5. Leningrad kengligidagi (60°) yer sirti nuqtalari aylanishining chiziqli tezligi topilsin



Download 19,86 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi19,86 Kb.
#796277
Bog'liq
mustaqil ta\'lim — копия


1. Avtomobil o'z harakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Avtomobil harakatining o'rtacha tezligi topilsin.
2. Avtomobil yo'lning birinchi yarmini 80 km/soat tezlik bilan, qolgan yo'lni esa 40 km/soat tezlik bilan bosib o'tgan. Avtomobil harakatining o'rtacha tezligi topilsin.
3. Paroxod daryoda A punktdan B punktga υ1=10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa υ2=16 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. 1) Paroxodning o'rtacha tezligi, 2) daryoning oqim tezligi topilsin.
4. υ1=1 m/sek tezlik bilan oqayotgan daryoda suvga nisbatan υ2=2 m/sek tezlik bilan harakatlanayotgan qayiqning quyidagi hollarda qirg’oqqa nisbatan tezligi topilsin: 1) qayiq oqim bo'yicha suzganda, 2) qayiq oqimga qarshi suzganda, 3) qayiq oqimga   900 burchak hosil qilib suzganda.
5. Leningrad kengligidagi (60°) yer sirti nuqtalari aylanishining chiziqli tezligi topilsin.
6. Og’irligi 104 N bo’lgan avtomobil 5 sek tormozlangandan keyin tekis sekinlanuvchan harakat qilib, 25 m masofani o'tib to'xtaydi. 1) Avtomobilning boshlang’ich tezligi, 2) tormozlanish kuchi topilsin.
7. 500 t massali poyezd tormozlanganda tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 min davomida tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan. Tormozlanish kuchi topilsin.
8. Mars planetasining Fobos va Deymos deb ataluvchi ikkita yo'ldoshi bor. Bulardan biri Marsning markazidan R1= 9500 km, ikkinchisi esa R2=24000 km oraliqda joylashgan. Bu yo'ldoshlarning mars atrofida aylanish davri topilsin.
9. M=9 kg massali barabanga ip o’ralgan bo’lib, uning uchiga m=2kg massali yuk osilsin. Yukning tezlanishi topilsin. Baraban bir jinsli silindr deb hisoblansin. Ishqalanish hisobga olinmasin.
10. R = 0,5 m radiusli barabanga ip o’ralgan, uning uchiga P = 10 kG yuk osilgan. Agar yukning pastga a=2,04 m/sek2 tezlanish bilan tushayotgani ma’lum bo’lsa, barabanning inersiya momenti topilsin.
11. Trubaning ko’ndalang kesimidan yarim soatda 0,51 kg karbonat angidrid gazi oqib o’tganligi ma’lum bo’lsa, trubadagi gazning oqim tezligi topilsin. Gazning zichligini 7,5 kg/m3 ga teng deb olinsin. Trubaning diametri 2 sm ga teng.
12. Silindrsimon idishning asosida d=1 sm diametrli doiraviy teshik bor. Idishning diametri D =0,5 m. Idishdagi suv sathining pasayish tezligi υ ning suv sathining balandligi h ga bog’lanishi topilsin. h=0,2 m balandlik uchun bu tezlikning son qiymati topilsin.
13. Stol ustidagi suvli idishning yon sirtida idishning asosidan h1 masofada va suvning sathidan h2 masofada joylashgan teshigi bor. Idishdagi suvning sathi har doim o’zgarmas saqlanadi. Suv jarayoni stolga (gorizontal bo’ylab) qanday masofada tushadi? Masala 1) h1 = 25 sm va h2 = 16 sm, 2) h1=16 sm va h2 = 25 sm hollar uchun yechilsin.
14. 2 g azot 2 atm bosim ostida 820 sm3 hajmni egallasa, uning harorati qanday bo’ladi?
15. 200C haroratda 750 mm sim. ust. bosimda 10 g kislorod qanday hajmni egallaydi?
16. Sig’imi 12 l bo’lgan ballonda 8,1·106 N/m2 bosim va 170C haroratda azot to’ldirilgan. Ballonda qancha azot bor?
17. Og’zi mahkam berkitilgan shishadagi havoning 70C haroratda bosimi 1atm. Shisha isitilganda havo bosimi 1,3 atm ga yetganda tiqin otilgan. Shisha qanday haroratgacha isitilganligi topilsin.
18. 6,4 kG kislorod sig’adigan ballon devori 200C haroratda 160 kG/sm2 bosimga chidasa, uning eng kichik hajmi qanday bo’ladi?
19. Normal sharoitda ikki litr hajmli yopiq idishda m g azot va m g argon bor.u gaz aralashmasini 100o isitish uchun unga qancha issiqlik miqdori berish kerak.
20. 300 mm sim.ust. bosimda zichligi 0,3g/l bo’lgan gaz molekulalarning o’rtacha arifmetik, kvadratik va ehtimoli eng katta tezliklar topilsin.
21. 10,5g azot -230 C haroratda izotermik p1=2,5 atm bosimdan p2=1 atm bosimgacha kengayadi. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
22. 170C haroratli 10 g azot izotermik kengayganda 860 J ga teng ish bajargan. Azot kengayganda bosim necha marta o’zgargan?
23. Biror 10g gaz izotermik V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha kengayganda 575 J ga teng ish bajargan. Bu haroratdagi gaz molekulasining o’ratacha kvadratik tezligi topilsin.
24. Normal sharoitda 1 l geliy tashqaridan olgan issiqlik hisobiga izotermik 2 l hajmgacha kengaygan. 1) Kengayishga gazning bajargan ishi, 2) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
25. 2 m3 gaz izotermik kengayganda uning bosimi p1=5at dan p2=4 at gacha o’zgargan. Bunda bajarilgan ish topilsin.
Download 19,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish