2-§. FAZO VA VAQT
Fazoning cheksizligi
Olamda mavjud bo‘lgan barcha narsalar fazoda joylashgan. Fazoni egallamagan va fazodan tashqarida bo‘lgan birorta ham obyеkt mavjud emas va bo‘lishi ham mumkin emas. Boshqacha aytganda, fazo matеriya bilan uzluksiz bog‘langan. Fazo chеksiz va chеgarasizdir. Fazo haqidagi tasavvurlarimizni faqat matеmatik ko‘rinishda – sonlar bilan ifodalashimiz mumkin. Dеmak, osmon jismlari orqasida yanada uzoq joylashgan boshqa jismlar mavjud. Biz osmondagi yulduzlardan faqat 3 mingtasini ko‘ra olamiz, xolos. Yorug‘lik nuri 1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Shunday tezlikda eng yaqin yulduz (sentavr)ning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Bu masofaning qanchalik kattaligini faqat hisob-kitoblar ko‘rsatadi. Shu yulduzgacha bo‘lgan masofani hisoblab ko‘raylik:
Berilgan: Formula: Yechilishi:
t = 4 yil ≈ 126 230 400 s; s = υt. s = 300 000 km/s · 126 230 400 s =
υ = 300 000 km/s. = 37 869 120 000 000 km.
Topish kerak: Javob: s = 37 869 120 000 000 km.
s = ?
Faraz qilib ko‘raylik. Soatiga 1000 km tezlikda uchadigan samolyotda Yerdan o‘sha yulduzga borishimiz kerak bo‘lsin. Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, buning uchun 4300 yildan ko‘proq vaqt davomida kecha-yu kunduz to‘xtamasdan uchishimiz kerak bo‘ladi.
Bizga ko‘ringan yulduzlar ortida yana son-sanoqsiz yulduzlar bor. Fazoda bir-biriga bog‘liq ravishda harakat qiladigan yulduzlar sistemasi galaktikani tashkil etadi. Biz eng kuchli asboblardan foydalanishimizga qaramasdan, fazoning kichik bir qisminigina kuzata olishimiz sababli, galaktikalarning aniq sonini aniqlash qiyin. Olimlar hisobiga ko‘ra, Quyosh sistemasi o‘rin olgan bizning galaktikamizda 200 dan 400 milliardgacha yulduz borligi faraz qilinmoqda. Yorug‘lik tezligida harakat qilinsa, galaktikamizning bir chetidan ikkinchi chetiga borish uchun 100 ming yil kerak bo‘lar ekan. Bepoyon fazoda esa 100 dan 200 milliardgacha galaktikalar mavjud bo‘lib, har bir galaktikada yuz milliardlab yulduzlar bor deb hisoblanmoqda. Eng uzoqda topilgan galaktikaning yuborgan nuri bizga deyarli 10 milliard yildan keyin yetib keladi. Fazoning qanchalik kengligini tasavvur qilib ko‘ring. Demak, fazo cheksiz.
Fazoni uch o‘lchamli koordinatalarda tasvirlash
Tekis to‘g‘ri yo‘lda ketayotgan avto- mobil harakatini chizmada ifodalash uchun masshtabi ko‘rsatilgan bitta to‘g‘ri chiziq yetarli (5-rasm). Temiryo‘lning to‘g‘ri chi- ziqli qismidagi poyezdning harakatini ifoda- lashga ham bir o‘lchamli koordinata o‘qi
Do'stlaringiz bilan baham: |