Mexanik harakat haqida


-§. TABIATDA VA TEXNIKADA ISHQALANISH



Download 3,48 Mb.
bet72/106
Sana01.02.2022
Hajmi3,48 Mb.
#421407
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Bog'liq
fizika 7 uzb

35-§. TABIATDA VA TEXNIKADA ISHQALANISH




Ishqalanishning ahamiyati

Tabiatda va texnikada ishqalanish katta ahamiyatga ega. Ishqalanish foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Ishqalanish foydali bo‘lganda uni oshirishga, zararli bo‘lganda esa kamaytirishga harakat qilinadi.
Ishqalanish bo‘lmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik. Ishqalanish bo‘lmaganda odamlar ham, hayvon- lar ham yerda yura olmas edilar. Yurayotganimizda oyoq- larimiz bilan yerdan turtilamiz. Ishqalanish kam bo‘lgan muz ustida yurish qiyinligini bilasiz. Ishqalanish bo‘lma- ganda edi, buyumlar qo‘limizdan sirpanib tushib ketardi.





  1. rasm. Vagon gildiragining tormozlanishi

Vagon g‘ildiriklarini aylanishdan to‘xtatish uchun ishqalanish kuchi- dan foydalaniladi (114-rasm). Avtomobilga tormoz berilganda, ishqala­ nish kuchi uni to‘xtatadi. Tinchlikdagi ishqalanishsiz u harakatlana olmas edi, g‘ildiraklar aylanaverardi, avtomobil esa joyida turaverardi. Ishqala- nishni oshirish uchun avtomobil shinalarining sirti bo‘rttirib ishlanadi (115-rasm).





  1. rasm. Avtomobil shinasining sirti

Tinch holatdagi ishqalanish kuchi polda turgan stol-stul va shkaflarni tutib turadi, taxtaga qoqilgan mixni ushlab turadi, bog‘langan arqonning yechilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘simlik va hayvonlarda turli xil organlar ishqalanish tu- fayli tutib qolish vazifasini bajaradi. Masalan, o‘simliklar- ning chirmovuqlari, filning xartumi, tirmashib chiqadigan hayvonlarning dumi g‘adir-budur sirtga ega bo‘ladi.


Zararli ishqalanish va uni kamaytirish

Bir-biri ustida harakatlanadigan sirtlarda hosil bo‘ladi- gan ishqalanishlar ko‘p hollarda zararli bo‘ladi. Bun- day hollarda ishqalanishni kamaytiradigan turli vositalar qo‘llaniladi. Masalan, mashina va stanoklarda ishqala- nish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydi va yeyiladi. Ishqalanishni kamaytirish uchun bir-biriga tegib turuvchi sirtlar silliqlanadi, ularning oralari moylanadi.
Ishqalanishni kamaytirish maqsadida avtomobil, ve-

  1. rasm. Sharikli

  1. va rolikli (b) podshipniklar

losiрed va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshiрniklar kiydiriladi. Podshiрnikning valga bevosita tegib turadigan qismi – vkladish po‘lat, cho‘yan yoki bronzadan yasala-

di. Vkladishning ichki sirtiga qo‘rg‘oshin yoki qalayning turli qotishmalari qoplanadi va moylanadi. Val aylanganda, u vkladish ustida sirpanadi. Bunday podshiрniklar sirpanish podshiрniklari deyiladi. Sirpanish podshiрnigi val va vkladish orasidagi sirpanish ishqalanish kuchini kamaytirishga xizmat qiladi. Dumalanish ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ancha kam bo‘lganligi texnikada qo‘l keladi. Sharikli va rolikli podshiрniklarning qo‘llanilishi dumalanish ishqalanish kuchining kamligiga asoslangan. Bun- day podshiрniklarda aylanayotgan val podshiрnikning qo‘zg‘almas vkla- dishida sirpanmasdan, balki po‘lat sharchalar va roliklar ustida dumalaydi
(116-rasm).
Podshiрnikning qattiq po‘latdan tayyorlangan ichki halqasi valga o‘rnatilgan bo‘ladi. Tashqi halqasi esa mashina korpusiga mahkamlangan. Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi. Shar- chalar va roliklar halqalar orasiga joylashtirilgan bo‘ladi. Sharikli yoki rolikli podshiрniklar qo‘llanilganda ularning ishqalanish kuchi sirpanish podshiрniklariga qaraganda 20–30 marta kam bo‘ladi.




Qiyalikdan tushayotgan velosiрed pedali aylantirilmasa ham uning g‘ildiragi bemalol aylanaveradi. Chunki velosiрed g‘ildiragi valiga sharikli yoki rolikli podshiрnik kiydirilgan bo‘ladi. Agar podshiрnik bo‘lmaganida, velosiрedni yurgizish qiyin bo‘lar edi.
Avtomobil, stanok, elektr dvigatel va boshqalarning aylanuvchi qism- larida sharikli va rolikli podshiрniklar qo‘llaniladi. Hozirgi zamon sa- noati va transportini bunday podshiрniklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fan-texnikaning yuksak taraqqiyoti davrida ishqalanish kuchi nihoyat- da kam bo‘lgan podshiрniklar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. G‘adir-budurliklari tekislanib, atom va molekulalar darajasida silliqlan- gan podshipniklar ishqalanish yanada kamligi bilan ajralib turadi. Havo yoki suyuqlikning qarshilik kuchini kamaytirish maqsadida katta tezlikda harakatlanadigan jismlar oval shaklda yasaladi. Shunday shaklda yasal- gan samolyot va suv osti kemalarida qarshilik kuchi kamayishi hisobiga katta tezlikka erishilib, yoqilg‘i sarfi ancha kamayadi. Osmonda ucha- yotgan qushlar va suvda yashaydigan ko‘p jonivorlar ham oval shaklida bo‘lishining sababi shunda.
Qor va muzliklarda odamlarning yiqilib tushmasliklari, avtomashinalar to‘xtay olmay avariyaga uchrashlarini oldini olish uchun yo‘llarga qum, tuz yoki tuproq sepib, ishqalanish kuchi oshiriladi. Lekin chang‘i yoki chanalarda uchish uchun ularning ostki qismi silliqlanib, maxsus moylar bilan moylanadi.
Eslatib o‘tamiz, ishqalanish kuchi jismlarning bir-biriga bevosita uri- nishida paydo bo‘ladi va hamma vaqt urinish sirti bo‘ylab yo‘naladi. Shu xossasi bilan ishqalanish kuchi urinish sirtiga tik yo‘nalgan elastik kuchidan farq qiladi.
Jismning ishqalanish kuchi ta’siridagi harakatida bu kuch hamisha harakat yo‘nalish vektoriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Demak, ishqalanish kuchi jism tezligining son qiymatini kamaytiradi va jismga faqat ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, jism asta-sekin borib to‘xtaydi.
Ko‘p uchraydigan hollardan biri, masalan, harakatdagi avtomobil oldidan to‘siq chiqib qolsa, haydovchi g‘ildiraklarga motor ta’sirini uzib, tormozni ishga soladi. Avtomobil faqat ishqalanish kuchi ta’siri ostida tormozlanish masofasi deb atalgan yo‘lni o‘tib bo‘lib, to‘xtay- di. Hisob-kitoblar bu masofa boshlang‘ich tezlikning kvadratiga to‘g‘ri proporsional, ishqalanish kuchiga esa teskari proporsional ekanligini ko‘rsatdi.






    1. Tabiatda va atrofimizda ishqalanish kuchi yo‘q deb tasavvur qiling va mulo- hazalaringizni aytib bering.

    2. Qanday zararli ishqalanishlarni bilasiz?

    3. Avtomobil g‘ildiragining qaysi qismida ishqalanish foydali, qaysi qismida

zararli?

    1. Nima uchun traktorlar, yo‘l shibbalaydigan katoklar va chaqaloqlar aravacha- lari oval shaklda ishlanmaydi?


Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish