VI bob.
IMPULSNING SAQLANISH QONUNI
117rasm. Ipning siltab (b) va sekin asta (d) tortilganda uzilishi
36§. IMPULS Kuch impulsi
To‘xtab turgan aravachani ma’lum bir tezlikda harakatlantirish uchun uni katta tezlikda kelayotgan boshqa aravacha turtib yuborishi kerak. Yoki uni as tasekin tortib, kichik kuch ta’siri yordamida ham ke rakli tezlikka erishtirish mumkin. Lekin buning uchun uzoq vaqt davomida kuch ta’sir ettirib turish kerak bo‘ladi. Bu ikki usulda arava bir xil tezlikda harakat ga keladi: birida qisqa vaqt davomida katta kuch, ik kinchisida uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sirida. Demak, jismlarning o‘zaro ta’sirida natija kuchning miqdoridan tashqari, ta’sirlashish vaqtining davomiy ligiga ham bog‘liq ekan. Bunga ishonch hosil qilish
uchun quyidagi tajribalarni o‘tkazib ko‘raylik.
1tajriba. Ikkita bir xil ipga ikki tomonidan bog‘langan jismni 117- a rasmda ko‘rsatilganidek osib qo‘yaylik. Dastlab iрni tez, ya’ni siltab pastga tortamiz (117-b rasm). Bunda jism ostidagi iрning uzilishiga gu voh bo‘lamiz. Chunki siltab tortganimizda, Nyutonning birinchi qonuni ga asosan jism o‘zining tinch holatini saqlashga harakat qiladi va jism ustidagi ipga kuch ta’sir etib ulgurmaydi. Natijada jism ostidagi ipga ustidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etib, u uziladi. So‘ngra jismning ostiga bog‘langan iрni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni yuqoridagi tayanch bilan bog‘lab turgan iр uziladi (117-d rasm). Chunki biz pastga tortayotgan kuchimizga jism og‘irligi ham qo‘shiladi. Jism ustidagi ipga ostidagi ipga nisbatan ko‘proq kuch ta’sir etgani uchun tepadagi ip uziladi.
2tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq ikkita tax tachani ustmaust qo‘yaylik. Pastdagi taxtacha ga iр bog‘langan bo‘lsin (118-rasm). Birinchi
holatda pastdagi taxtachani astasekin tor tamiz. Bunda pastki va ustki taxtacha birbiriga nisbatan siljimasdan, stol ustida sirpanadi. Ik kinchi (b) holatda pastdagi taxtachani tez, ya’ni siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha pastki taxtacha ustida sirpanib, orqaroqda qoladi yoki tushib ketishi mumkin.
Tajribalardan shunday xulosa chiqarish mum
118rasm. Ustki taxtacha ning sekinasta ( a) va
siltab ( b) tortilgandagi holati
kin: jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi faqat kuchning miqdorigagina emas, balki uning ta’sir vaqti davomiyligiga ham bog‘liq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan. Impuls lotincha impulsus so‘zidan olin gan bo‘lib, degan ma’noni bildiradi.
→I = F→· t. (1)
Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsi – →I
ning birligi Nyu
Do'stlaringiz bilan baham: |