Mexanik harakat haqida



Download 3,48 Mb.
bet2/106
Sana01.02.2022
Hajmi3,48 Mb.
#421407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
fizika 7 uzb

4-rasm. Avtomobil harakatini ikki o‘lchamli koordinatada ifodalash
Sanoq sistemasi



Jismning mexanik harakati haqida to‘liq ma’lu- mot berish kerak bo‘lsin. Masalan, avtomobil shaharning A punktidan B punktiga borishini tahlil qilaylik. Uning tekislikdagi harakatini ifodalash uchun quyidagi usuldan foydalanishimiz mumkin. Shahar xaritasini olib, unda harakat boshlangan A punkt, ya’ni sanoq jismni topamiz (4-rasm). Shu nuqtadan o‘tuvchi G‘arbdan Sharqqa va Janub- dan Shimolga yo‘nalgan ikkita masshtabi ko‘r- satilgan o‘q o‘tkazamiz. Bu bilan ikki o‘lchamli koordinatalar sistemasini hosil qilamiz. Avtomobil

yurgan ko‘chalar bo‘yicha chiziq o‘tkazsak, avtomobilning koordinatalar boshiga nisbatan harakat yo‘li chizmasini ifodalagan bo‘lamiz. Endi harakat davomida avtomobilning koordinatalar boshiga nisbatan qayerda va qachon bo‘lgani aniq ko‘rsatilsa, harakat haqida batafsil ma’lumot berilgan bo‘ladi. Agar parvozdagi raketaning koordinatalarini ifodalamoqchi bo‘lsak, uning balandlik bo‘yicha harakati haqidagi ma’lumotlarni ham ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun tekislikdagi koordinatalar sistemasida yuqoriga yo‘nalgan va koordinata boshidan o‘tuvchi perpendikulyar o‘q o‘tkazamiz.
Natijada uch o‘lchamli koordinatalar sistemasi hosil bo‘ladi.
Raketaning harakatini to‘liq ifodalash uchun uchta parametr ko‘rsatiladi:

    1. sanoq jism (bu misolda Yer shari olinadi);

    2. koordinatalar sistemasi (koordinata markazi Yer sharida raketa uchgan joydagi nuqtaga joylashtiriladi);

    3. vaqt sanog‘i (raketa uchish trayektoriyasining ma’lum bir nuqtasida qaysi vaqtda bo‘lgani).


Masalan, «Lasetti» avtomobili uydan chiqib, 10 minutda shimol yo‘nalishida 8 km masofani bosib o‘tgan bo‘lsin. Bunda «Lasetti»ning uyda bo‘lgan tinch holati ham, yo‘ldagi harakati ham Yerga nisbatan qaraladi.


«Lasetti» uchun Yer qo‘zg‘almas bo‘lib, sanoq jism hisoblanadi. Haydovchi soati va avtomobilning spidometri yordamida 10 minut davomida avtomobil qancha masofani bosib o‘tganini aniqlashi mumkin. Bunda uy – koordinata

boshi, undan 8 km uzoqlashish masofasi esa koordinata boshiga nisbatan bosib o‘tilgan yo‘l hisoblanadi. Bunda «Lasetti»ning harakatida Yer – sanoq jism, uy – koordinata boshi, haydovchidagi soat – jismning harakat vaqtini o‘lchaydigan asbobdir. Ular birgalikda sanoq sistemasini tashkil etib, bu harakat haqidagi ma’lumotlarni to‘liq ifodalashga yordam beradi.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish