Gidropon turlari va ularning tavsifi. Ildiz oziqlanadigan muhitni fizik-kimyoviy xususiyatlari, o‘simliklar ildiz tizimini havo, suv va mineral oziqa elementlari bilan ta’minlash texnologik jihozlarini konstruktiv hal etilishiga ko‘ra gidroponika quyidagi 5 asosiy turlarga ajratiladi:
suvli ekin – ildiz oziqlanadigan muhit oziq tuzlarining suvdagi eritmasi hisoblanadi;
agregatoponika – ildiz oziqlanadigan muhit qattiq materialli (agregatli) substrat (lotinchada aquareqatus – mexanik aralashma yoki bir xil zarrachalarning mexanik birikmasi) bo‘lib vaqti-vaqti bilan mineral o‘g‘itlarning eritmasi berib turiladi;
xemoekin (xemokultura) (lotincha chemia – kimyo, cultura – yetishtirish, ishlov berish so‘zlaridan olingan) ildiz oziqlanadigan muhit oziqali eritma bilan ho‘llanib turiladigan, g‘ovak organik materialdir;
ionitoponika – ildiz oziqlanadigan muhit katta zarrachalardan iborat bo‘lib, ikki mo‘mli: kationit va anionitli aralashma ko‘rinishida, ularni ionlari qisman mineral tuzlarning ionlari bilan almashtirilgan;
22-расм. Сувли экин тасвири
aeroponika (grekcha aer – havo so‘zidan olingan) – havo ildiz oziqlanadigan muhit hisoblanadi. Bu o‘simliklarning ildiz tizimi maxsus so‘kchaklarning qorong‘i havo bo‘shlig‘iga joylashtirib oziqa eritmalar ildizga purkagichlar (forsunkalar) yordamida vaqti-vaqti bilan purkaladi yoki ildizlari trubaga joylashtirilib vaqti-vaqti bilan shu truba orqali oziqa eritma oqiziladi.
Suvli ekinlarda o‘simliklar mineral tuzlarning suvdagi erit-masi to‘ldirilgan turli sig‘imli idishlarda substratsiz o‘stirila-di. O‘simliklar ildizlari oziq eritmaga botib turadi (21-rasm).
Suvli ekin uslubi Yaponiyada (xayponika), shuningdek Yevropa mamlakatlarida tarqalgan, xususan ko‘kat ekin-larni yetishtirishda. MDH mamlakatlarida suvli ekin tajribaviy izlanishlarda foyda-laniladi. Bu usulning keng joriy qilinishiga foydalanishning murakkab-ligi, eritma reaksiyasining turg‘un bo‘lmasligi, kislorodni suvda yaxshi eritmas-ligi (9,4 m/l) sababli u bilan ildizni qoniqarli ta’minlanmasligi, qo‘pol va bahaybat bo‘lishi, foydalanishni murakkabligi to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga oziq eritmasi konsentratsiyasini kerakli holatda saqlash qiyinchiligini yuzaga kelishi to‘sqinlik qiladi.
Buyukbritaniya, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda suvli ekinlar-ning boshqa xili yupqa qalinlikda jildiratib oqiziladigan (plyonkali) suvda o‘stiriladiga ekin NFT (Nutrient film Technique) turi qo‘llaniladi. Bunda nur o‘tkazmaydigan polietilen yoki qattiq materialdan yasalgan, uzunligi 5-20 m va eni20-25 sm bo‘lgan yuza tarnovlar biroz qiya (nishabli) (1:100) holda ilitilgan yerga o‘rnatiladi. Tarnov tubidan 1 mm qalinlikda, uni yuqori qis-midan ingichka truba orqali surun-kali berib turiladigan oziqali eritma oqib turadi va pastki tomoniga o‘rnatilgan idishga yig‘i-ladi, eritma u yerdan nasos orqali asosiy rezervuarga o‘tkaziladi (22- Ko‘chat mineral paxtali kubik-larda yetishtiriladi va u tarnov (qayiqchalarga) joylashtiriladigan, ular orali-g‘idagi plyonka chetlari shunday buklanadiki, bunda tarnov (lotok) uchburchak shakliga kirishi kerak. Ko‘chat o‘tkazilganidan so‘ng oldiniga oziqali eritmaning oqish tezligi 5 l/min, nihol ildizi to‘liq rivojlanganida esa – 3 l/min tashkil qiladi.
Plyonkali gidroponika me’yorida oziqlantirish tartiboti yaratishga imkon beradi, tuproqni zararsizlantirishdan xoli bo‘linadi, o‘simliklar aylanishini (almashinishini) tezlashtiradi, suv, o‘g‘it va yonilg‘i sarfi kamayadi hamda mehnat xarajatlari qisqaradi. Ammo, suvli ekindagi kabi oziqa eritmasi buferlikka ega bo‘lmaydi. Shuning uchun eritmani nordonligi va elektr o‘tkazuvchanligi qattiq nazorat qilinadi. Elektr o‘tkazuvchanlik ma’lum miqdorgacha pasaysa, eritma to‘g‘rilanadi (koorektirovka). Uni biroz ishqoriylashtirish uchun orto-fosfor kislotasi, nordonlashtirish uchun esa kaliy yod qo‘shib korrektirovka qilinadi.
Suvli ekinning bu turini ijobiy tomoni shundan iboratki ildiz tizimini o‘sishi uchun qulay sharoit yaratilishidadir. O‘simlik muntazam ravishda yetarli miqdorda namlik, oziq moddalar va havo kislorodini oladi. Germaniyaning Grosbernedagi sabzavotchilik instituti issiqxonaning foydali maydonini 1 m2 da bodringda olayotgan hosili 53 kg ni, pomidordan esa 32 kg gachani tashkil etadi. MDH mamlakatlari xo‘jaliklari bu usulda salat va ko‘kat ekinlarni yetishtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |