo sharining osmondagi, dengiz hayvonlarining esa suv ostidagi harakatini ifodalash uchun ham uch o‘lchamli koordinatalar sistemasi kerak.
Vaqtni bir o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash
Har qanday jarayon, voqea, hodisa ma’lum bir makon (fazo) va zamon (vaqt)da sodir bo‘ladi. Jism harakatlanadi, ya’ni o‘z vaziyatini nafaqat fazoda, balki vaqt bo‘yicha ham o‘zgartiradi. Vaqtni o‘lchash uchun takrorlanib turuvchi hodisaning takrorlanish davomiyligidan foydalaniladi. Masalan, Yerning o‘z o‘qi atrofida Quyoshga nisbatan bir marta aylanish vaqtini 24 soat deb yoki Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish vaqtini bir yil deb olishga kelishib olingan. Bir yil 31 556 926 sekundga teng. Shuning uchun 1 s o‘tish davri Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanish davrining 31 556 926 dan bir qismiga teng. Hozirda vaqtni katta aniqlikda o‘lchaydigan kvars va molekulyar soatlar
ishlatiladi. Ular vaqtni sekundning trilliondan bir qismicha aniqlikda o‘lchashi mumkin. Vaqt o‘zi bir o‘lchamli koordinatalarda ifodalanib, u o‘tmishdan kelajakka tomon o‘sib boruvchi kattalik sifatida qaraladi (8-rasm).
o‘tmish hozir kelajak
rasm. Vaqtni bir o‘lchamli koordinatada ifodalash
Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajratgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari fazoda va ma’lum vaqt davomida sodir bo‘ladi, dеb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |