1. Sharcha ikki massiv devorlar orasida ularga tik va elastic to’qnashib harakatlanmoqda. Devorlardan biri tinch turibdi. Ikkinchisi 96 sm/s tezlik bilan uzoqlashmoqda
1.Sharcha ikki massiv devorlar orasida ularga tik va elastic to’qnashib harakatlanmoqda. Devorlardan biri tinch turibdi. Ikkinchisi 96 sm/s tezlik bilan uzoqlashmoqda. Sharcha dastlab tinch devordan 2016 sm/s tezlik bilan uzoqlashayotgan bo’lsa, uning oxirgi tezligi (sm/s) qanday bo’ladi?
A)96 B)51 C)0 D)49
2.Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism dastlabki ikkita 4s dan bo’lgan ketma-ket vaqt oralig’ida s1=24m va s2=64m yo’llarni mos ravishda bosib o’tgan bo’lsa, jismning tezlanishini toping. A)1 B)3 C)2,5 D)5
3.Jism A(1;2;1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi B(0;0;0) bo’lgan nuqtaga 3 sekund davomida, undan keyin esa C(7;5;3) nuqtaga 4 sekundda ko’chdi. Jismning o’rtacha ko’chish tezligini (dm/s) toping. (koordinatalar sistemasi oraliqlari metrda).
A)16,5 B)18,6 C)13,3 D)10
4.Moddiy nuqta v=3,75i-(5-5t)j (m/s) qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Uning 4s dan keying tezligini toping (m/s).
A)20 B)15,5 C)12,5 D)35
5.Quyon shimol tomonga qarab 3 m/s tezlik bilan yugurmoqda. Burgutga quyon 4 m/s tezlik bilan g’arb tomonga qarab yuguryotgandek ko’rinsa, burgutning tezligini toping (m/s). A)4 B)8 C)7 D)5
6.Elastik sharcha va massiv devor o’zgarmas tezlik bilan bir tomonga mos holda 6m/s va v tezlik bilan harakatlanmoqda. Sharcha va devor o’rtasidagi to’qnashuvdan so’ng sharcha dastlabki yo’nalishga qarama-qarshi yo’nalishda 4m/s tezlik bilan harakatni davom ettirdi. Devorning harakat tezligi v ni toping (m/s).
A)5 B)1 C)2,5 D)2
7.30m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning maksimal ko`tarilish balandligini toping (m)
A)80 B)60 C)25 D)45
8.Jism yo`lning birinchi 1/5 qismini 10 m/s, qolgan qismini 20m/s tezlik bilan bosib o`tdi. Butun harakat davomidagi o`rtacha tezligini toping (m/s)
A)40/3 B)50/3 C)15 D)17,5
9.Ikki jism bir nuqtadan bir xil 40m/s tezlik bilan 1s vaqt oralatib vertikal yuqoriga otildi. Birinchi jism otilganidan qancha (s) vaqt o’tgach ular uchrashadi?
A)4,5 B)3,5 C)4 D)5
10.Tosh qoyadan 30m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Toshning umumiy tezligi 50m/s bo’lgan vaqtda u vertikal yo’nalishda qancha masofaga ko’chgan bo’ladi (m)?
A)80 B)120 C)160 D)240
11.Jism 5m/s tezlik va 10 m/s2 normal tezlanish bilan harakatlanmoqda. Bu aylananing radiusini toping (m).
A)2,5 B)2 C)1,5 D)1
12.Jism 200m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga 53o burchak ostida otildi. Qanday vaqtlarda (s) jismning umumiy tezligi gorizontga 45o burchak hosil qiladi?
A)4 B)12; 24 C)4; 28 D)6
13.Yer sirtidan 15m balandlikda bo’lgan nuqtadan bir vaqtda ikkita sharcha bir xil 10m/s tezlik bilan biri vertikal pastga, ikkinchisi vertikal yuqoriga tomon otildi. Birinchi sharcha yer sirtiga urilganda tezligining 40%ini yo’qotadi. Ikkinchi sharcha yerga urilganida birinchi sharcha yer sirtidan qanday balandlikda (m) bo’ladi?
A)6 B)2 C)4 D)10
14. 45m balandlikdan gorizontal 20 m/s tezlik bilan otilgan jism qancha vaqtda yerga tushadi (s)?
A)1 B)2 C)3 D)4
15.Ip o’ralgan g’altak gorizont sirt bo’ylab sirpanishsiz dumalaydi. Agar g'alta’ning ipi gorizontal yo’nalishda 0,5sm/s tezlik bilan tortilsa, g’altak ichki qismining eng yuqori A nuqtasining sirtga nisbatan tezligi necha sm/s bo’ladi? G’altak ichki qismining radiusi 15mm, tashqi qismining radiusi 25mm ga teng. A)1 B)2 C)0,5 D)2,4
16.Yuqoriga 50 m/s tezlik bilan tik otilgan jismning dastlabki 7 sekund ichidagi yo`lini toping (m).
A)145 B)105 C)125 D)95
17.Sayyoraning radiusi R ga teng. Qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi 19 foizga kamayadi?
A)R/3 B)R C)R/2 D)R/9
18.Kuch birinchi jismga 2 m/s2, ikkinchi jismga 3 m/s2 tezlanish bera oladi. Shu kuch ikkala jismga birvaqtda qanday tezlanish bera oladi (m/s2)
A)6 B)1 C)1,2 D)0,8
19.Erkin tushish tezlanishining eng katta qiymati qayerda bo`ladi? (sayyora zichligi o`zgarmas deb hisoblang)
A)Sayyoraning markazida B)sayyora sirtida C)sayyora sirtidan sayyora radiusiga teng balandlikda D)aniq aytib bo`lmaydi
20.Egrilik radiusi 80 m bo`lgan botiq ko`prikdan o`tayotgan avtomobilning tezligi qanday bo`lganda uning ko`prik o`rtasidagi og`irligi gorizontal yo`ldagidan 3 marta katta bo`ladi (m/s)?
A)30 B)10 C)20 D)40
21.Ip 48 kg yukni ko`tara oladi. Shu kuch yordamida qanday massali yukni 2 m/s2 tezlanish bilan ko`tara oladi (kg)?
A)40 B)60 C)42 D)36
22. Har bir temir yoʻl sisternasining hajmi 25 m3. 500 t neftni tashish uchun nechta temir yoʻl sisternasi kerak? Neftning zichligi 800 kg/m3.
A) 20 B) 25 C) 30 D) 50
23. Jism x=5+3t+t2 (m) qonunga ko`ra harakat qilmoqda. Jismning 4-sekundda yurgan yoʻlini toping (m). A) 5 B) 6 C) 9 D) 10
24.Burchakli tezligi 5 rad/s, chiziqli tezligi 15 m/s bo`lgan jismning normal tezlanishini toping (m/s2)
A)3 B)125 C)75 D)375
25. Boshlangʻich tezliksiz harakat boshlagan jism 10 sekundda 72 km/h tezlikka erishsa, u qanday masofani oʻtgan (m)?
A) 100 B) 720 C) 200 D) 180
26. Jism Oyda 20 m balandlikdan qancha vaqtda tushadi? Oydagi erkin tushish tezlanishi 1,6 m/s2. A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
27. To’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan jism koordinatasi vaqt bo’yicha o’zgarishi grafigi keltirilgan. Jismning harakat yo’nalishi o’zgargan onlarni ko’rsating.
A)3;6;9 B)2;3;6;7;9 B)3;6 C)6
28. Birinchi jism A va B punktlarga borib kelish uchun 3 sutka, ikkinchi jism esa 7 sutka sarflaydi. 9 sutka ichida jismlar necha marta uchrashadilar? A)2 B)5 C)3 D)7
29. “Tracker” avtomobili janubga 25 m/s tezlikda, “Captiva” avtomobili esa gʻarbga 120 km/h tezlikda harakatlanmoqda. Avtomobillar nisbiy tezligini toping (km/h).
A) 150 B) 210 C) 145 D) 30
30. Massasi 5 kg boʻlgan jism ushbu kuchlar taʼsirida 3 s da qancha yoʻl bosadi (m).
A) 10 B) 12 C) 18 D) 25
1914-yilning dekabrida mashxur olim Tomas Edison oltmish yetti yoshiga to`lganda, uning labaratoriyasi butunlay yonib ketadi. Bu falokat olimga 3,5 mln markaga tushgan. Hammasidan og`iri butun amaliy-ilmiy tadqiqot va tajribalari yonib kul bo`lgandi. Ilmiy maqolalar, kitob va qo`lyozma esdaliklar kuyib ketgan. Xullas, uning hayotida erishgan barcha ishlari barbod bo`lgan edi.
Edisonni uning o`g`li labaratoriyadan nariroqda topdi. U yong`inni kuzatgancha hotirjam turardi. Shu holatda xotinini yoniga chorladi. Ayoli chopib yoniga yaqinlashganda, kulimsirab shunday degan ekan:
Sen mana bunga yaxshilab qara. Bunday manzarani hech qachon ko`ra olmaysan. Fojea – kelajakdagi buyuk ezgulikni baxsh etadi. Axir bizning xatolarimiz yonyapti! Xudoga shukurki endilikda biz hammasini yangidan boshlash imkoniyatiga egamiz.